ONAMNI ASRA HAYOT
Ey hayot, bunchalar chigalsan nega?
Har ishning javobi bordir ertaga.
―Qancha toshing bulsa, mana menga ot‖,
Onamsiz men uchun bir pulsan hayot!
Zahringni yomonga sochaqolgin bor,
Sen shunchalar pastsan, shunchalar beor.
Allohim yaratgan eng buyuk ijod-
U mening onamdir bilib quy hayot!
Onamni yiglatma, asra, avayla,
Olamda onani jannat deb sayla.
Ularni yonida bulib tur najot,
Dunyoning shodligin ulashgin hayot.
Bakhtdan yarqiragan peshonangni tut,
Onamning yonidan tazim qilib ut,
Dardingni huv ana yomonlarga sot,
Farishta onamga kulib boq, hayot.
Boshidan uchirma aziz rumolin,
Uziga sezdirma yolgizlik holin.
Madad bul onamga, ham sabru sabot,
Shunda seni hurmat qilaman hayot.
Onam qayda bulsa, doim bolam der,
Azoblaring bulsa, mana menga ber.
Onam azob cheksa chidolmasman rost,
Onamsiz dunyoying kerakmas hayot!
YOmon bulsang bizga, sendan nima naf,
Men doim ezgulik, yakhshilik taraf.
Onamsiz nursizsan, guyo zulumot,
―Sen onam bor uchun guzalsan Hayot!‖
Onamni panohda asra Khudoyim.
Ona diydoringiz naqadar yakhshi,
Ona suzlaringiz biram yoqimli.
Mehr quyoshingiz olamning naqshi,
Men sizla bakhtliman, judayam bakhtli.
Gam emas erishib bulmas orzular,
Meni sevmasalar qilmaydi alam.
Dilimni chuktira olmaydi bular,
Akhir mehribonim yonimda onam.
Qancha mehr mavjud menda bilmayman,
Ammo bilganim shu bari siz uchun.
Men sizni hammadan yakhshi kuraman,
Bundan ortigiga etmaydi kuchim.
Men qancha qilsam ham khizmatingizni,
Qarzimni uzmoqqa etmas hayotim.
Adogi kurinmas khimmatingizni,
Siz mening borligim, sizsiz bayotim…
Sizni tariflashga ojiz tilimdan,
Sher bulib qogozga uchdi shu suzlar.
Men faqat hohlayman shuni dilimdan,
Khamisha sevinsin sizdagi kuzlar.
Sizni tarbiyangiz bizga bulgan jo,
Sizni duoyingiz madadkor doim.
Takror qilayapman sendan iltijo,
Onamni panohda asra Khudoyim.
Bagri muz – tosh Qurboningiz uzoqlarda Onajon
Yuzlarizga yuzim bossam yuziz burmang Onajon
Tushlarimda quliz upsam quliz olmang Onajon
Men bir garib dili pora gam alamda yuribman
Gam alamlar ado qildi soginganman Onajon
Koshki gamgin paytlarimda boshim uzra qullariz
Koshki dunyo azob bersa madad bersa suzlariz
Bugun soginch yoshlar tukdim sogintirdi yullariz
Sizni eslab suzlaringiz dilporaman Onajon
Jakhon kezdim yillar utdi keldi ogir kunlarim
Atrofimda yori dust yuq oysiz utdi tunlarim
Siz ediz siz qoronguda yoritguvchi yullarim
Bir tasalli topmadim men vayronaman Onajon
Sirlarimni aytar edim ichim tulib ketganda
Yuling topgin bolam derdiz senga imkon etganda
Imkon etdi yulim topdim Tangri bakhtim berganda
Bakhtim buldi, uzoqdasiz, sizsizdurman Onajon
Yulga chiqsam ―Mayli uglim Uzing asra‖ der ediz
Men ketardim uzoqlardan menga boqib turardiz
Uyga borsam bolajonim deb yuzimdan upardiz
Endi issiq bagringizsiz muzlaganman Onajon
Onajonim, Onajonim, Onajonim, mekhribon
Yullarimni kutgan usha mekhribonim Onajon
Yiglamang, deb‖qayda qolding-qayga ketding bolajon‖
Bagri muz – tosh Qurboningiz uzoqlarda Onajon
Ota ona
Etim ugloningga quloq sol dunyo,
Kechalar tulgonib yiglab yotaman.
Bir kun bakht omadni toparman ammo,
Duoguy onamni qaydan toparman?
Dustlar kelib ketar halol va sotqin,
Alardan gokh shodlik jabr tortaman.
Dushman ham dustimga aylanar lekin,
Duoguy onamni qaydan topaman?
Suluvlar utadi muloyim qarab,
Yigit umrim otash chugda yoqaman.
Biri kelin bular ushanda yo rab,
Duoguy onamni qaydan topaman?
Bir kun sekinlashar khayot kemasi,
Nogokh langar tashlab suvga botaman.
Yuzimga urilsa ulim sharpasi,
Duoguy onamni qaydan topaman?
Farosayi fudugar qil kurik u dam,
Gunokhim kup mani qandoq utaman.
E vokh sadoiy duzzakhiy bulsam,
Duoguy onamni qaydan topaman?
Onasini berib quyganlar
Yuragida shamchirogi yuq,
Ishongani bogu rogi yuq,
Suyanayin desa, togi yuq
Onasini berib quyganlar.
Chukib qolar baland buylari,
Kuz yoishsiz utmas tuylari,
Huvillab qoladi uylari,
Onasini berib quyganlar.
Khumorlari tutgan pallada,
Zurga turar joni tanada,
Yiglab yurar pana-panada,
Onasini berib quyganlar
Gam yuziga inib ketadi,
«Ona desang, tinib ketadi.
Bir zarb bilan sinib ketadi,
Onasini berib quyganlar.
Ilinadi oshu nonini,
Bir kurishga berar jonini,
Hidlab yurar tun, rumolini,
Onasini berib quyganlar.
Ulmaydilar onalar atay
Qismatimiz shu ekan netay
Sizni qanday qilib yupatay
Onasini berib quyganlar
YOshlikni sogindim onajon.
Khech qanday khis qolmagan qalbda.
Menga yot khislatdur khayajon.
Khayotga engildim, engildim dardga.
YOshlikni sogindim Onajon.
Sokhta nigohlardan bezib qolganman.
Pichoqdek sanchilar tanamga bu jon..
Kattalikdan juda tolganman.
YOshlikni sogindim onajon.
30 ga kirmasdan, yuzdan oshgandek.
Sabr tulib, toqat toshgandek.
Ortimdan kafanlik quvib shoshgandek.
YOshlikni sogindim onajon.
Onalar uchun
Nozik qulingizda gulmas, qadoqlar.
Mendan topganingiz faqat gamhona.
Men sabab otamning sochida oqlar.
Farzand bulolmadim kechiring ona!
Do'stlaringiz bilan baham: |