mazasini qochir- moq. O‘xshashi: tobi qochdi. 2. Biror ish yomonlashdi, inqirozga
yuz tutdi. Ma’nodoshi: mazasi ketdi. mum tishlamoq mutlaqo gapirmaslik, suhbatda mutlaqo qatnash-
maslik. Ma’nodoshi: og‘ziga tolqon solmoq; mog‘ziga qatiq ivitmoq. O‘xshashi: «lom-mim» demadi; dami chiqmadi; damini chiqarmadi; og‘zini ochmadi. 1. Qanday nutqda so‘z ma’nolarining ko‘chishi ko‘p kuzatiladi?
2. Badiiy nutqning asosiy vazifasi nimadan iborat?
3. Ijodkorlar badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlash maqsadida
qanday lisoniy vositalardan foydalanadi?
4. Oddiy nutq bilan badiiy nutqning farqli xususiyatlari haqida ga-
piring.
5. Bahor keldi – Bahor yashillik bilan yasanib keldi. Umumiy maz-
muni bir bo‘lgan har ikki gapning ifoda shakllari haqida nima
deya olasiz?