postnatal yoki tugilishdan keyingi taraqqiyotni davrlari:
1. Chaqoloqlik davr - 1-10 kun. 2. Ko‘krak emish davri - 10 kundan - 1 yilgacha. 3. Erta bolalik davri - 1 yoshdan - 3 yoshgacha. 4. Birinchi bolalik davri - 4 yoshdan - 7 yoshgacha. 5. Ikkinchi bolalik davri - 8-12 yoshgacha (o‘g‘il bolalarda), 8-11 yoshgacha (qizlarda). 6. 0 ‘smirlik davri - 13-16 yoshgacha (o‘g‘il bolalarda), 12-15 yoshgacha (qizlarda). 7. Balog‘atga yetilish davri - 17-21 yosh (o‘g‘il bolalarda), 16-20 yosh (qizlarda). 8. Yetilgan davr (1-bosqichi) 22-35 (erkaklarda), 21-35 (ayollarda); (2-bosqichi) 36-60 (erkaklarda) 36-55 (ayollarda). 9. Keksalik davri - 61-74 yosh (erkaklar), 56-74 yosh (ayollar). 10. Qarilik davri - 75-90 yosh (erkaklar va ayollar). 11. Uzoq yashovchilar - 90 yosh va undan yuqori.
3.Skeletning umumiy tuzilishi.
4.Suyaklarning tarkibi va xillari.
Suyak — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.
Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun, yaʼni naysimon (son, boldir va boshqalar), yassi, yaʼni serbar (toʻsh va boshqalar) va kalta (umurtqalar va boshqalar) buladi. Naysimon suyaklarning urta qismi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich moddadan, epifiz va yassi hamda kalta suyaklar tanasi gʻovak moddadan iborat. Diafiz boʻshligʻida va epifiz gʻovak moddasi oraligʻida ilik buladi. Suyak sirti biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan suyak usti pardasi — periost, ichki ilik boʻshligʻi tomondan xuddi shunga oʻxshash endost bilan qoplangan. Diafiz 4—15 mkm kalinlikdagi plastinkalardan iborat boʻlib, ular orqali qon tomirlari va nervlar oʻtadi.
Suyak — kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin gormonlari kon plazmasida kalsiy miqdorini va osteoklastlarning soʻrilish faolligini boshkarib turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega boʻlib, organizmda toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning mexanik xossalari ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti suyak tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana q. Suyak sinishi, Suyak chiqishi, Skelet)
5.Bosh suyagi. Umurtqa pog’onasi. Ko’krak qafasi.
6.Qo’l-oyoq skleti.
7.Muskul tizimi. Muskul xossalari
Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
8.Nerv tizimining ahamiyati.
Nerv tizimi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv tizimiga yetkazib beradi, axborotlarni to'playdi, organlar va organlar sistemalari o'rtasidagi o'zaro aloqani amalga oshirib, organizmning bir butunligini ta'minlaydi.Organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi.
Nerv tizimi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz-sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlarning qon orqali organizmga ko'rsatadigan ta'sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o'sish, rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi.
Nerv sistemasi tuzilishi jihatidan markaziy va pereferik nerv sistemalariga bo`linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bog`lamidan iborat.
Bajaradigan vazifasiga ko`ra, nerv sistemasi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .
9.Nerv tizimining umumiy tuzilishi.
Nerv tizimi markaziy va periferik nerv tizimlarga ajratiladi. Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat bо‘lib, u о‘zaro bog‘liq bо‘lgan neyronlar tо‘plamlari – nerv markazlari va nerv tolalarining yig‘indisidan iboratdir. Bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari butun gavda a’zolari bilan bevosita bog‘langan. Shuning uchun bosh va orqa miyada joylashgan nerv hujayralari butun gavdani idora qiladi. Bosh va orqa miyaning kо‘ndalang kesimlarida kulrang va oq moddalar ajratiladi. Kulrang modda nerv hujayralarining tanasidan, oq modda esa miyelin pardasi bilan о‘ralgan nerv tolalaridan tashkil topgan. Nerv tizimining periferik qismi nerv tugunlari (bosh va orqa miyadan tashqarida joylashgan neyronlar tо‘plamlari) hamda nerv tola va boylamlaridan iboratdir. Markaziy nerv tizimidan ijrochi a’zo – effektorgacha impulslarni uzatuvchi nerv tolalari – efferent nerv tolalari yoki markazdan qochuvchi nerv tolalari deb nomlanadi. Nervlarning kо‘pi aralash tipdagi nervlardir. Ularning tarkibida ham markazdan qochuvchi, ham markazga intiluvchi tolalar mavjud. Nerv tizimini turli bо‘limlarga ajratish shartlidir, chunki nerv tizimi morfologik jihatdan bir butun tuzilma bо‘lib, funksional jihatdan ham ayrilmas yagona tizimdir. Nerv tizimi barcha hayvonlarda va odam morfofunksional birlik – neyron hamda yordamchi gliya hujayralarining yig‘indisi nerv tо‘qimasini tashkil qiladi.
10.Refleks nerv tizimining asosiy faoliyati sifatida. Reflektor yoyi.
Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta ’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi. Tashqi ta ’sirlar eng avvalo o 'ta sezgir periferik nerv uchlari - retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga kelib, qo'zg'alishni javob qaytaruvchi organga o'tkazadi. Refleksning yuzaga chiqishida qo'zg'alish o'tadigan yo'l refleks yoyi deyiladi. Qo'zg'alishning o'tishi va refleks hosil bo'lishi uchun reflektor yoy butun bo'lishi kerak. Refleks yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan.
Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi - ekstroretseptorlar va ichki interretseptorlarga bo'linadi
Ekstroretseptorlarga teri, k o 'z, quloq, hid bilish, ta ’m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta’sirni qabul qiladi.
Interretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o'zida hosil bo'ladigan ta ’sirni qabul qiladi. Prioprioretseptorlar muskullar, paylar va b o 'g 'im lard a joylashgan retseptorlardir.
11.Nerv markazlari va ularning xossalari.
Muayyan refleksni yuzaga chiqarish yoki muayyan funktsiyani bajarish uchun zarur bo’lgan neyronlar yig’indisiga nerv markazlari deb ataladi. Nerv markazlarining o’ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari, moxiyati bo’ladi, MNS-sining ma’lum qismidagi nerv xujayralari to’lanishshi bo’lib, biror belgilangan organ ishini idora qiladi. Bunga misol qilib nafas olish markazi, qaysiki markaz nafasning uzunchok miya qismida joylashgan nerv xujayralari to’plamini olish mumkin.
Nerv markazining fiziologik xususiyati birmuncha kengrok bo’lib, u MNS ning turli qismlarini o’z ichiga oladi. Masalan ovkatlanish refleksini olib qaraganda, uning yuz berilishi uchun turli tuman markazlar, bezlar va boshqa organlar ishga tushishi kerak
N.M. – larning xususiyatlari, qo’zgalish va tolrmozlanishning yuzaga kelishi va kechishida nerv markazida o’ziga xos holatlar, xususiyatlar vujudga keladi. Dastavval shu narsani qayd kilish kerakki, nerv markazlari orkali qo’zg’alishning o’tish vaqti nerv tolasiga qaraganda davomiyliroqdir. Chunki bunday yul bilan javob olishda asosiy vaqtni sinapslar oladi. Nerv markazlari orqali tasirning o’tishi reflektor yoyda neyronlar qancha ko’p bulsa shuncha davomli bo’ladi. Nerv markazida turli xil qitiqlagichlarni yigish yoki sulyamyatsiya qilish xususiyati bor. Shuning uchun ham pog’ona osti kuchi bilan bir necha bor impul’slar berilsa, ular markazda to’planib, javob reaktsiyasi paydo bo’ladi.
Nerv markazlarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, qitiqlagich o’z tasirini to’xtatgandan sung ham qo’zgalish protsesi sodir bo’lib turadi. Bunday iz qolish holati sistemasining turli qismlarida turlichadir. Masalan: orqa miyada ancha kam, uzunchok miyada ko’prok va miya yarim sharlar po’stlog’ida juda davomlidir. Biror narsaning esda qolishi nerv markazlarning mana shu qoldirish xususiyatiga bog’lik.
12.Markaziy nerv tizimi.
Sut emizuvchilarda va odamlar MNS bir tomondan, barcha to’qima va xujayralarni bog’lab, ular integratsiyasini taminlasa, ikkinchsi tomondan organizmni tashqi muhit bilan bog’lab turadi.
Nerv sistemasining asosiy ishlash mexanizmi refleksdir.
Refleks retseptorlarda yuzaga keladigan qo’zgalishga nisbatan nerv markazidagi javob reaktsiyasidir. I.P. Pavlov «refleks» terminini quyidagicha tushuntiradi: «Refleks – retseptorlar yordamida qabul qilingan va organizmning ma’lum bir faoliyati bilan bog’lik bo’lgan tashqi agentlarlarning nerv bog’lanishidir».
Xar qanday refleksning yuzaga kelishi uchun reflektor yoy kerak. Reflektor yoy quyidagi elementlardan tashqil topgan.
Retseptor (lotincha receptor – qabul qiluvchi )’
Afferent yoki sezuvchi nerv tolasi, qaysikim ta’sirni markazga olib boradi.
Nerv markazi, oralik nerv xujayralari,, sinapslar, qaysikim ta’sirni afferent nervdan efferent nervga o’tkazib beradi.
Efferrment yoki harakatlantiruvchi nerv tolasi.
Effektor – ishchi organ. Oddiy reflektor yoyi ikkita neyrondan iborat bo’ladi. Ko’pchilik reflektor yoylar esa bir necha neyronlardan iborat bo’ladi.
Organizmdagi barcha funktsiyalar regulyatsiyasidan ikki xil refleklar bir – biridan farq qilinadi, ya’ni shartli va shartsiz. Shartsiz refleks tug’ma bo’ladi, nasldan – naslga beriladi. Uni organizmning xar qanday ta’siriga nisbatan javob reaktsiyasi deb qarasa bo’ladi.
13.Orqa miya. Bosh miya.
Yangi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo'lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o’sadi. Bosh miyaning o'sishi 20-30 yoshlarga borib to'xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o'sadi, so’ng orqa miyaning o'sishi tezlashadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to'qim a hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |