21
Ozuqaviyligi bo`yicha 100 kg kunjara va qobiqsizlantirilmagan urug (8-10%
namlikda) 72 - 78 ozuqa birligiga teng, 24-26 % hazm bo`luvchi oqsil mavjud (
kimyoviy tarkibi 4 - jadvalda ko`rsatilgan).
Kanop kunjarasi va shrotida narkotik moddalar mavjud, shuning uchun ularning
omixta yemga kiritilishi chegaralanadi, yosh va bugoz hayvonlar uchun esa ruxsat
berilmaydi.
Soya kunjarasi va shroti yuqori ozuqaviyligi bilan tavsiflanadi. 100kg soya
kunjarasining umumiy ozuqaviyligi 10% namlikda 126 ozuqa birligiga, soya shroti
esa 11,1% namlikda - 119,3 ozuqa birligiga teng.
Soya kunjarasi va shroti proteinga boy, nisbatan ko`p bo`lmagan kletchatka (6-7%)
ushlaydi hamda ozuqaviyligi jixatdan ko`p yemlardan, shuningdek oqsilli ekin
uruglaridan ustun turadi. Soya kunjarasi va shroti parrandalarni bokishda aloxida
qiymatga ega. Ular yogning okarish imkonini beradi. Soya shroti bilan boqilgan
cho`chqalarda sala sifati yaxshilanadi.
Eryongok kunjarasi va shroti - juda kimmatli ozuqa mahsulot bo`lib, oqsilga boy.
100 kg kunjaraning ozuqaviyligi 122-126 ozuqa birligiga teng, protein miqdori 50-
52%, kletchatka 3-4%. Eryongok kunjarasi va shroti bilan cho`chqalar boqilganda u
salasifatiga yaxshi ta`sir qiladi.
Kunjo`t kunjarasi va shroti qobiqli va qobiqsiz uruglarga ishlov berishda olinadi.
Omixta yem ishlab chiqarishda ko`pincha qobiqli urug kunjara va shroti ishlatiladi.
Kunjo`t kunjarasi va shroti yuqori ozuqabop yemlar. 100 kg kunjo`t kunjarasi 128-
133 ozuqa birligiga mos 37-40% hazm bo`luvchi proteinga ega.
Xochguldoshlar kunjarasi va shroti - surepka, indov (raps) kuzikorinli (rijik)
surepka kunjarasining umumiy ozuqaviyligi 12,3% namlikda 93,8 ozuqa birligiga
teng, indov kunjarasining (13,6 % namlikda) - 100,7 kuzikorin kunjarasining esa
(12% namlikda) 115,3 ozuqa birligiga teng.
Kechguldoshlar kunjarasi va shroti xantal (gorchitsa) efir moyining glyukozidini
ushlaydi. Kunjara va shrotda mavjud bo`lgan mirozin fermentining ta`sirida xantolli
efir moyi taroshlanadi. Bu moy hayvonlarning ovqat hazm qiluvchi organlari shillik
pardasini yalliglaydi. Ba`zi moyzavodlarida presslashdan oldin xachguldoshlar urugi
dastlab namiktiriladi, 100 S gacha kizdiriladi va mirozin fermenti faolligini yukotadi.
Bunday ishlov berilgan urugdan olingan kunjara va shrot hayvonlarning hazm qilish
organlariga tushganda glyukozidning parchalanishi bormaydi.
Xachguldoshlar kunjarasi va shroti achchik ta`mli bo`ladi. Xantalli moyning
taroshlanishi va undagi achchik ta`m kerak ishlov berilmasdan ularni omixta yemga
kushish imkonini bermaydi. ular baliqlar uchun muljallangan omixta yemda (55%
gacha) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: