FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
Gumanitar fanlar kafedrasi
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” bakalavr yonalishi
“Industrial iqtisodiyot” fanidan
KURS ISHI
mavzu: Davlat byudjeti tarkibi va uning tahlili
Bajardi: Iqtisodiyot yo`nalishi 3-kurs 19.139 (sirtqi) guruh talabasi A.Бaxromov
Ilmiy rahbar: X.Yusufjonov
Farg`ona - 2022
Davlat byudjeti tarkibi va uning tahlili
Reja
Kirish
I-Bob. Davlat budjetining mazmuni va mohiyati
Davlat byudjetining kelib chiqishi va shakllari
Byudjetning mohiyati va funksiyalari
Davlat byudjetining moliya tizimidagu o`rni
II-Bob. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, ularning tarkibi
O’zbekiston Respublikasi byudjeti tahlili ko’rsatkichlari
Mamlakatimiz byudjeti ijrosini takomillashtirish yo’llari
Xulosa
Foydalanimagan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Davlat budjeti va uning taqchilligi iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, uni chuqur o‘rganmasdan turib, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Taqchillikning hajmlarini aniqlash bilan birga, uning iqtisodiy mohiyatini har tomonlama o‘rganish zarur. Chunki, budjetda bunday vaziyatning yuzaga kelishi me’yoriy holat hisoblanmaydi, ammo uni yengib o‘tish yoki ma’lum chegarada ushlab turish mumkin. Ideal holatdagi – tenglashtirilgan budjet esa dunyo mamlakatlari tajribasida juda kam uchraydi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat rivojining ma’lum bosqichlarida mamlakatning xususiyatlarini inobatga olib, budjet taqchilligiga yo‘l qo‘yiladi. Budjet taqchilligining iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ta’sirini bilish uchun, avvalo, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash, ushbu omillarning oldini olish, budjet taqchilligini boshqarish bo‘yicha to‘plangan jahon tajribasidan foydalangan holda, uni noinflyatsion manbalar hisobiga moliyalashtirish bo‘yicha jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi to‘g‘ri qarorlar qabul qilish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada mamlakat miqyosida qabul qilingan har bir qaror pirovard natijada yalpi ishlab chiqarish va yalpi ichki mahsulot hajmining, narxlar darajasining o‘zgarishiga, aholi turmush darajasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda, davlat budjeti munosabatlarini o‘rganib, uning shakllanish omillarini chuqur tahlil qilgan holda takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida1 mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida “ Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo`lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o`tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo`yicha qat’iy qadamlar qo`yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Bu islohotlarning asosiy maqsadi- aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so`zsiz davom ettiriladi.
Kurs ishining obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijrosi yuzasidan ma’lumotlardan foydalanilgan.
Kurs ishining predmeti sifatida davlat byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonida byudjet bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi o’rtasida, davlat organlari va moliya- kredit tashkilotlari o’rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi.
Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda mavjud muammolarni o’rganish va xulosalar berishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
byudjet daromadlarining zarurligi va rejalashtirish jarayoni o’rganish;
O’zbekiston Respublikasida byudjet daromadlarini shakllantirishning nazariy va huquqiy asoslarini o’rganish;
O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlari manbalarini tahlil qilish;
davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushini tahlil qilish;
davlat byudjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning ahamiyatini tahlil qilish;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishni samarali tashkil etish yo’llarini ko’rib chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |