Ona davlat universiteti filologiya fakulteti


Kelishik qo‘shimchalarining gap bo‘laklar



Download 138 Kb.
bet6/6
Sana09.07.2022
Hajmi138 Kb.
#761656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Otlardagi kelishik kategoriyasi

Kelishik qo‘shimchalarining gap bo‘laklar

shakillanishidagi o‘rni
Har qanday til birligi singari kelishiklar mazmuni ham sintaktik va semantik jihatlar butunligidan iborat bo’lib, shu jihatlarning amali ularga ma‘lum vazifalarni bajarish imkonini beradi. Kelishiklar:

  1. Til birliklarini bog’laydi.

  2. Tobe pozitsiyada turadi.

  3. Hokim pozitsiyada turadi:

a) sintaktik jihatiga ko’ra;
b) semantik jihatiga ko’ra.
IV. Gap bo’laklarini farqlaydi.

  1. So’z guruhlarini farqlaydi.

a) boshqarilayotgan so’zni;
b) boshqaruvchi so’zni.

  1. Boshqaruvchi va boshqariluvchi so’z joylashuviga ishora qiladi (kontaktdistantlik);

  2. Aniqlik va noaniqlik ko’rsatadi;

  3. Muayyan ma‘no ifodalaydi.

Bu vazifalar barchasi o’zaro bog’liq bo’lib, ularni bu tarzda ajratib ko’rsatish shartlidir. Kelishikning har bir qo’llanishida ushbu vazifalar deyarli to’lig’icha ro’yobga chiqadi. Kelishiklar ushbu vazifalarning ayrimlariga ko’ra birbiridan farqlansa, ayrimlariga ko’ra bog’lanadi. Ana shu vazifalarni farqlovchi belgi sifatida olib kelishiklarni oppozitsiyaga qo’yish quyidagicha natija beradi:
I vazifa 1 belgiga ko’ra kelishiklar ikki guruhga ajraladi. Bir tomonda Bosh kelishik, ikkinchi tomonda qolgan barcha kelishiklar. Bosh kelishik da bu belgi kuchsiz (bosh kelishik til birliklarini bog’lashi ham, bog’lamasligi ham mumkin), qolgan kelishiklarda kuchli (ular albatta tobe pozitsiyada turib, birliklarni bog’lash uchun xizmat qiladi). Yuqorida aytib o’tilganidek, bu erda aynan sintaktik jihat nazarda tutilmokda. Bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning hokim so’z tarkibida kelishi ularning semantik jihatii bilan bog’liq bo’ladi. II belgi va III belgiga ko’ra ham kelishiklarning zidlanishi mohiyatan I belgiga ko’ra yuzaga kelgan zidlanishdan farq qilmaydi.
II belgiga ko’ra Bosh kelishik yana kuchsiz a‘zo bo’lsa, qolgan kelishiklar kuchli a‘zo.
III a vazifaga ko’ra «sintaktik jihatiga ko’ra hokim pozitsiyada turmaslik» belgisi yuzaga keladi. Bu belgiga ko’ra ziddiyatda ham bosh kelishik kuchsiz, qolgan kelishiklar kuchli a‘zo sifatida qatnashadi. Ko’rinadiki, bu ziddiyatlarning barchasi noto’liq privativ ziddiyatlar ekan. Shu vazifasi asosida «semantik jihatiga ko’ra hokim pozitsiyada turolmaslik» belgisi yuzaga keladi. Ushbu belgi asosida yuzaga kelgan oppozitsiya ham privativ bo’lib, qaratqich kelishikva tushum kelishik bu oppozitsiyaning kuchli a‘zolari, qolgan kelishiklar kuchsiz a‘zolaridir.
IV vazifaga ko’ra kelishiklar ma‘lum gap bo’laklarini farqlay olish xususiyati bilan ko’pgina oppozitiv qatorlar hosil qiladi: «Ega bo’la olmaslik» belgisiga ko’ra bosh kelishik va chiqish kelishik kuchsiz a‘zo, qolgan kelishiklar kuchli a‘zo bo’lgan privativ oppozitsiya yuzaga keladi. «Vositasiz to’ldiruvchi bo’la olish» belgisiga ko’ra esa tushum kelishik kuchli, bosh kelishik va chiqish kelishik kuchsiz a‘zo bo’lgan privativ oppozitsiya yuzaga keladi: o’rin-payt kelishik, jo’nalish kelishik, qaratqich kelishikbu oppozitsiyada qatnashmaydi. «Vositali to’ldiruvchi bo’la olishlik» belgisiga ko’ra yuzaga kelgan privativ oppozitsiyalar esa bosh kelishik, tushum kelishik, qaratqich kelishikkuchli, o’rin-payt kelishik, jo’nalish kelishik, chiqish kelishik kuchsiz a‘zo hisoblanadi. «Qaratqich aniqlovchi bo’la olish» belgisiga ko’ra qaratqich kelishikkuchli, chiqish kelishik kuchsiz a‘zo bo’lgan privativ oppozitsiyada boshqa kelishiklar qatnashmaydi. «Hol bo’la olmaslik» belgisiga ko’ra qaratqich kelishikva tushum kelishik kuchli, bosh kelishik, o’rin-payt kelishik, jo’nalish kelishik, chiqish kelishik kuchsiz a‘zo bo’lgan privativ oppozitsiya yuzaga keladi. «Kesim bo’la olmaslik» belgisiga ko’ra esa qaratqich kelishik va tushum kelishik kuchli, bosh kelishik, qaratqich kelishik, jo’nalish kelishik, chiqish kelishik kuchsiz a‘zosi hisoblangan privativ oppozitsiya yuzaga keladi. so’zlarning muayyan leksik-semantik, leksik-grammatik guruhiga ishora qilish kelishiklarda izchil emas. Shunga qaramay bu jihatdan ham muayyan qonuniyatlar borki, ulardan ko’z yumib bo’lmaydi. muayyan turkum bilan bog’lana olish borasida tushum kelishik boshqa kelishiklarga nisbatan ancha xoslangan. Tushum kelishigidagi so’z fe‘l bilan, fe‘lning ham o’timli tipi bilan bog’lana oladi. Shuning uchun ham gap tarkibida tushum kelishiklli so’z doimo vositasiz to’ldiruvchi vazifasida keladi. Xuddi shu vazifada kelish bosh kelishik uchun ham xos. demak, bosh kelishik va tushum kelishik vositasiz to’ldiruvchi vazifasida kelib, boshqaruvchi so’zni turkumiy differensiatsiyalaydi:uning o’timli fe‘l ekanini ko’rsatadi. kontakt pozitsiyada ham bosh kelishik bilan o’rin almasha olmaganda, tushum kelishik va qaratqich kelishikolmoshga ishora qiladi. o’rin-payt kelishik va chiqish kelishik, shuningdek, jo’nalish kelishik da ham fe‘l bilan bog’lanish imkoni juda kuchli bo’lsada, ular boshљa turkumdagi so’zlar bilan ham bemalol bog’lana olishi tufayli, ularda bu xususiyati izchil deb baholab bo’lmaydi. Umuman, va V a V b vazifasiga ko’ra kelishiklar muntazam va qat‘iy oppozitsiyada turmaydi. VI vazifa -kontakt-distantlikka ishora qilish va VII vazifa aniqlik-noaniqlik ko’rsatish o’zaro zich bog’liq. Qolgan barcha kelishiklarning bosh kelishik bilan o’rin almashuvida bu ikki omil katta rol o’ynaydi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi so’z orasida masofa uzoqlasha borgan sari bosh kelishik ning boshqa kelishiklar o’rnida qo’llanish imkoni kamayib boradi. Buning asosiy sababi esa bosh kelishikga noaniqlik ifodalash ko’proq xosligidan kelib chiqadi. Masofa kontakt bo’lganida, shu holatning o’zi muayyan darajada aniqlik ifodalash uchun xizmat qiladi. Shunda ham aniqlik -ta‘kid zarur bo’lgan o’rinlarda, kontakt-distantlikdan qat‘iy nazar, 18 bosh kelishik qo’llanishi (boshqa kelishiklar uchun xos o’rinlarda) chekli bo’ladi. Ko’rinadiki, VI, VII vazifalar asosida «aniqlik ifodalash» belgisiga ko’ra kelishiklar privaitiv oppozipiyada turuvchi ikki guruhga ajraladi: bosh kelishik ushbu oppozitsiyaning kuchsiz a‘zosi bo’lsa, qolgan kelishiklar opazitsiyaning kuchli a‘zolaridir, chunki bosh kelishik aniqlik ham (masalan, ega pozitsiyasida), noaniqlik ham ifodalay oladi. qiyoslang: kitob turibdimi?—kitob bering! VII vazifaga ko’ra kelishiklar murakkab oppozitsiyalar qatori hosil qiladi: aniq ifodalangan ob‘ekt yoki sub‘ekt (egador ham nazarda tutilmoqda) ni ko’rsatish «farqlash» belgisiga ko’ra bosh kelishik, tushum kelishik, qaratqich kelishikprivativ oppozitsiyaga kirishadi. bosh kelishik ushbu oppozitsiyaning kuchsiz, tushum kelishik va qaratqich kelishikkuchli a‘zolaridir (1); «lokallik ko’rsatish» belgisiga ko’ra yuzaga kelgan privativ oppozitsiyaning uch a‘zosi mavjud bo’lib, ulardan qaratqich kelishikkuchli, jo’nalish kelishik va chiqish kelishik kuchsiz a‘zolardir (2); ko’rinadiki, «semantik ma‘no ifodalash» belgisiga ko’ra kelishiklar ikki guruhga ajraladi. bir tomonda «farqlovchi» bosh kelishik, tushum kelishik, chiqish kelishik, ikkinchi tomonda; «lokallik ifodalovchi» o’rin-payt kelishik, chiqish kelishik, jq bu ikki taraf ko’rsatilgan belgiga ko’ra ekvipolent oppozitsiyada turadi (3); (2) oppozitsiya a‘zolari «harakatning o’rinlashuvi» belgisiga ko’ra ekvipolent oppozitsiya hosil qiladi: jo’nalish kelishik harakatning yunalishi, chiqish kelishik harakatning boshlanish nuqtasi, o’rin-payt kelishik harakatning bajarilish nuqtasini ko’rsatadi. Yuqoridagi VIII vazifaga ko’ra oppozitsiyalar sistemasini chizmada quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Ko’rsatilgan barcha oppozitsiyalar uchun asos bo’lgan belgilarga munosabat har bir kelishikning umumiy grammatik ma‘nosi (UGM) ni ko’rsatadi Umuman kelishik kategoriyasi mohiyati borasida ham ushbu oppozitsion belgilar tizimiga suyanamiz. Sintaktik belgilar (1-10 ustun) kelishik oppozitsiyalarida har jihatdan ustunlik qiladi: ular ham miqdoran ko’p, ham kelishiklar bu belgilar asosidagi oppozitsiyalarda to’liq qatnashadi (6-8 ustunlarni hisobga olmaganda). Semantik belgilar miqdoran kam va kelishiklar bu belgilar asosida muntazam oppozitiv munosabatlarda turmaydi, ya‘ni ushbu belgilar ayrim kelishiklar uchun umuman xos bo’lmasligi mumkin (11-ustundan tashqari). Shu asosda kelishik kategoriyasini sintaktik kategoriya deb baholash mumkin. Albatta, bu mutlaq unda semantik jihatni rad etmaydi. Sintaktik va semantik jihatlar kelishik kategoriyasi UGM sining ziddiyatli ikki tomonini tashkil qiladi. Kelishik kategoriyasi sintaktik jihatdan hokim-tobelikni ifodalash ifodalash, semantik jihatdan farqlash va lokallashuv ko’rsatish uchun xoslangan.

XULOSA
Prezdidentimiz aytganidek: “ O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-manaviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi, ona tili bu millatning ruhidir”.Tilimizdagi so‘zlar va muayyan grammatik format (affikslarning har biri til va tafakkurning zo‘r ehtiyojlari, hayotning keskin talablari bilan til taraqqiyoti protsessida biror konkret so‘z shaklidan paydo bo‘lgan: -ni, -ning, -ga, -da, -dan kabi kelishik affikslari aslida azaliy emas, ularning har birining o‘ziga xos muayyan tarixi va konkret rivojlanish qonuni borki, ilmiy analiz yo‘li bilan har bir so‘z va har bir affiksning paydo bo‘lish tarixi, rivojlanish qonunlari, taraqqiyot yo‘llarining ochilishi, aniqlanishi mumkin.
Aslida ba’zi mustaqil, so‘zlar tilning taraqqiyoti va tarixiy takomillanishi protsessida so‘zlar birikmasi tarkibida qo‘shni so‘zlarga qo‘shilib, enkliza holatida qo‘shni so‘zga tobelanib, ularga biror yo‘sinda singib ketib, shaklan va mazmunan turlicha o‘zgarishlarga uchrab, natijada, mustaqil shaklini, muayyan ma’nosini yo‘qotib o‘zi qo‘shilgan so‘zlar uchun bir affiks vazifasini bajara boshlaydi va shu holatda affiksga aylanadi, degan turlicha ilmiy nazariya’ning haqiqat ekanini tasdiqlovchi bir qancha asosli dalillar mavjud.
Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligining ilg‘or g‘oya va metodlarini o‘zlashtirgan holda uni yangi ilmiy dunyoqarashlar, zamonaga munosib talqinlar, fanning ilg‘or nazariyalari, manbalari bilan boyitishga harakat qilmoqda.Shuning natijasi sifatida A.Nurmonov va N.Mahmudovlar “O‘zbek tili nazariy grammatikasi”ni nashr qildilar. Bu ham ilgarigi sintaktik qarashlarga yangi izlanishlar samarasi sifatida katta hissa bo‘lib qo‘shildi va bu sohani jahon tilshunosligidagi chuqur sintaktik ma’lumotlar materiallar bilan to‘ldirdi.O‘zbek tilshunosligida so‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlarda Kelishiklar haqidagi nazariy qarashlar, munosabatlar ham o‘zgarayotganligini aytib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa kelishiklarning uslubiy mohiyati va ularning ismlardagi o‘rni va kelishiklar mohiyatining to‘la ochib berilayotganligi sintaklik aloqalar borasidagi qarashlarni yangiladi deyish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. G.Abdurahmonov. A.Sulaymonov. X.Xoliyorov. J.Omonturdiev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1979 yil..
2. N.Mahmudov. A.Nurmonov. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1995 yil.
3. A.G‘ulomov. M.Asqarova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent.n O‘qituvchi. 1987
4. Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Darslik “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, − Toshkent: FTM, 2009)
5. SH.M.Mirziyayev.Buyuk kelajagimizni oliyjanob xalqimiz bilan quramiz.-T.,2017.
6. I.A.Karimov. Yuksak manaviyat – engilmas kuch. – T.,2010, 83-b
7. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -T., 2010. O‘quv qo‘llanma. O‘zMU IK tas
8. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. - T.: Fan, 1975. - 548 b.
9. Fanning elektron majmuasi. “ZIYO-NET’ – o‘zbek tili bo‘limi/
10. B.Bahriddinova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Nasaf, 2009.
11. Raximov S., Umirqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O‘qituvchi, 2003. Darslik. O‘z R OTV tas.
12. Jamolxonov N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O‘qituvchi, 2005. Darslik. O‘z R OTV tas.
13. Mengliyev B.M., Sh.Shoyqulov va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2-qism. -Qarshi, O‘quv qo‘llanmaning elektron versiyasi. 2004. QDU IK .


Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish