1-mashq.
She’rni o‘qing, unda ifodalangan g‘oya haqida fikrlashing.
Milliy meros, ona tili va unga posbonlik haqidagi mulo-
hazalaringizni bayon qiling.
Ona tuproq
Avliyolar, daholarning beshigisan,
Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.
Tiriklikning navosi ham qo‘shig‘isan –
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq!
Yuragimda tulporlaring dukurlari,
Qaysi yurtning bordir buyuk Temurlari?
Olovlardan omon chiqqan Semurg‘lari,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq!
Asl farzand merosiga posbon bo‘lgay,
Ozod elning orzulari osmon bo‘lgay,
Bobolarim ismin aytsam, doston bo‘lgay,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq!
Daryolarning izlarida daryo bo‘lgay,
Daholarning avlodi ham daho bo‘lgay!
Fido bo‘lsa, shu Vatanga fido bo‘lgay,
Fido bo‘lsa, shu Vatanga fido bo‘lgay!
O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq!
(Iqbol Mirzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |