D vitamini (kal’tseferollar) - organizmda minerallar almashinuvini boshqaradi,
uning asosiy manbai – nurlantirilgan ozuqa achitqilari, hamda D vitaminini saklovchi
maxsus moyli preparatlardir.
E vitamini (tokoferol) - hayvonlarning bir me`yorda o`sishini ta`minlaydi, uning
manbai – donli ekinlar (makkajuxori, suli, grechixa va boshqa) urugining ko`rtagi
bo`lib, u omixta yemga 250 mglardan kontsentratsiyada kiritiladi.
V
1
vitamini (tiamin) - donli xom ashyolarda, kepakda bo`lib, ular normal nerv
sistyemasining funktsiyasi uchun zarur.
V
2
vitamini (riboflavin) - oqsillarning hazm bo`lishini va yosh hayvonlar bo`yicha
ustiruvchi vitamin.
Fermentlar (enzillar) - oqsilli moddalar bo`lib, ular oxirgi mahsulot tarkibiga
kirmagan holda kimyoviy reaktsiyani tezlashtiradi. Fermentlar ta`sirida o`simlik
polimerlari (kletchatka) nisbatan oddiy uglevodli birikmalargacha parchalanadi.
Mikroelyementlar fermentlar, vitaminlar, garmonlar va boshqa moddalar tarkibiga
kiradi. Pryemikslar ishlab chiqarishda mikroelyementlar tuzlar ko`rinishida kiritiladi:
mis ko`porosi, mis karbonat, temir gidrosul’fat, kaliy yodat, rux karbonat, kobal’t
karbonat, kobal’t xlorid. Ularning yetishmasligi hayvonlarda turli kasalliklarni
keltirib chiqaradi.
Aminokislotalar oqsil molekulasining asosiy strukturali elyementlari biluib, oqsil
tarkibida 20 ga yaqin aminokislotalar aniqlangan. SHularning yarmisi organizmda
sintezlanib, yuqori mahsuldorlikni ta`minlaydi.
Ozuqa antibiotiklari. Tabiatda shunday mikroorganizmlar borki, ular yashash
jarayonida boshqa mikroblarning o`sish va rivojlanishini ta`minlovchi moddalarni
ajratadi. Bo`lar antibiotiklardir.
5.4. Pryemikslar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Pryemikslar ishlab chiqarish texnologik sxyemasini tuzishda quyidagi omillarni
hisobga olish kerak:
-
tozalagi, kimyoviy va biologik faolligi, fizikaviy va ta`m xossalari,
chidamliligi, boshqa komponentlar bilan bog`liqligi;
-
preparatlar faolligi, bunda iloji boricha yuqori faolli preparatlar tanlanadi;
-
fizik xossalari (kiritiladigan miqdoriga karab omixta yemning optimal
dispersligi);
-
issiklik va yoruglik ta`siriga chidamliligi, tuldiruvchilarning zichligi va
kimyoviy xossalari.
Pryemikslar ishlab chiqarishda tuldiruvchilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Makkajuxori yemlari, ozuqa achitqilari, don kepaklari yaxshi tuldiruvchilar
hisoblanadi. ba`zi zavodlarda tuldiruvchi sifatida namligi 10 % bo`lgan maydalangan
bugdoydan foydalaniladi.
Pryemikslar tayyorlash jarayonida birinchi navbatda aralashtirgichga tuldiruvchi,
sung esa biologik faol moddalar kiritiladi.
Pryemikslar ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagi liniyalarda amalga
oshiriladi: tuldiruvchni tayyorlash, mikroelyementlar tuzlarini tayyorlash, suyuk
komponentlarni kiritish, komponentlar va tuldiruvchini dozalash-aralashtirish, tayyor
mahsulotni chiqarish va kadoklash.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |