On davlat pedagogika instituti bektoshev otabek qodiraliyevich ingliz tili nazariy grammatikasi


She gave me letter She gave a letter to me



Download 442 Kb.
bet28/36
Sana01.06.2022
Hajmi442 Kb.
#629173
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
fayl 1826 20210916 (1)

She gave me letter

She gave a letter to me



Bundan tashqari, ingliz tili grammatikasida to‘ldiruvchining yana bir turi mavjudki, u sub’ektli to‘ldiruvchi deb ataladi. U fe’lning majhul nisbat shakli bilan bog‘liq bo‘lib, gapdagi harakat tashuvchisini ifodalovchi komponent bilan grammatik munosabatda bo‘ladi. Sub’ektli to‘ldiruvchi predlogli, ya’ni - by / with + N ko‘rinishiga ega bo‘lib, u aniq nisbatda ega vazifasini o‘taydi.
A n i q l o v ch i gapning ikkinchi darajali bo‘laklaridan biri bo‘lib, u gaplarda ot va otlashgan so‘zlar bilan ifodalangan gap bo‘laklarini, sifat va ularning belgilarini ko‘rsatadi. Aniqlovchi o‘zi aniqlab kelayotgan otga ergashib, undan oldin yoki keyin kelishi mumkin. SHunga ko‘ra, «prepozitiv" va "postpozitiv" kabi atamalarni aniqlovchi uchun qo‘llaymiz.
Aniqlovchi ikkinchi darajali bo‘laklarning alohida bir turidir. Gap strukturasida o‘z tuzilishi bilan boshqa ikkinchi darajali bo‘laklardan farq qiladi. Ikkinchi darajali bo‘laklardan to‘ldiruvchi va hol fe’lga bog‘lanib kelsa aniqlovchi otga bog‘lanib keladi. To‘ldiruvchi va hol gapda uning mustaqil bir bo‘lagi sifatida odatda kesimga tobe bo‘lib kelsa, aniqlovchi birikma tarkibida uning bir unsuri sifatida egaga ham, kesimga ham, holga ham va hatto to‘ldiruvchiga ham tobe bo‘la oladi. Bir aniqlovchi ikkinchi aniqlovchiga tobe bo‘lib kelishi mumkin.
Ingliz tili grammatikasida aniqlovchilar gapning boshqa bo‘laklaridan farqli o‘laroq otli birikmaning tobe unsuri hisoblanadi. Bu erdagi otli birikma o‘z navbatida ot so‘z turkumi bilan ifodalangan predmetning atributiv belgisini ifodalaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, aniqlovchilar aniqlanmishga nisbatan postpozitiv yoki prepozitiv munosabatda bo‘lishi mumkin. Aniqlovchilar prepozitiv holatda kelganda sifat, olmosh, son, ot, sifatdosh so‘z turkumlari bilan ifodalanadi. Masalan: a new book,, this book, three books. John's book, a pecture hook, playing children. Prepozitiv aniqlovchilar esa faqat bita so‘z yoki so‘z birikmasi orqali ifodalanishi mumkin.
Postpozitiv holatda kelgan aniqlovchilar odatda sifat, holatni ifodalovchi so‘zlar, otlarning yoki gerundiylarning predlogli guruhi, infinitiv va sifatdoshlar orqali ifodalanadi. Postpozitiv aniqlovchilar ko‘pincha so‘z birikmalarini o‘zichiga oladi. Masalan. Three children playing in the garden; a settee upholstered in dark leather.
Sifat bilan ifodalangan aniqlovchilar predmetning sifatga xos belgisini yoki o‘sha predmetning boshqa bir predmetga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Ularning ko‘pchiligi gapda prepozitiv tarzda qo‘llanilib, otga nisbatan grammatik munosabatda bo‘ladi. Postpozitiv tarzda qo‘llanilgan sifatlar esa gapda o‘zlarining, atributiv xususiyatlarini saqlagan holda predikativlik ottenkaga ega bo‘ladi.
Holat kategoriyasiga ega bo‘lgan so‘zlar ham gapda aniqlovchi vazifasida kelishi va postpozitiv tarzda qo‘llanilishi mumkin.
Olmosh va son so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan so‘zlar ham gapda aniqlovchi bo‘lib kelishi va prepozitiv tarzda qo‘llanilishi mumkin. Ular aniqlovchilarning yordamchi funksiyasini amalga oshiradi. Bu funksiya xudi artikllarning funksiyasiga o‘xshash bo‘lib, u morfologik, sintaktik, semantik funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Son so‘z turkumiga tegishli so‘zlar ham xuddi olmoshlar kabi aniqlovchi vazifasini o‘taydi. Biroq, ular ba’zan aniq artikllar bilan ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, three new books; the two governments. Agar aniqlanmishning ikkita aniqlovchisi bo‘lsa, ya’ni biri olmosh biri son bilan ifodalangan bo‘lsa, u holda asosiy aniqlovchi olmosh bo‘lib hisoblanadi. Masalan, these two necessary conditions; her three fluffy chickens.
Predlogli aniqlovchilar ingliz tilida ko‘pincha of predlogi orqali amalga oshadi. U gapda tegishlilik ma’nosini ifodalaydi. Masalan, the passing shadow of a moment's disappointment. Bir qancha grammatik maktab vakillari bunday aniqlovchilarga qaratqich kelishigidagi otlarning muqobili deb qaraydilar. Bunday qarash noo‘rindir albatta. Chunki, morfologiya so‘z shakllarining o‘zgarishini, sintaksis esa gap tuzilishini tahlil qiladi. SHuning uchun ham morfologik hodisa bilan sintaktik hodisani bir-biri bilan chalkashtirib yuborish mumkin emas.
Sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchilar gapda prepozitiv yoki postpozitiv tarzda joylashishi mumkin. To‘ldiruvchisiz qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan fe’llardan, ya’ni take, do,make; take off, put on; refer to, wait for kabi fe’llardan yasalgan sifatdoshlar odatda faqat postpozitiv tarzda qo‘llaniladi. Prepozitiv tarzda qo‘llaniladigan sifatdoshlar harakatga asoslangan belgini yoki sifat ma’nosiga juda yaqin bo‘lgan ma’noni ifodalab keladi.
Postpozitiv tarzdagi atributiv sifatdoshlar so‘z birikmasi tarkibida hokim bo‘lak vazifasini o‘taydi. Bunday holat ayrim maxsus texnik adabiyotlarda ko‘plab uchraydi: the method adopted, the changes observed. Bunday hollarda gapda atributiv sifatdoshlar when yoki as bog‘lovchilari ishtirokidagi sifatdosh II bilan ifodalanadi. Masalan:

Download 442 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish