SENDAN KEChMASDIRMAN ONAJON
Tuqqiz oi vujuding ilk Vatan bulgan,
Mendai gudak uchun kham ilk koshonam.
Uzin vujudini anordai siqib,
Mening tomirimga qon quigan onam.
Sening yuzlaringga ajinlar chizdi,
Taqdir deb atalmish mokhir musavvir.
Gokh kuzlaringdan yosh yuzingga sizdi,
Qilolmas mekhringni qalam kham tasvir.
Taqdir sochlaringni buyadi oqqa,
Qulingdagi izlar qismat ijodi.
YOshlik seni tashlab ketdi uzoqqa,
Kuzingdagi munglar, iillar faryodi.
Onajon omon bul, bevaqt ulmagin,
Uzing emai, kiimai ulashding menga.
Farishtam desam kham kamlik qiladi,
Tangrim markhamatin ulashsin senga.
Bezovta qilmasin seni biror gam,
Khali uzoq iillar yonimda bulgin.
Men sendan kechmaiman nima bulsa kham,
Faqat bir sabab deb kechmogim mumkin:
Men sendan kechaman topilib iloj,
Agar Yupiterda urik gullasa.
Men sendan kechaman Marsda qaldirgoch,
Polaponin ochib inlarin qursa!
Iuq!!! Yupiterda khech gullamas urik,
Qaldirgoch in qurmas Marsda hech qachon.
Men mekhring bilanman bahtli va tirik,
Cendan kechmasdirman aziz onajon!
SOGINCh
Yulduzlar nur sochgan bu nurli kecha
Kuzimda yosh bilan oyga termuldim
Taftingdan nur qutib yuragim parcha
Onajon men seni juda sogindim
Qara qushni bola yuribdi uynab
Onasin upganda biroz termuldim
Quzimda yoshlarim tutolmay yoglab
Onajon men seni juda sogindim
Tashlab ketding meni kimga ishonib
YOlgizlik dardidan gamga ovrundim
Yulinga kuz tikib umedim boglab
Onajon men seni juda sogindim
Onamni panohda asra Khudoyim.
Ona diydoringiz naqadar yakhshi,
Ona suzlaringiz biram yoqimli.
Mehr quyoshingiz olamning naqshi,
Men sizla bakhtliman, judayam bakhtli.
Gam emas erishib bulmas orzular,
Meni sevmasalar qilmaydi alam.
Dilimni chuktira olmaydi bular,
Akhir mehribonim yonimda onam.
Qancha mehr mavjud menda bilmayman,
Ammo bilganim shu bari siz uchun.
Men sizni hammadan yakhshi kuraman,
Bundan ortigiga etmaydi kuchim.
Men qancha qilsam ham khizmatingizni,
Qarzimni uzmoqqa etmas hayotim.
Adogi kurinmas khimmatingizni,
Siz mening borligim, sizsiz bayotim…
Sizni tariflashga ojiz tilimdan,
Sher bulib qogozga uchdi shu suzlar.
Men faqat hohlayman shuni dilimdan,
Khamisha sevinsin sizdagi kuzlar.
Sizni tarbiyangiz bizga bulgan jo,
Sizni duoyingiz madadkor doim.
Takror qilayapman sendan iltijo,
Onamni panohda asra Khudoyim.
VOLIDAM
Milliarder emasman lekin,
Eng zur oshpaz taomin eyman.
Ul shokhona taomlarni chin,
Eng lazzatbakhsh taomlar deyman!
U qul urgan barcha taomning
Masalligi tuzi joyida.
Bunday taom tortilmas khatto,
Arablarning shokh saroyida!
Britaniyada Oksfordda yo,
Amerikada Garvardda talim.
Olmaganman okh menga ammo,
Talim bergan eng zur muallim.
Qadrin anglamasam menga khayf,
Unvoni zur lek kamtar khar dam.
Na muftiydir na qori na shaykh,
Menga namoz urgatgan odam.
Bemor bulsam Germaniyadan,
Toki uchib kelguncha jarroh
Khabar olib bulgan doimo,
Eng zur tabib khizmatimda okh.
Udir mening eng yaqin dustim,
Utga-chuqqa urar uzini.
Kerak bulsa men uchun rosti,
Uyib berar ikki kuzini.
Gudak chogim enagam bulgan,
Otamdan kup silagan boshim.
Yuvib taglik yurgaklarimni,
Uch yosh(im)gacha bulgan farroshim.
Shveysariya banklarida yuq,
Dollar Evro oltin kumushim.
Ammo duo qilsa kunglim tuq,
Yurishadi khar bir yumushim.
Qaroqchi yo ugri emasman,
Uyim shinam, khonam ikhchamdir.
Men sultonning kizi emasman,
Ammo bir zot qirolichamdir!
Onamni panohda asra Khudoyim.
Ona diydoringiz naqadar yakhshi,
Ona suzlaringiz biram yoqimli.
Mehr quyoshingiz olamning naqshi,
Men sizla bakhtliman, judayam bakhtli.
Gam emas erishib bulmas orzular,
Meni sevmasalar qilmaydi alam.
Dilimni chuktira olmaydi bular,
Akhir mehribonim yonimda onam.
Qancha mehr mavjud menda bilmayman,
Ammo bilganim shu bari siz uchun.
Men sizni hammadan yakhshi kuraman,
Bundan ortigiga etmaydi kuchim.
Men qancha qilsam ham khizmatingizni,
Qarzimni uzmoqqa etmas hayotim.
Adogi kurinmas khimmatingizni,
Siz mening borligim, sizsiz bayotim…
Sizni tariflashga ojiz tilimdan,
Sher bulib qogozga uchdi shu suzlar.
Men faqat hohlayman shuni dilimdan,
Khamisha sevinsin sizdagi kuzlar.
Sizni tarbiyangiz bizga bulgan jo,
Sizni duoyingiz madadkor doim.
Takror qilayapman sendan iltijo,
Onamni panohda asra Khudoyim.
Do'stlaringiz bilan baham: |