Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Oilaviy m arosim lar.
Xalq tajribasidan o‘tib, an’anaviy tus olgan 
oilaviy marosimlar, asosan, uch turdan iborat bo‘ladi. Ularni to‘y, 
motam, biror oila a’zosi hayotidagi muhim voqea (kasaldan tuzalish, 
ilmiy daraja olish, haj safarini bajo keltirish va boshqalar)ning ro‘y 
berishi munosabati bilan o ‘tkaziladigan yig‘inlar tashkil etadi.
108 С'аримсоков Б. Маросим фольклори. Узбек халк огзаки поэтик ижоди, - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 
116.
219


Odatda, yangi oilaning paydo bo‘lishi nikoh to‘ylari bilan boshla- 
nadi. Qizni turmushga berish harakatini oilasiga sovchi kelish belgilagan. 
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida “sav” so‘zining 
xabar berish ma’nosi borligi qayd etilgan. Shu ma’lumotga asoslanib 
“sovchi” milliy tilimizdagi eng qadimgi so'zlardan emasmikan, degan 
fikrga borish mumkin. Chunki sovchi bo‘lajak kelin oilasiga kuyov ha­
qida, uning shu qizga uylanish niyati borligi haqida, kuyovga esa kelin- 
ning rozi, rozi emasligi haqida xabar beruvchi elchi hisoblanadi. To‘y 
marosimi ham to‘y olib kelish, indovchi yuborish, ziyofat berish, yor-yor 
aytish, tortishmachoq, ayrim viloyatlarda kampir o ‘Idi, 
q o ‘l silatdi
kabi 
qator kichik sahnali marosimlardan iborat bo'ladi. Aslini olganda, har bir 
to‘y kelin va kuyov yashaydigan hudud aholisi tomonidan yillar davomi­
da o‘ylab topilgan sahna - ssenariy asosida o ‘tkaziladi. Uning ishtirok- 
chisi boshqa bo‘ladi, xolos. Ya’ni iqtisodiy ta’minlanish, el-yurtdagi hur- 
mati, uy xarajatiga munosabati to‘yning uyushtirilish sifatini belgilaydi. To‘y 
marosimlarining shartlaii hayotning o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Masalan, 
uzoq qadimgi zamonlar kuyov boim ish yigit uylanajak qizni jismoniy 
jihatdan yengishi lozim bo'lgan. Keyinchalik bu shart qizga talab chiqa- 
yotgan yigitlar o ‘rtasidagi kurashga ko‘chgan. Yana ham keyinroq bu 
shartlar ham o ‘zgargan. Har bir harakatda so‘z ishtirokidagi udumlar 
bo‘lgan. Hozir bu udumlar ko‘proq sovchilaming so‘zga ustahgi bilan kelin 
tarafni ko‘ndirish, kuyov do‘stlariga sarpolar berish, qiz kuyovnikiga kel- 
ganida, yangalaming qizni kuyov tarafga topshirish lavhalarida saqlanib 
qolgan. Ayrim hududlarda yor-yor, kelin salom odatlaridan tashqari о "Ian 
aytishadi. Qizlar bir taraf, yigitlar bir taraf bo‘lib, lirik mazmundagi torti- 
shuv o ‘tadi. Masalan, Toshkent viloyatining Angren tumanida o ‘lan aytish 
odatiga alohida e ’tibor beriladi. Respublika о ‘lan aytish tanlovining 
doimiy o‘tkazilishi esa bu janr rivojiga turtki bo‘ldi, deyish mumkin.
Yigit:
0 ‘yna turib deganda, o ‘yna turib,
0 ‘rtanaman - kuyaman seni ко‘rib,
0 ‘rtanganda - kuyganda seni ко‘rib,
Ermaklaysan - kulasan, labing burib.
Qiz:
Kiygan to‘ning yarashgan bo‘yginangga,
Men bilmadim ne so‘z bor o ‘yginangda,
Ermaklasam ermaklay labim burib,
Indamasdan borib yot uyginangga.
220


To‘y davomida kelin gulxan atrofida aylantiriladi. Bu udum payti 
yor-yor aytib turiladi. Yor-yor tugagach, navbat kelin salomga keladi. 
Toshkent va ayrim boshqa hududlarda kelin salom to‘yning ertasiga aytiladi.
Oilaviy marosimlar qatoridan o ‘rin olgan у ana bir to‘y bolaning 
tug‘ilishi bilan bog‘lanadi va beshik to‘y deb yuritiladi. Odatda, bola 
tug‘ilganidan keyin 7-21 kun orasida aqiqa marosimi o‘tkaziladi. Undan 
keyin beshik to‘yi qilinadi. Beshik to‘yi yangi tug'ilgan farzandning 
birinchi beshikka belanishi bilan boshlanadi. Beshik to‘yida sumay, doira 
va boshqa tomoshalar ko‘rsatiladi. Quloq cho‘zdi o ‘yinlari o'tkaziladi. 
Hamma tomoshalar tugaganidan so‘ng ko‘p farzand ko‘rgan, pin 
badavlat kayvoni ona bolani maqtaydigan, unga yaxshi tilak tilaydigan 
qo'shiq aytadi. Beshik jihozlari tayyor bo‘lganida, kayvoni ona bolani 
“shunday belaymizmi?” deb teskari yotqizadi. Hamma xotinlar “yo‘q, 
yo‘q” - deb javob beradilar. Shu yo‘sinda bola bir necha marta beshikka 
nobop yotqiziladi va “shunday belaymizmi?” deb so‘raladi va yana 
“yo‘q, yo‘q” javobi olinadi. Oxiri “Ha” bilan bu marosim tugaydi. 
Shundan so‘ng bolaga onalik qilayotgan ayol chaqaloqni beshikka belab 
turib, qo‘shiq aytadi:
Qoch-qoch babasi,
Keldi beshikning egasi.
Ota-onang gapirishsa,
Qichqirishsa, yana qo'rqma!
Qo‘shiqning davomida it, mushuk, eshak va boshqa hayvonlar ovoz 
chiqarsa, qo‘rqmasligi kerakligi aytilgan. Bola belanib bo‘lgandan so‘ng 
beshik ustidan sochqi sochiladi va isiriq tutatiladi. Uning aytimi 
quyidagicha:
Isiriq, isiriq,
Chatnasin, isiriq,
Tutasin isiriq.
Bolamga ko‘z tegmasin.
Kim qo‘zimga ko‘z qilsa,
Ko‘zlari oqib tushsin.
Shundan keyin beshikdagi bola maxsus xonaga olib chiqiladi, mehmon- 
larga osh tarqatiladi, xotinlar turli matolar, kiyimliklar bilan chorlanadi.
221


0 ‘zbeklarda esda qoladigan to‘ylardan biri xatna (sunnat) to‘yi 
hisoblanadi. Bu to‘y xatna, sunnat, chupron, chukron, qo‘lini halollash 
kabi nomlar bilan atab kelingan.
To‘y egasining qo‘li ochiqligi, ko‘pincha, shu to‘yda aniqlangan. 
Ona taraf toy va kuyov tarafhi sarpolar bilan siylagan. Ota taraf yurtga 
osh bergan, qarindosh-urug‘ va tanishlarga dasturxon yozgan. Chorva 
bilan shug‘ullanadigan hududlarda, albatta, ko‘pkari, uloq uyushtirilgan. 
Qadimgi an’analarga ko‘ra, Xorazmda “Oltin qovoq”, Andijon, 
Farg‘onada “Quloq cho‘zma”, Toshkentda “Bola mast”lar o'tkazilgan. 
Masalan, Toshkentdagi odatga ko‘ra to‘y bolaga zarar qilmaydigan turli 
ichimliklar berilib mast holatga keltirishgan. Shundan so‘ng bola tog‘asi, 
amakisi yoki qo‘shni yigitlardan birining yelkasiga opichilgan. Ziyofat 
to‘yxonadan ma’lum masofada uyushtirilgan. Belgilangan vaqtga bolani 
uyga yetkazishdan avval xonadonma-xonadon kirib chiqilgan. Bu paytda 
mana shunday qo‘shiq aytilgan:
Masjid bo‘Isa, madrasa,
Ho yallo, yallo, yallo.
Bir odil poshsho bo‘lsa,
Ho yallo, yallo, yallo.
Har kim sevganin olsa,
Ho yallo, yallo, yallo.
Professor B.Sarimsoqovning yozishicha: “Chorqarsak xatna to‘yi- 
ning eng qiziq va hal qiluvchi nuqtasi sanaladi. To‘y ishtirokchilari katta 
doira shaklida turadilar. Ichki qatordagilar tiz cho‘kishib turishadi. 0 ‘r- 
taga bir yoki ikki yigit tushib chalinayotgan qarsak ritmi asosida chorqar- 
sakning bixinchi (chaqiriq) bo‘limi “Yallama yorim” qo‘shig‘iga o‘ynashadi”109
Qo‘shiq matni:
Bundan bordim, yotibsiz,
Par yostiqqa botibsiz.
Par yostiqni ko‘tarsam,
Gulday toza yotibsiz.
Naqarot:
Yallama yorim, yallola,
Yallolashaylik, yallolashaylik.
109 Саримсоцов Б. Маросим фольклори. Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 
1990.- Б . 116.
222


To‘rtta-beshta bir bo‘lib,
Hasratlashaylik.
Hasrat bog‘ingdan,
Quralay ko'zingdan.
0 ‘ldira bersang, kuydira ber,
Shakkar so‘zingdan.
0 ‘zbekistonimiznmg viloyat, tumanlari ко‘p. Har bir hudud to‘y ma- 
rosimlarini o ‘tkazishda o ‘z udumlariga ega. Shuning uchun uylanish, qiz 
uzatish, beshik, xatna to‘ylarida umumiy milliy odatlar asos bo‘lsa-da, ular- 
dagi kichik, juz’iy tadbirlarda bir qator farqlaming kuzatilishi tabiiydir.
Xalq marosimlari qatoridagi motamlar eng qadimiylaridan hisobla­
nadi. Yaratilganiga qariyb 3000 yil bo‘lgan “Avesto”da ham vafot etgan 
odamni dafn qilish bo‘yicha ma’lumotlar bor. Mahmud Koshg‘ariyning 
“Devonu lug‘oti-t-turk” asarida esa motam marosimida aytiladigan 
qo‘shiq-marsiyalardan misollar keltirilgan.
0 ‘zbek motam marosimlari juda ko‘p turli hajmda o‘tkaziladigan 
yig‘inlardan iborat. Uch, yetti, yigirma, qirq kunliklar; qor yog‘di, gul, 
shir oshi, qovoq kabi movliyatlar shular jumlasidandir.
Marsiyalarda hayotdan ko‘z yumgan odamning hayotligidagi fazi- 
latiari, uning mehribonligi, iymonli ekanligi esga olinadi:
Baland tog‘lar past bo‘ldimi, voy otam,
0 ‘lganingiz rest bo‘ldimi, voy otam.
Shamol kelmay o ‘chdi chirog‘im, voy otam,
Kuz kelmay xazon bo‘ldi bog‘im, voy otam.
Shu tarzda ota, ona, bola, aka, uka, umuman, qarindosh nomlari tilga 
ohnadi. Amaki, tog‘a, xola, ammalar ham ota, ona nomi bilan 
atalaveradi. Bunday qo‘shiqlar marsiya deyiladi. “Marsiya” arab tilidan 
olingan bo‘lib (*£>•), “motam she’ri” ma’nosini anglatadi. Xalq orasida 
marsiyani “aytib yig‘lash” deb ham atashgan. Zavqiyning “Yuzingni 
ko‘rsatib” so‘zlari bilan boshlanadigan muxammasida: “Sani dardi 
firoqing aytib-aytib yig'lay o‘lguncha” misrasida ham aytib yig‘lash 
ma’nosi yo‘q emas. Odatda, motam marosimi hayotdan ko‘z yumgan 
shaxs vafotiga yillik ma’rakalar o ‘tkazish bilan yakunlangan.
223



Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish