Ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish



Download 0,85 Mb.
bet10/13
Sana09.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#763074
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Тақриз

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,7% oshdi (2020 yilda o‘sish 0,9%ni tashkil qilgan). O‘sishning eng jadal sur’atlari elektr ta’minoti, gaz va bug‘ uzatish, havoni konditsionerlash sohasida kuzatilib, 13%ni tashkil qildi. Qazib olish sektori 2020 yildagi jiddiy pasayishdan so‘ng tiklanmoqda, ishlab chiqarish hajmi 10,7% oshdi (undan oldingi yilda qisqarish 22%ni tashkil qilgan edi). Ishlov beruvchi sektor yildan yilga barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etib, 2021 yakunlariga ko‘ra, o‘sish 8,2%ni tashkil qildi (2020 yilda 7,9%). 2021 yilda to‘qimachilik mahsulotlari (o‘sish 19,1%), kiyim-kechak (18,7%), mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar (18,9%), ichimliklar (17,7%), metallurgiya (8,1%), kimyoviy mahsulotlar (5,7%) ishlab chiqarish sanoat drayverlariga aylandi. Shu o‘rinda, avtotransport (5,7%), elektr uskunalari (6,6%), koks va neftni qayta ishlash mahsulotlarini (qariyb 30%) ishlab chiqarishda pasayish qayd etildi.

  • Xizmat ko‘rsatish sektorida jadal o‘sish kuzatildi. Yil yakuni bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yildagi kamtarona 3% o‘sishga nisbatan 19,2%ga ortdi. O‘sish barcha xizmat ko‘rsatish sohalarida kuzatildi. Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish (28,4%), aloqa va axborotlashtirish (21,8%), ko‘chmas mulk va mulk (24,2%), ta’lim (28,7%), sog‘liqni saqlash (26%), ijara va prokat (21%) xizmatlarini taqdim etish sohalarida eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

  • Pandemiyaga davri bilan bog‘liq cheklovlar tufayli 2020 yilda pasayish kuzatilganidan so‘ng transport sektori 2021 yilda jadal o‘sish sur’atlarini namoyon etdi, yil yakunlari bo‘yicha transport xizmatlarining hajmi 16% o‘sib, yuk aylanmasi 10%, yo‘lovchilar aylanmasi esa 9,5%ga ortdi. Shuningdek, chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur’ati ham 12%ni tashkil qildi.

  • Qurilishda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 2020 yildagi 9,5%dan 2021 yakunlari bo‘yicha 6,8%ga biroz sekinlashgani qayd etildi.

  • Qishloq xo‘jaligida esa, aksincha, og‘ir iqlim sharoitlariga qaramay, 2021 yilda mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari dinamikda 4%gacha ortdi (2020 yil yakunida 2,9%). O‘simlikshunoslik va chorvachilik sohasida 3,9% o‘sish kuzatildi. Baliqchilik xo‘jaligida ham jadal o‘sish qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 21,4%ni tashkil qildi (2020 yilda 17,9%).

  • Yil yakunlari bo‘yicha, tashqi savdo dinamikida ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 16%ga o‘sib, 42,1 mlrd. doll. tashkil etdi va 2019 yildagi ko‘rsatkichdan (41,8 mlrd. doll.) o‘zib ketdi. Eksport 10%ga 16,6 mlrd. doll.gacha, import 20%ga 25,5 mlrd. doll.gacha oshdi. Savdo balansining salbiy saldosi 8,9 mlrd. doll.ni tashkil qildi.

  • Eksportning ortishi, asosan, xorijga yetkazib berish bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechakning 1,5 baravar (2,9 mlrd.doll.), rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlarning 1,6 baravar (1,5 mlrd.doll.), mashina va uskunalarning 1,6 baravar (0,7 mlrd.doll.), kimyoviy mahsulotlarning 1,4 baravar (1,2 mlrd. doll.), xizmat ko‘rsatishning 1,3 baravar (2,5 mlrd.doll.) ortgani bilan bog‘liq. Oltin eksporti 2020 yilga nisbatan qariyb 30%ga qisqarib, uning umumiy eksport hajmidagi ulushi esa 38,4%dan 28,7%ga kamaydi.

  • Importda yetkazib berish bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining 35% (2,9 mlrd.doll.), kimyoviy mahsulotlarning 24% (4,3 mlrd.doll.), qora metallar va ulardan tayyorlangan buyumlarning 35% (2 mlrd.doll.), energiya tashuvchi va neft mahsulotlarining 39% (1,5 mlrd.doll.), xizmat ko‘rsatishning 42% (1,7 mlrd. doll.) sezilarli o‘sishi qayd etildi.

  • Shu tariqa, 2021 yil O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta ijobiy kechdi. Bu davrda nafaqat 2020 yilda boy berilgan natijalarning o‘rnini to‘ldirish, balki rekord darajadagi o‘sish sur’atlariga ham erishildi. Mamlakatda keng ko‘lamli iqtisodiy tarkibiy islohotlar davom ettirilib, o‘tgan yillardagi o‘zgarishlar samarasi iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Pandemiya bilan bog‘liq saqlanib qolgan xavflarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda barqarorlikni namoyon etdi va jadal rivojlanish yo‘nalishiga qaytdi.

    25.12.2020 yildagi “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” OʻRQ-657-son Qonun e’lon qilindi.
    a) 2021 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjetning jamlanma parametrlari:

    • daromadlar – 178 712,4 mlrd soʻm;

    • хarajatlar – 216 246,6 mlrd soʻm;

    • davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlar – 15 928,9 mlrd soʻm;

    • Konsolidatsiyalashgan byudjet saldosi - defitsit -37 534,2 mlrd soʻm;

    • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari saldosi – defitsit -17 346,8 mlrd soʻm;

    • davlat qarzlarini soʻndirish – 7 767,7 mlrd soʻm;

    b) kelasi yil uchun davlatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi:

    • YaIM - 688 936 mlrd soʻm, YaIMning oʻsish sur’ati – 5,1%;

    • iste’mol narхlari indeksi, oʻtgan yil dekabriga nisbatan – 9%-10%;

    • sanoat mahsulotlarining oʻsish sur’ati – 5,8%, qishloq, oʻrmon va baliq хoʻjaliklarida ishlab chiqarishning oʻsish sur’ati – 3,5%, chakana tovar aylanmasining oʻsish sur’ati – 5,9%.

    Shuningdek, 2022-2023 yillar uchun tegishli byudjet va maqsadli moʻljallar, 2021 yil uchun byudjet tizimi byudjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kesimida daromadlar va хarajatlar prognozi keltirilgan.
    Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasi hajmi 903,4 mlrd soʻmni tashkil etadi (2020 yilda – 731 mlrd soʻm), barcha darajadagi byudjetlarning zaхira jamgʻarmalari esa umumiy хarajatlarning 1%idan kam boʻlmagan miqdorlarda shakllantiriladi (2020 yilda – 1,5%). Byudjet tizimi barqarorligini ta’minlashning joriy yildagi kabi meхanizmlari amal qiladi.
    Davlat nomidan yoki davlat kafolati ostida jalb qilinadigan davlat qarzi summasi YaIMning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak. Ichki va tashqi qarzni jalb etish boʻyicha imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi - 5,5 mlrd AQSh dollari, shundan:

    • Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2,2 mlrd AQSh dollari (shu jumladan, davlat qimmatli qogʻozlari – 5 trln soʻm);

    • investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 3,3 mlrd AQSh dollari.

    2021 yil uchun mamlakatimizning konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori YaIMning 5,4%i miqdorida belgilandi.
    Bundan tashqari, biz ilgari yozganimizdek, qonun bilan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalarialkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun yigʻimlar va avtotransport yigʻimlari tasdiqlandi.
    30.12.2021 yildagi «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi.
    Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 26 noyabrda qabul 
    qilingan. Senat tomonidan 2021 yil 15 dekabrda ma’qullangan.
    O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak.
    2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.
    Qonunga muvofiq quyidagi soliqlar bo‘yicha asosiy stavkalar o‘zgarishlarsiz qoldirildi:

    • QQS – 15%;

    • foyda solig‘i – 15%;

    • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12%;

    • aylanmadan olinadigan soliq – 4%.

    Foyda solig‘i stavkasi 15%, dividendlar tarzidagi foyda bo‘yicha soliq stavkasi 5% darajasida saqlanib qolindi.
    Amortizatsiyaning yillik cheklangan normasi va investitsiyaviy chegirma miqdori o‘rtacha 2 baravarga oshiriladi.
    Soliq to‘lovchilarga zarar summasini kelgusi davrlarga, zarar ko‘rilgan soliq davridan keyingi 10 yilga ko‘chirish huquqi beriladi. Bunda jami ko‘chirilayotgan zarar summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 60%idan oshmasligi lozimligi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.
    Tabiiy gazni eksport qilishda, shuningdek import qilingan gazni ichki bozorda realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nolga tenglashtiriladi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suyultirilgan gazni realizatsiya qilish aksiz solig‘idan ozod etiladi.
    Bundan tashqari yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10%gacha, oltin va mis bo‘yicha – 7%gacha, volfram bo‘yicha – 2,7%gacha, uran bo‘yicha – 8%gacha pasaytirildi.
    Shuningdek avtomobilni sotib olishda va vaqtinchalik olib kirishda to‘lanadigan yig‘im bekor qilindi.
    Jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi. Ular binoni yoki avtomobilni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solishda qo‘llaniladi.
    2022 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3%i miqdorida belgilandi. 2022 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 254,6 trln so‘m yoki YaIMning 30,3%i miqdorida prognozlashtirilmoqda.
    Byudjet defitsiti
    Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi.
    Bilvosita soliqlar bo‘yicha daromad summasi 73,2 trln so‘m, shu jumladan QQS – 53,3 trln so‘m, aksiz solig‘i – 15 trln so‘m, bojxona boji – 4,8 trln so‘mni tashkil etadi.
    Resurs va mol-mulk solig‘i 25,7 trln so‘mni tashkil qiladi.
    Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 280, 13 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari 188, 91 trln so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari – 58, 18 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi – 7, 73 trln so‘m miqdorida prognozlashtirilmoqda.
    Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining sarflanishi 14, 61 trln so‘m, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar esa – 10,7 trln so‘mni tashkil etadi.
    Byudjetni shakllantirishda barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining 5%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
    Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
    2022 yil uchun byudjet va qonun mablag‘larni belgilangan yo‘nalishda sarflashda natijadorlikni oshirish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish, byudjet barqarorligini ta’minlash, byudjet qamrovini oshirish va byudjet mablag‘larining taqsimlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.


      1. Download 0,85 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish