Omonova Mohigul 2015 2016 o`quv yili



Download 198.72 Kb.
Sana28.01.2017
Hajmi198.72 Kb.


Kitob davlat 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq fanlar uslubiy birlashmasi
mavzusida bir soatlik

[

1-ixtisoslashgam maktab-

internatining matematika fani

o`qituvchisi Omonova Mohigul


2015 - 2016 o`quv yili


Agar matematik xulosalar ijodiy yondashuv mahsuli bo`lsa, ya`ni o`quvchi bu xulosalarga mustaqil ravishda kelish mumkinligini ko`rsa va faqat shundagini ularni samarali, ishonchli qo`llash mumkin bo`ladi.


Mavzu: O’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishi.

Darsning shiori: Yoshlikda olingan ilm,

Toshga o`yilgan bitikdir.



Darsda foydalanilgan texnologiyasi: an`anaviy ta`lim texnologiyasi.

Darsning uslubi: Savol-javob. Yangi mavzu bayoni, masalalar yechish.

Maqsad:

1. Ta`limiy maqsadlar:

O`quvchilarni quyidagilar bilan tanishtirish:

- O’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishi haqida tushuncha berish.

2. Tarbiyaviy maqsadlar:

- o`quvchilarni o`z fikrlarini ayta olishga o`rgatish.

- o`quvchilarni fanga doir dunyoqarashlarini kengaytirish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad.

- O`quvchilarni mavzuga doir fikrlarni rivojlantirish.

- O`quvchilarni nazariy fikrlashga o`rgatish.

Mavzuni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari lozim.


Bilimlar:

- O’nli kasr nimaligini ;

- Oddiy kasrni o’nli kasrga shaklida yozishni bilish.

Ko`nikmalar:

- O’nli kasrni o’qishni ;

- Oddiy kasrni o’nli kasrga shaklida yozishni bilish.

Darsni jihozlash:

- O`quvchilarga mavzuga doir turli masalalar tayyorlash.

- Mavzuga doir bo`ladigan chizmalarni plakatlarga tayyorlash.

DARSNING BORISHI

I. Tashkiliy qism:

- salomlashish

- sinfni tozaligini aniqlash

- davomat tekshirish

- mavzuni jurnalga yozish

II. O`tilgam mavzulardan nazariy ma`lumotlarda takrorlash. Savol-javob qilish.

Takrorlash uchun ushbu savollar beriladi.

1.Ulush deb nimaga aytiladi?

2. Butunning yarmi, choragi, nimchoragi nimani bildiradi?

3.Oddiy kasr deb nimaga aytiladi?Misollar keltiring.

4. Kasrning maxraji nimani bildiradi? Surati-chi?

5. Kasr qanday o’qiladi? Misollar keltiring.

6. O’zaro teng kasrlar deganda nimani tushunamiz?

7. Kasrlar qanday taqqoslanadi?

8.Kasr turlarini ayting?

9.Aralash son nima?

10. Aralash sonlarni qanday qo’shiladi?


2 daqiqaga test olamiz.

Test

1.Yig’indini hisoblang: + + .

A) B) C)

2. Sonni o’nli kasr ko’rinishida yozing: 6 .

A) 6,7 B) 6,07 C)6,007
3.Maxraji 100 bo’lgan nechta to’g’ri kasr bor ?

A) 9 B)99 C)100
4. O’nli kasr shaklida yozing : 7 butun yuzdan 7.

A) 7,7 B)7,07 C)7,1007
5. 3 + + yig’indini o’nli kasr shaklida yozing.

A) 3,9178 B) 3,090178 C)3,900178

III. Yangi mavzuning bayoni:

Maxraji bo'lgan

kabi kasrlarni kasr chizig'isiz, ixcham qilib yozish mumkin. Buning uchun, kasrning butun qismini kasr qismidan vergul yordamida ajratish kifoya:



(o'qilishi: bir butun o'ndan yetti);

(o'qilishi: nol butun yuzdan yetmish bir).

O'nli kasrlarning butun qismi verguldan chap tomonda kasr qismi esa o'ng tomonda yoziladi.

Yuqoridagi kasrlarning maxraji 10 ning darajasidan iborat ekaniga e'tibor bering:



2-rasm

Demak, va ; va kabi yozuvlar ayni bir sonning turli ko'rinishda yozilishidir.

Maxraji 10 ning darajasidan iborat oddiy kasrlarni o'nli kasr shaklida yozish qoidasi:
c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg


.
c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

 


.
c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg
.

Yuqorida ko'rilgan qoida va misollarning o'zi o'nli kasrlarni oddiy kasrga aylantirish yo'llarini ko'rsatadi.

1) ; 3) ;

2) ; 4) .



c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

Misol:

1. 0,6 - verguldan keyin bitta raqam bo'lgani uchun oddiy kasr maxraji 10 ga teng, demak bu son-nol butun o'ndan olti deb o'qiladi;

2. 2,15 - verguldan keyin ikkita raqam maxraji 100 ga teng, o'qilishi ikki butun yuzdan o'n besh;


mavzu2



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1) Qanday kasrlar o'nli kasrlar deyiladi?

2) O'nli kasrlar qanday yoziladi? Qanday o'qiladi?

3) Maxraji 10 ning darajasidan iborat oddiy kasrlarni o'nli kasr shaklida yozish qoidalari sanang.
V. Uyga vazifa: 44. Mavzudagi 831-833 misollarni ishlash, qoidalarni yodlash .

V. Dars oxirida o`quvchilarning faolligiga qarab baholash.


VI. Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.M.A.Mirzaahmedov, A.A.Rahimqoriyev

5 – sinf matematika darsligi.

“O`QITUVCHI” nashriyot-matbaa ijodiy uyi

TOSHKENT – 2012

2.M.A.Mirzaahmedov, A.A.Rahimqoriyev

5 – sinfda matematika o`qutuvchilar uchun qo`llanma.

“O`QITUVCHI” nashriyot-matbaa ijodiy uyi

TOSHKENT – 2010



3.Elektron darslak -5-sinf.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa