Педагогические науки
30
ON THE ISSUE OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL
LIFE IN INCOMPLETE FAMILIES
M.X. Asranboeva
1
Abstract
In the family, the child is supported by love, care and affection. But the fact that
some children have to be brought up in dysfunctional families (due to the loss of one of
the parents or for other reasons), is described in this article.
Key words: family, adaptation, society, social work.
Yosh avlod ijtimoiylashuvining eng muhim instituti ota-ona yaniy oiladir. Oilada
inson xarakterining asoslari, uning mehnatga munosabati, axloqiy va madaniy qadri-
yatlar shakllanadi. Oila shaxsni shakllantirish uchun eng muhim ijtimoiy muhit, psix-
ologik qo'llab-quvvatlash va ta'lim olish uchun asos bo'ladi. Hayotimizdagi jiddiy
ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy qiyinchiliklar an'anaviy oilaviy munosabatlarni iz-
dan chiqaruvchi muhim omil hisoblanadi. Ota-ona majburiyatlari ota-ona o'rtasida
noto`qri taqsimlanishi, oilaviy qadriyatlar sustligi sababli bola tarbiyasida katta muam-
molarni yuzaga keltiradi, ba`zan esa ota-onalarning ajrashuvi natijasida noto`liq oilalar
sonining ortishiga olib kelmoqda.
Rus pedagoglaridan A. S. Makarenko oila tuzilishiga alohida ahamiyat bergan
bo`lib u "to'liq" va "noto`liq oila" tushunchalarini kiritdi, ya'ni otasi yoki onasi yo'q oila-
lar. Oilaning tuzilishi bolaning tarbiyasi va muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga bog'liqdir.
Noto`liq oilalarning bolalari, odatda, zaifroq va bir qator komplekslarga ega bolishadi,
chunki onasining ajrashgan ijtimoiy xolatidan ular xavotirda bo`ladilar. Onaga endi
psixologik ko'mak beradigan, uning farzandi uchun mas'uliyatni birga baham ko'radi-
gan jufti yo'q. U barcha muammolarni o`z yelkasiga oladi.
Noto`liq oila tashqi muhitdan izolyatsiyasi bilan ajralib qolishi sababli unda psix-
ologik iqlim buziladi. Bunday oilada ona endi o'zining va erkakning vazifalari va rol-
larini bajarishga majbur bo'ladi.
Yolg'iz onada ko'pincha erkaklarga, nikohga va oilaviy hayotga nisbatan salbiy
his-tuyg'ular mavjud, va shuning uchun bolalar nikoh va oila haqidagi noto'g'ri va buzil-
gan g'oyalarni rivojlantirishi mumkin.
Noto`liq oilada ta'lim olish imkoniyatlarining pasayishi bir qator noqulay
vaziyatlarning o'zaro bog'liqligi natijasida yuzaga keladi, masalan, nizoli vaziyatlarning
bolalarga uzoq muddatli ta'siri, psixologik vaziyat, oila a'zolarining o'ziga xos
xususiyatlariga noto'g'ri munosabati tufayli.
Bugungi kunda ijtimoiy soha mutaxassislari tomonidan ko'p bolali oilalarga
ijtimoiy, psixologik va pedagogik yordam ayniqsa dolzarb bo'lib qolmoqda. Agar oila
o'chog'i qulasa, bola chuqur azob chekadi. Oilaning ajralishi, bolalarda doimo aqliy sin-
ish va kuchli hissiyotlarni keltirib chiqaradi/
Ko'pincha, oilaning ajralishidan so'ng, onasi yana yaxshi maoshli ish bilan
shug'ullanishga majbur bo'ladi va natijada bolaga oldingisiga qaraganda kamroq vaqt
ajratish sababli bola o`zini ona tomonidan rad etilgandek his qiladi. Buzilgan oiladagi
bolaga yordam berish uchun nima qilish kerak? Unga nima bo'lganini tushuntirish va
buni yengillatish uchun hech kimni ayblanmaydi. Bolaga bu juda ko'p odamlar bilan
sodir bo'lishi mumkinligi haqida tushuntirish yaxshidir.
Noto'liq oilalar bilan ishlashni tashkil etishda hozirgi kunda maktabning ijtimoiy
o'qituvchisi muhim rol o'ynaydi, bu esa o'z kasbiy faolligini oshirishi mumkin.
©
M.X. Asranboeva
, 2019.
___________________________________________________________________________________________________
1
Asranboeva Munojat Xalimjonovna, Senior lecturer of the Department of methods of pre-
school education, Namangan State University, Uzbekistan.