Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

SHAFQATLI IT 
Uyimiz katta yo‘l yoqasida bo‘lguvchi edi. Qish 
kunlaridan birida ikkinchi qavatdagi deraza yoni­
da gazeta o‘qib o‘tirardim, oldimda esa qahva. Shu 
payt ko‘cha tomondan ingillagan ovoz eshitildi. 
Shunday ayanchli, shunday g‘amnok ediki, gaze­


197
«Ona tarbiyasi»
tani ortiq o‘qiyolmadim. Eshikni ochsam, jinga lak-
jingalak oq junli daydi bir kuchukcha turibdi. Meni 
ko‘rishi bilan jonholatda ingray boshladi. Allaqa­
yeri og‘riyotganini sezdim. Tumshug‘ini ostonaga 
qo‘yib, iltijo bilan ko‘zimga tikildi. Darrov yerdan 
ko‘tarib olib, uyoq­buyog‘iga razm solib ko‘rdim. 
Bir oyog‘i lat yegan bo‘lsa kerak, qonayotgan ekan. 
Yaralangan joyini yaxshilab yuvib, dori surtdim, 
keyin oyog‘ini taxtakachlab, mahkam bog‘lab 
qo‘ydim. Anchagacha ingillab yotgach, tinchib qol­
di. Qorni to‘ygach, uyquga ketdi.
Oradan o‘n besh kuncha vaqt o‘tgach, tax­
takachni olib tashladim. Boyoqish ikki­uch kun 
cho‘loqlanib yurdi, keyin yarasi butunlay bitib ket­
di. Ko‘hlikkina, sho‘xroq kuchukcha ekan, hamma­
miz unga qattiq bog‘lanib qoldik. Lekin u ko‘chaga 
o‘rgangani uchun hamisha uydan qochish payida 
bo‘lar, bunday paytlarda esa uni ko‘cha­ko‘ydan 
tutib olib, joyiga qaytarardik. Kunlardan birida iti­
miz yo‘qolib qoldi. Shuncha qidirsak ham topilma­
di. Ko‘p afsuslandik, lekin iloj qancha.
Kelasi yil yana o‘shanday qish kunlaridan birida 
erta bilan deraza yonida qahva ichib o‘tirsam, to‘sat­
dan ko‘cha tomondan vovillagan ovoz keldi. Negadir 
bu tovush tanishdek tuyuldi. Darhol pastga tushib, 
eshikni ochdim. Ha, xuddi o‘zi... Meni ko‘rishi bilan 
it dumini likillatib, sakrashga tushdi. Yonidagi sap­ 
sariq bahaybat sherigi tinmay ingillardi. Yaqiniga 
borib qarasam, bir oyog‘i singan ekan.
Ha, oradan bir yil o‘tgandan so‘ng o‘sha daydi 
itimiz mendan najot istab, yarador sherigini oldim­
ga boshlab kelibdi.
Miad Hakimov tarjimasi


Aziz Nesin
198

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish