55
1.
Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan
edi. Qor yo‘q, lekin ertalab yalang‘och daraxtlarda va tomlarda qalingina
qirov yaltiraydi. (Oybek) 2. G‘afur G‘ulomning fikr-u yodi tug‘ilayot-
gan she’rda edi. Frontdan qaytishda bombalar portlagan o‘nqir-cho‘nqir
yo‘llarda silkinib ketayotgan yuk mashinasida ham yoza berdi. (Said
Ahmad) 3. Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli
yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq
eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi. (Abdulla Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |