Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

QIROAT KERAK
Jondan yaqin o‘rtog‘im Zaynab!
Sen aytgan mashhur odamni nega tanimas 
ekanman? Maktabimizga kelib, vatanparvarlik 
haqida ko‘pirib gapirganlari hamon esimda turibdi.
Xatingda ilovasi ham bor ekan. Bundan buyon 
endi shunaqa gapni eshitsam, aslo ko‘z yoshi qil­
mayman, deb yozibsan. Bu mumkin emas, Zay­
nab. Yig‘lamay ilojing yo‘q. Piyoz to‘g‘rayotganda 
ham shunday bo‘ladi. Hech kim ko‘zidan ataylab 
yosh chiqarmaydi. O‘zi quyilib kelaveradi. Ko‘z 
achishib ketganidan keyin yosh chiqadi­da, albat­
ta. Sen aytgan odamlar ham mana shu achchiq 
piyozga o‘xshaydi. Buni men boshimdan o‘tgani 
uchun aytyapman. Radioda chiqadigan bir odam 
bor. O‘shaning gapini eshitsam, nuqul ko‘zimdan 
yosh tirqirab keladi. Qaysi bir kuniyam ko‘nglim 
buzilib turgan edi, dadam:
– Ha, Ahmad, nima bo‘ldi? Nega yig‘layapsan? – 
deb hayron bo‘ldi.
Bundoq o‘ylab qarasam, nimaga yig‘layotganim­
ni o‘zim bilmas ekanman. Juda g‘alati gap­a bu? 


113
«Ona tarbiyasi»
Ammo bo‘lgan ish. Keyin o‘zimga ham qiziq tuyul­
di, nega bekordan bekorga yig‘layman, deb hayron 
bo‘ldim. Bundoq durustroq o‘ylab qarasam, menga 
bu odamning gapi emas, balki ovozi ta’sir qilarkan. 
Uning og‘zidan titrab chiqadigan ovozini eshitsam, 
beixtiyor ko‘zimga yosh kelaverarkan.
Piyoz to‘g‘rab turgan odamdan: «Nega ko‘zingiz 
yoshlanyapti?» deb so‘rab bo‘lmaydi. Buning saba­
bi ma’lum o‘zi. Xuddi shunga o‘xshab birovlarning 
gapini eshitganda ko‘zidan tirqirab yosh keladigan 
odamga ham bir narsa deyish qiyin.
Bir kuni meni buvam machitga olib borgan edi. 
Namoz tugab, imom qiroat qildi. Buvam to‘sat­
dan ho‘ngrab yig‘lab yubordilar. Buvamni ko‘rib, 
men ham o‘zimni tutib turolmadim. Yig‘i­sig‘i ko‘p 
bo‘ldi. Uyga qaytayotganimizda buvamdan:
– Buva, arabchani bilasizmi? Imom o‘qiganda 
nimaga yig‘ladingiz? – deb so‘radim.
– Qayoqda deysan, bolam. Imom ham, men ham 
arabchani bilmaymiz.
– Unaqa bo‘lsa nega yig‘ladingiz?
Qandoq qilay, bo‘tam. Imom qanchalik chiroy­
li qiroat qilganini ko‘rdingmi? Kim biladi deysan, 
balki qiyomatdan gap ketgandir.
Buvamning esiga yana imom tushib, ko‘ziga 
yosh oldi. Men ham unga qo‘shildim.
Bu voqeani hali­hali eslab yuraman.
Biz tomonda bir kishi bor. O‘zi ko‘chama­ko‘cha 
har xil sabzavot sotib yuradi. Xudoning bergan 
kuni eshigimizning tagidan baqirib o‘tib qoladi. 
Shu odamning ovozini eshitsam, negadir ko‘nglim 
buzilib, ko‘zimga yosh kelaveradi. Bo‘lmasa yig‘lay­
digan joyi yo‘q. «Karam, rediska keldi, kep qo­
ling», «Mana, kimga pomidor, kimga piyoz», deb 


114
Aziz Nesin
baqirib yuradi, xolos. Buning nimasiga yig‘laysan, 
to‘g‘rimi? Demak, menga uning gap­so‘zi emas, 
balki yalinchoq ovozi qattiq ta’sir qilarkan.
O‘qituvchimiz ham she’rlarni bizga doim qiroat 
bilan o‘qishni o‘rgatadi. O‘qish kitobida bir she’r 
bor. «Armon ila ketgan edim» degan misra bilan 
boshlanadi. O‘qituvchimiz bizga shuni qanday 
o‘qish kerakligini o‘rgatdi. «Tanda g‘uborim qolma­
di» degan ikkinchi misrani mumkin qadar cho‘zib­
roq, mungliroq o‘qish kerak, deb tayinladi. Xuddi 
bozorda sadaqa so‘rab yurgan qalandarga o‘xshab, 
«Tanda g‘ubo­o­orim qolmadi» deyish kerak ekan.
Shu she’rni eshitsam, ko‘zimga yosh keladi­
gan bo‘lib qoldi. Bir kuni o‘qituvchimiz yana shu 
she’rni o‘qib ko‘rsatayotgan edi. «Tanda g‘ubo­o­
rim qolma­di» deb qiroatini kelishtirgan ham ediki, 
orqa partadan kimdir chidab turolmadi.
– Yo huv...
– Qaysi betamiz bu? Tur o‘rningdan! – baqirib 
berdi o‘qituvchi.
Orqa partadan Yashar turdi.
– Kechirasiz, afandim, bilmay aytib yuboribman.
O‘qituvchi aybiga iqror bo‘lgani uchun Yasharni 
kechirdi. She’r o‘qishni yana davom ettirdik.
«Bir qultum suvga zor ko‘ngil, asti madorim qol­
madi».
«Bir qultum...» deb boshlanadigan misrani o‘qi­
ganda ovoz titrab turishi kerak ekan. Ya’ni sen 
suvni emas, xuddi joningni so‘rab qaroqchiga yol­
vorayotgandek. Ana shunaqa gaplar.
Odam bolasi muomalaga usta bo‘lishi, qayer­
da yumshoq va qayerda qattiq gapirishni bilishi 
kerak. Buni yaxshi tushunaman. Dadam nuqul 
xo‘jayinini gapirib yuradi. Juda usta odam emish. 


115
«Ona tarbiyasi»
Dadam hammaga shunaqa deb aytadi. Ko‘pincha 
fabrika ishchilarining o‘zi yoki ularning vakillari 
xo‘jayinning oldiga kirib, tirikchilik og‘ir bo‘lib 
ketganini aytib, ish haqini oshirishni talab qili­
sharkan. Bunday paytlarda xo‘jayin ovozini mum­
kin qadar yumshatib, ipakdek muloyimlik bilan 
nimalarnidir gapirib berarkan. Gapirayotganida 
o‘zidan o‘zi to‘lqinlanib, ko‘ziga yosh olarkan. Uni 
ko‘rib, ishchilarning ham yurak­bag‘ri ezilib ketar­
kan. Har ikki tomon obdan ho‘ngrab olgandan ke­
yin ishchilar asl muddaoni ham unutib, silliqqina 
chiqib ketisharkan. Keyin es­hushlarini yig‘ib ol­
gach: «Xo‘jayin nimani gapirdi, nega yig‘ladik», deb 
toza hayron bo‘lisharkan. Ammo xo‘jayin bularga 
nima deganini hech kim aniq bilmas emish.
– Hozir men xo‘jayinning oldiga kiraman. Ta­
vakkal. Nima deb gapirsayam, qattiq turaman, ko‘z 
yoshi qilmayman. Yo oylikni oshiradi, yo meni ish­
dan haydaydi, – debdi bir kuni dadam o‘rtoqlariga.
Dadam shitob bilan ichkari kirib, «beyafandim», 
deb endi og‘iz juftlagan ekan, xo‘jayin gapni ilib 
ketibdi.
– Bilaman, qardoshim, bilaman. Hammadan 
senga qiyin. Tirikchilik ham og‘irlashib ketdi... 
Xabarim bor, sezib yuribman.
Bunga ko‘ngilni buzmasa ham bo‘ladi, jo‘n gap. 
Ammo o‘qigan bilan eshitgan boshqa bo‘larkan. 
Birov senga sidqidildan achinib, shafoat bilan ga­
pirib turganidan keyin tosh bo‘lsa ham erib ketar­
kan. Lekin dadam tishini tishiga qo‘yib ko‘ngilni 
mahkam qilib turaveribdi. Ikki o‘rtada savol­javob 
boshlanibdi.
– Qo‘lingga qancha jon qaraydi?
– Besh kishini boqaman.


116
Aziz Nesin
– Voh­voh, senga jabr bo‘libdi­yu...
Xo‘jayin chuqur xo‘rsinibdi. Uning yuragi achi­
shayotganini ko‘rib, dadamning o‘pkasi to‘libdi­yu, 
lekin labini mahkam tishlab turaveribdi.
– Jujuqlar maktabga qatnaydimi?
– Bittasi o‘qiydi, ikkinchisi uyda.
– Afsus, afsus... Bundan chiqdi, ikkinchisini 
o‘qitishga qurbing yetmabdi­da?
– Yo‘q, hali yosh. Katta bo‘lsin, albatta o‘qita­
man.
– Buning ustiga uch yilda bir marta xotinga pal­
to olib berish kerak. Juda mushkul ish­a?
– Yo‘q, nega? Eplab turibman.
– Ha... Xotining tez­tez og‘rib tursa ham kerak...
– Sog‘lig‘i yaxshi.
– Sog‘ odam kasal bo‘lmay iloji yo‘q, birodar. Yo­
tib qolsa nima qilasan? Voh­voh... Boyoqishning 
holi nima kechadi? Shifokorga ko‘rsatish kerak, 
dori­darmon buyuradi... Hammasi pulning zavo­
li... Operatsiyani nima qilmoqchisan?
– Qanaqa operatsiyani?
– O‘g‘ilchani­da...
– Operatsiya nimasi, beyafandim? Hech hojati 
yo‘q.
– Hozir hojati bo‘lmasa, keyin bo‘ladi. Boshda 
bor narsa bu...
Xo‘jayinning ovozi qaltirab ko‘zi namlanibdi. 
Shu paytgacha o‘zini mahkam ushlab turgan da­
dam buni ko‘rib ortiq chiday olmabdi.
– Qo‘ying endi, beyafandim, ko‘ngilni buzmang... 
Bir ilojini qilarmiz axir... Bo‘ldi, yig‘lamang.
Dadam xo‘jayini bilan qo‘shilishib, ho‘ng­ho‘ng 
yig‘lashibdi.
Shu voqeani gapirib bo‘lgach, dadam hamisha 
bunday deydi:


117
«Ona tarbiyasi»
– Xo‘jayin bilan nima haqda gaplashganimiz 
esimda. Lekin o‘sha joyga kelgandan keyin tamo­
man o‘zimni yo‘qotib qo‘yibman. Xo‘jayin o‘pkasi 
shishib yana allanimalarni gapirdi, ikkovimiz rosa 
yig‘lab­siqtadik. Allamahaldan keyin es­hushimni 
yig‘ib oldim, qani, nima deyapti ekan, deb gapiga 
quloq soldim. Bundoq qarasam, Hazrati Alining 
o‘g‘illari Hasan va Husayn Karbaloda qandoq sha­
hid bo‘lganlarini ta’riflab turgan ekan. Bu zang‘ar 
gapni qandoq qilib Hasan bilan Husaynga bog‘lab­
di, hayronman.
Xullas, dadam o‘sha kuni xo‘jayinning oldidan 
qovog‘i shishib chiqibdi.
Mana, ko‘rdingmi, Zaynab, nafasi o‘tkir odam­
lar gapirganda yig‘lamay hech iloj yo‘q. Agar o‘sha 
mashhur jurnalist maktabga qayta kelib qolguday 
bo‘lsa, yana ko‘z yoshlar to‘kilishi turgan gap.
Xo‘p, omon bo‘l. Xatingni kutaman.
Ahmad Tarbay, 
 Istanbul, 22-yanvar, 1964-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish