Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

UY QAYSI HOLATDA
Jigarim Zaynab!
16­fevralda ichiga rasm solib yuborgan xating 
uchun katta rahmat.
Sinfingda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqeadan qat­
tiq ranjibsan. Ha, haqlisan. O‘rtog‘ingga yaxshilik 
qilaman deb o‘zing yomonotliq bo‘libsan. Murodni 


158
Aziz Nesin
eslasam, boyoqishga ham achinaman, ham qilgan 
ishi uchun undan o‘pkalayman.
Sinfimizdagi Husaynni taniysan-a? Murodga 
o‘xshab Husayn ham yaqinda toza kulgi bo‘ldi. 
Ammo u aybini birovga to‘nkagani yo‘q. Chunki 
mard bola u. Ilgari senga ham yozgan edim. Bir 
kuni joy talashib daraxtdan yiqilib tushganida kim 
uni itarib yuborganini hech kimga aytmagan edi.
Sen Istanbulda o‘qib yurganingda Husaynlar­
ning uyiga hech borganmiding? Torgina kulbada 
turishadi. Uylarini ko‘rmagan bo‘lsang ham, tur­
mushlari juda nochor ekanini bilsang kerak. Men 
ularnikiga har zamonda borib turaman, shuning 
uchun uylaridagi ahvoldan yaxshi xabardorman. 
Katalakka o‘xshagan ikkita kichkina xonada yet­
ti jon turishadi. Shu joy tanqisligi sababmi yoki 
qattiq muhtojlikdanmi, ishqilib, uylarida hecham 
halovat yo‘q. Menga o‘zini yaqin tutib, Husayn 
ba’zan oiladagi nochorlikdan hasrat qilib gapira­
di. Bechoraning holiga achinaman. Ayrim kun­
lari maktabga qovog‘i shishib, ko‘zi qizargan hol­
da keladi. Bilamanki, o‘sha kuni uyda yana janjal 
bo‘lgan. Husayn ko‘pam ochilib­sochilib yurmaydi, 
ammo odamovi ham emas.
Yaqinda Husayn maktabga yana ikki qovog‘i 
shishib keldi. Yig‘laganini birovga sezdirmaslik 
uchun jimgina joyiga borib o‘tirdi, hech kim bilan 
gaplashmadi ham. Shu orada qo‘ng‘iroq chalinib, 
dars boshlanib ketdi.
Til darsi edi. O‘qituvchi otlarning kelishiklarda 
turlanishini tushuntirib berdi. Kelishiklarni yod­
lab ham oldik: bosh kelishik, qaratqich, tushum, 
o‘rin­payt va chiqish kelishiklari.
Kelishiklarni yaxshilab tushuntirib bergach, 
o‘qituvchi Damirni turg‘izib, «Oltin derazali uy» hi­


159
«Ona tarbiyasi»
koyasini o‘qishga buyurdi. Ushbu hikoyani o‘zing 
ham bilsang kerak. Qisqacha mazmuni shunday. 
Bir o‘rmon bo‘larkan. Shu o‘rmon ichidagi kich­
kinagina kulbada chol­kampir turisharkan. Ular­
ning bitta qizi bo‘larkan. Bu oila juda kambag‘al 
bo‘lib, arang kun ko‘risharkan. Har kuni qizcha 
kechki payt ostonaga chiqib qarasa, uzoqdan bir 
uy ko‘rinib turarkan. Uyning derazalari oltinday 
tovlanib, juda chiroyli ko‘rinarkan. Qizcha 
ning 
shunday ajoyib uyga havasi kelibdi, nima bo‘lsayam 
uni bir ko‘rmoqchi bo‘libdi. Kunlardan bir kuni 
uyi dan chiqib, o‘sha tomonga qarab yuraveribdi. 
Yo‘l yuribdi, yo‘l yursayam mo‘l yuribdi, oxiri o‘sha 
joyga yetib boribdi. Lekin shu payt to‘satdan atrof­
ga qorong‘ilik tushibdi. Qizcha o‘rmon ichida uxlab 
qolibdi. Bir mahal uyg‘onib qarasa, o‘zi kelgan to­
monda yana bir uy charaqlab tuzganmish. Uning 
ham oynalari xuddi oltinga o‘xshab yalt­yalt etib 
turganmish. Qizcha oldiniga hayron bo‘libdi, keyin 
bu uy o‘zlariniki ekanini, oftob nuri tushib, shu­
naqa yaraqlab turganini tushunibdi.
Damir hikoyani o‘qib bo‘ldi:
– Qani, qissadan hissa nima? – so‘radi o‘qituv­
chi. Bizni kutmay, o‘zi javob berdi: – Har kim o‘z 
turmushidan nolimasligi kerak. Hikoyadagi qiz­
chaga o‘xshab, biz ham ko‘pincha o‘zimiz yashab 
turgan hayotning qadriga yetmaymiz. Undan sal 
uzoqlashgan taqdirdagina o‘zimiz qanchalik baxtli, 
turmushimiz qanchalik soz ekanini anglab yeta­
miz. Demak, kim qanday uyda yashayotgan bo‘lsa, 
uning uchun eng soz uy o‘sha.
Shundan keyin u hikoyadan bir jumlani o‘qib 
berdi. Ichida «uy» degan so‘z bor ekan.
– Qani Husayn, sen ayt­chi, shu jumlada «uy» 
so‘zi qaysi kelishikda kelgan?


160
Aziz Nesin
Orqa partada o‘z yog‘iga o‘zi qovurilib o‘tirgan 
Husayn o‘qituvchining gapini eshitmadi. O‘rnidan 
turishga turdi­yu, lekin churq etib og‘iz ochmadi.
– Uy qaysi kelishikda, Husayn?
Husayn endi savolni eshitdi, ammo boshqacha 
tushundi.
– Yaxshi deb bo‘lmaydi, afandim, – dedi u 
o‘ksinib. O‘qituvchi tayoqdek qotib qoldi.
– Nima deyapsan o‘zing? Men sendan «uy»ni 
so‘rayapman?
Bolalarning oldida ahvolidan nolib, kalaka 
bo‘lishni istamagan Husayn:
– Yaxshi emas, afandim, – dedi o‘pkasi to‘lib.
– Nega endi yaxshi emas?
– Hech qachon yaxshi bo‘lmagan... Hozir ilga­
rigidan ham battar.
Husayn nima demoqchi bo‘lganini yolg‘iz men 
tushunib turibman. Bolalar bo‘lsa nima gapligiga 
tushunmay kulib yotishibdi.
– Nimaga battar bo‘larkan?
Husaynning tomog‘iga bir narsa qadalganday, 
ovozi titrab ketdi.
– Chunki... chunki uyning egasi bizni ko‘chaga 
haydayapti. Ijara haqini berolmovdik.
Sinfda kulgi ko‘tarildi. Husayn joyiga o‘tirib, ikki 
qo‘li bilan boshini changallab oldi.
O‘qituvchi jumlani yana qaytarib o‘qidi: «Qizcha 
uzoqdan oltin derazali uyni ko‘rdi».
– Qani, Damir, sen javob ber. Shu jumlada uy 
qaysi kelishikda?
– Tushumda, afandim.
– Xo‘sh, qaysida ekan?
Bu gal ham Husayn tushunmadi. Damirning 
javobini o‘zicha yo‘ydi.


161
«Ona tarbiyasi»
– Tushida ekan, afandim.
Yana kulgi bo‘ldi. Husayn tushum kelishigini 
«tushim» deb eshitgan edi.
Husaynning ko‘nglidan nima kechayotgani­
ni o‘qituvchi juda kech fahmladi. Keyin mavzuni 
o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
– Kim qayerda yashayotgan bo‘lsa, shunga 
shukur qilishi kerak. Biz qaysi uyda turgan bo‘lsak, 
o‘sha uy biz uchun qadrli hisoblanadi.
Kechqurun maktabdan qaytishimizda Husaynni 
yupatib keldim.
Anqarada ob­havo qalay? Bizda yana sovuq tur­
di. Kecha ozroq qor yoqqan edi, darrov erib ketdi. 
Biz turgan uyning holati chakki emas­u, lekin men 
noroziman – zaldagi katta pechka men yotgan xo­
nani yaxshi isitmaydi. Xo‘sh, sizlarniki qalay?
Xatingni kutaman, Zaynab.
Seni bir umr esdan chiqarmaydigan o‘rtog‘ing
Ahmad Tarbay,
Istanbul, 26-fevral, 1964-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish