Mundarija
Kirish
|
3-5
|
I BOB
|
OMON-QO’TON G’OR MAKONINING 1947 YILDAGI O’RGANILISH TARIXI
|
6-19
|
I. 1.
|
Taxti-Qoracha davoni hududlarining umumiy geologik xarakteristikasi
|
7-8
|
2.
|
Omon-Qo’ton g’orida olib borilgan dastlabki tadqiqotlar
|
9-19
|
II BOB
|
OMON-QO’TON G’OR MAKONINING 1948 YILDAGI O’RGANILISH TARIXI
|
20-30
|
II. 1.
|
Omon-Qo’ton hududlaridan yangi yodgorliklarning qidirib topilishi
|
22-23
|
2.
|
Omon-Qo’ton g’or makonini sanalash
|
24-30
|
III BOB.
|
OMON-QO’TON G’ORINING KEYINGI YILLARDAGI (1968-2001 YILLAR) O’RGANILISH TARIXI VA YODGORLIKNING O’RTA OSIYO PALEOLITI OYKUMENASIDA TUTGAN O’RNI
|
31-47
|
III. 1.
|
Omon-Qo’tonda keyingi yillarda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar (1968-1980 yillar)
|
34-35
|
III. 2.
|
Omon-Qo’tonda O’zbek-Polsha va O’zbek- Amerika xalqaro arxeologik ekspedisiyalari tadqiqotlari natijalari (1996-2001 yillar)
|
36-38
|
III. 3.
|
Omon-Qo’ton g’or makonining O’rta Osiyo paleoliti oykumenasida tutgan o’rni
|
39-47
|
Xulosa
|
48-50
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
51-55
|
Ilovalar
|
56-64
|
Kirish
Omon-Qo’ton g’ori ochilgan paytlarda MDH davlatlari hududida 166 ta paleolit davriga oid yodgorliklar aniqlangan edi.1 D.N. Levning ta’kidlashicha, o’sha davrda P.P. Yefimenko boshchiligidagi paleolitchilar guruhi paleolit davri yodgorliklarini o’rganishning G’arbdagidan ancha taraqqiy qilgan uslublarini yaratganlar2. O’sha davrlardayoq arxeologik tadqiqotlarda geologiya, paleontologiya va etnografiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanilgan.
O’zbekiston hududlarida paleolit ilk marotaba A.P. Okladnikov tomonidan ochilgan. Boysun tumanidagi Teshik-Tosh g’or makoni 1938 yilda aynan ushbu tadqiqotchi tomonidan ochib o’rganilgan. Bu ajoyib makondan neandertal tipidagi odamning suyak qoldiqlari aniqlangan. Boysun tog’larida yana qator boshqa g’or makonlar bo’lib, A.P. okladnikov ularni quyidagicha tariflagan6
Teshik-Tosh; 2. Amir-Temur; 3. Katta-Qo’rg’on; 4. Qo’rg’on-Daryo; Temur-O’ldi.
Amir-Temur g’ori A.P. Okladnikov tomonidan 1938-1939 yillarda o’rganilgan. G’or shimoli sharqqa qaragan yirik daradan iborat. G’orning ichida 1 m chuqurlikda aniqlangan madaniy qatlamdan kremniylashgan oxaktoshlardan ishlangan qo’pol uchirindilar, gardishsimonlarga o’xshash nukleuslar hamda yumaloq qirrali qirg’ichlar topilgan. Tadqiqotchining takidlashicha, ishlanish texnikasiga ko’ra bu yerdagiga o’xshash mustye tipidagi qirg’ichlar Teshik-Toshning madaniy qatlamlaridan ham topilgan3.
Teshik-Tosh va Amir-Temur g’orlari materiallarining o’xshashligi Amir Temurdan topilgan kremniylashgan oxaktoshdan ishlangan yirik nukleus ham isbotlaydi. Ushba nukleusning zarb maydoni tekislangan, yirik va mayda fasetkalar yordamida qo’shimcha ishlov berilgan. Bu nukleus ancha qo’pol bo’lsada, so’ngi paleolit davriga oid prizmatik o’zaklarni eslatadi. Unga o’xshash nukleus Teshik-Tosh g’orining 1 madaniy qatlamidan topilgan edi.
Mustye davriga oid Amir-Temur g’orining faunasi Teshik-Toshdagiga juda o’xshashdir. Har ikkala yodgorlikdan ham tog’ echkisining suyak qoldiqlari ko’plab uchragan4.
Shunday qilib, Amir-Temur g’ori O’zbekiston hududlaridan topilgan mustye davriga oid ikkinchi yodgorlik bo’ldi.
1940 yilda G.V. Grigoryev tomonidan Ovrajnaya ko’chasida saqlanib qolgan ochiq yerdan zich kremniylashgan oxaktoshdan ishlangan mustye davriga oid paykon topildi. Bu joydan shuningdek, bir dona uchirindi ham topilgan. Paykon mustye tipidagi gardishsimon nukleusdan chaqmoqlab olingan uchburchak uchirindidan shakllantirilgan. Uning qirralari kontrzarbli retushlash yordamida ishlov berilgan. Bu paykon va uchirindi buzilmagan madaniy qatlamdan topilgan. Geolog V.V. Shumov shunday hisoblaydi va u asosiy topilma joyni Ovrajnaya ko’chasi bo’ylab yuqoridan izlash kerak5.
1939 yilda N.G. Xarlamov Dinamo oromgohidan yangi makon ochdi va bu yerda u kichik qazishma o’tkazdi. Uning tomonidan fauna, ko’mir va prizmatik nukleuslardan chaqmoqlangan yirik uchirindilar, tosh bo’laklardan iborat chaqmoqtosh industriya topilgan. Bu materiallarga ko’ra, to’plam nukleuslarining zarb maydonlari tekislangan va orqa tarafga qiyalashgan bo’lgan. Bu azil tardaneuaz davri uchun xosdir6.
1939 yilning avgustida O’zkomstarisning Samarqand ekspedisiyasi va Moskva Davlat universitetining antropologiya Muzeyi xodimlari tomonidan Xarlamov topgan yodgorlikda qazish ishlari davom ettirildi. Bu shu yilning mart oyida amalga oshirildi va ekspedisiyaga M.V. Voyevodskiy boshchilik qildi. Qazish ishlariga geolog V.V. Shumov ham ishtirok etdi.
Makon Samarqand shahrining markazida, g’arbiy tomondan “Dinamo” o’yingohi bilan, ya’ni Siyob arig’i bilan chegaradosh.
V.V. Shumovning ma’lumotlariga ko’ra, 4,5 m keladigan terrasada joylashgan makon adirlikning o’ng tomonida yaxshiroq saqlanib qolgan. V.V. Shumovning fikricha, makondagi arxeologik materiallar uncha katta bo’lmagan masofaga siljigan, ya’ni tepalik ustidagi madaniy qatlamlar uning pastiga oqib tushgan va adirlikning pastki qismida favqulotda qalin qatlamlarni hosil qilgan.
Makondan qazilma hayvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. V.I. Gromovning fikricha bu yerda yovvoyi otlarning qoldiqlari ko’proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |