misollar
1- misol. Tanga tashanadi. “Gerb” tomon tushishi “raqam” tomon tushishini yo`qqa chiqaradi va aksincha. “Gerb” tushishi va “raqam” tushishi hodisalari birgalikda bo`lmagan hodisalar.
2- misol. O`yin kubigi tashlanadi. Bunda elementar hodisalar fazosi 6 ta elementar hodisalardan iborat bo`lib, ular birgalikda bo`lmagan hodisalardir.
3- misol. 50 gacha bo`lgan natural sonlar ichidan tasodifan tanlangan son “juft son” bo`lishi hamda “6 ga karrali” bo`lishi hodisalari birgalikda.
1- qoida. Agar A va B hodisalar birgalikda bo`lmasa, u holda A+B hodisaning ro`y berish ehtimoli quyidagicha:
P(A+B)=P(A)+P(B)
P(A+B) ehtimollik A, B hodisalardan hech bo`lmaganda bittasining ro`y berish ehtimoli deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |