1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Uy ishini tekshirish
|
4 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish
|
2 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni yoritish
|
14 daqiqa
|
5
|
Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni
|
10 daqiqa
|
6
|
O’rtog’ingni tekshir bellashuvi
|
10 daqiqa
|
7
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash
|
2 daqiqa
|
8
|
Uyga vazifa
|
1 daqiqa
|
9
|
Jami
|
45 daqiqa
|
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism :
Salomlashish, davomotni aniqlash, sinf tozaligini tekshirish, navbatchi ishini baholash.
a) Salomlashish
b) Davomat olish
v) Darsga tayyorlash
O’qituvchi: Salom aziz o’g’il-qizlarim,
Ko’pdir sizga aytar so’zlarim.
Bo’ling deyman ham odam, olim
Sizga bo’lsin odobu-ilm.
O’quvchi: Assalom aleykum ustoz,
So’zingizga tutamiz quloq.
Yaxshi o’qib odobli bo’lsak,
Yurtga tegar nafimiz ko’proq.
O’qituvchi: Keldi izlanmoq payti,
Darsimiz nima ayting ?
O’quvchi: Hozir darsimiz o’qish,
Odob-ahloqni uqish.
O’qituvchi: Bunda bilimlar bisyor,
Nimadir bizning shior ?
O’quvchi: Vaqtingni qadrini bil,
Orzular sari intil .
O’qituvchi: Demak darsga tayyormi barcha,
Navbatchi kim hisobot ber-chi ?
O’quvchi: Sinfda men navbatchi,
Ustoz sizga yordamchi.
Jami __ o’quvchi,
__ o’g’il, __ qiz.
O’qituvchi: Ushbu dars yoqar kimga,
Qani aytingchi menga.
O’quvchi: Sizga bizga hammaga,
Yoqar ushbu darsimiz.
Chunki ushbu darsimiz,
Havas uyg’otdiz o’ziz.
O’qituvchi: Bugungi sana nechanchi ?
O ’qituvchi: O’quvchilar biz mart oyida mana bu raqamlarni uchratamiz
Bular sizga nimalarni eslatadi.
O’quvchi: 1-mart Zulfiyaxonim tug’ilgan kun
O’quvchi: 2- mart O’zbekiston Respeblikasi BMT ga a’zo bo’lgan kun
O’quvchi: 8-mart Butun dunyo Xotin-qizlar bayrami kuni
O’qituvchi: O’quvchilar bir yilda nechta fasl bor ?
O’quvchi: Bir yilda 4 fasl bor
O’qituvchi: O’quvchilar bugungi darsimizni guruhlarga bo’lib o’tamiz
1-guruh: “Lola ”
2-guruh: “Qaldirg’och”
3- guruh: “Boychechak”
II.O`tgan mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish va o`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1. O'tgan dars yuzasidan O'quvchilar bilimi sinab ko'riladi Bobur haqida o'quvchilar bilganlari so'raladi. O`quvchilarning o'qish malakalari tekshiriladi.
1.Bobur qayerda tug'ilgan?
2. Temuriylar sulolasi deganda nimani tushunasiz?
3. U qayerda shoh bo'lgan?
4. Uning she'rlaridan yod ayta olasizmi?
5. Bobur Mirzo haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. «Boburnoma» kitobida nimalar haqida yozilgan ekan?
Boshqotirma.
Katakchalarni to’g’ri to’ldirsangiz, ilm manbayiga oid so’z kelib chiqadi.
Rebus.
Rebusni yechsangiz, kitob haqidagi hikmatli gap kelib chiqadi.
Boshqotirma.
O’quvchiga maktabni topib borishiga yordam bering.
O’quvchiga yordam berib, qaysi hikmatli gapni o’rganib oldingiz?
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
III . Yangi mavzuning bayoni.
1. Yangi matnni o'rganishga tayyorgarlik. O'qituvchi Bobur Mirzo haqida gapirib, u yoshligida juda hamma narsaga qiziquvchan bola bo'lganligini, bilim olishga intilganini aytadi.
2.Matnni o'qituvchi o'qib beradi. Uning mazmunini so'zlab beradi. O'qituvchi matn mazmunini tushuntirishda o'quvchilarni faollashtirishi, ko'proq ularni suhbatga tortishi lozim.
Ona sabog'i
G'iyos Komilov
Yoz oxirlab borayotgan damlar. Osmon ko'zguday tiniq, musaffo. Yetti yashar mitti Zahiriddin onajonisining yonginasida. Ona-bola o'zaro suhbatlashadilar. Hozir farzandi derazadan ko‘kka boqib qolgan edi. U osmondagi uyum-uyum paxtani eslatuvchi bulutlarga javdirab qarardi.
Aziz onajon, — dedi jajji Bobur,— shu bulutlarni qo‘l bilan ushlab bo‘ladimi?
Voy bolajonim! — kuladi onasi. — Momiq emaski, qo‘l bilan tutib bo'lsa. Ular suv zarralari-ku. Faqat bug' holati da. Bug‘lardan esa bulutlar paydo bo'ladi. Ular yomg'ir yoki qorga aylanib yog'ayotgandagina qo'lingizni tutsangiz...
Ha-a-a... angladim, angladim.
3. Lug'at ishi: Matndagi tushunilishi qiyin so'zlarga izohi. So'z ma'nosini bilib oling mavzusida plakat ishlansa yaxshi bo'ladi.
Dillashadilar — suhbatlashadilar;
dilbandi — farzandi;
ko'kka boqib — osmonga boqib;
momiq — yumshoq;
choparlar — xabar olib boruvchilar.
4. O'quvchilarga o'qitish. O'quvchilarga matnni avval ichda o'qish topshiriladi. Keyin matn qismlarga bo'lib o'qitiladi. Uni rollarga bo'lib ham o'qitish mumkin.
5. Topshiriq bilan o'qish. Har bir qismni o'qigan bolaga matn mazmunini so'zlab berish topshirig'i beriladi.
Dam olish daqiqasi “Pantomima” o’yini.
Atrofimizdagi olam faniga bog’lanadi. Hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrashni o’rgatish, kasbga yo’naltirish)
IV. Darsni mustahkamlash:
O'rganilganlarni mustahkamlash. Bunda o'qituvchi avvalgi darslardagi boshqotirma, rebus yoki testlardan foydalanishi mumkin.
Boshqotirmani to‘g‘ri yechsangiz, biz uchun aziz bo‘lgan joy nomi kelib chiqadi.
Boshqotirma
Katakchalarni to‘g‘ri to'ldirsangiz
«alloma» so'zi kelib chiqadi.
V. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
VI. Uyga vazifa: O`quvchilarga matnni uyda ifodali tushunib o`qib kelish va hikoya qilib berishga tayyorlanib kelish vazifa qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |