Omon-qo’ton g’or makonining 1947 yildagi o’rganilish tarixi


III BOB. OMON-QO’TON G’ORINING KEYINGI YILLARDA O’RGANILISHI VA YODGORLIKNING O’RTA OSIYO PALEOLITI OYKUMENASIDA TUTGAN O’RNI



Download 199 Kb.
bet8/17
Sana01.08.2021
Hajmi199 Kb.
#134784
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Amir temur g'ori

III BOB. OMON-QO’TON G’ORINING KEYINGI YILLARDA O’RGANILISHI VA YODGORLIKNING O’RTA OSIYO PALEOLITI OYKUMENASIDA TUTGAN O’RNI

O’rta Osiyoning navbatdagi qator yillar davomida o’rganilgan g’ori - Omon-Qo’ton makoni. U Zarafshon tog’ tizmasining g’arbiy qismida, Samarqand shahridan 43 km janubda, Omon-Qo’ton qishlog’ida joylashgan. U Teshik Toshdan farqli ravishda yo’lak tipidagi tor va baland bo’lmagan. So’ngra, g’or kengayib, eni 2.5 m va balandligi 2.60 m ga yetadi. G’orda hosil bo’lgan qalin va qattiq tuf qatlam kirka yordamida sindirilganda, u hayvonlarning majaqlangan suyak qoldiqlari hamda tosh buyumlarni yopib qolganligi ma’lum bo’ladi. Tosh buyumlar orasida bitta kremniydan ishlangan va bir tomoni ikki taraflama retushlangan paykon ham mavjud23 (Lev, 1949a, 19496, 1955, 1956). G’orda namgarchilik katta va bu yerda yilning eng issiq faslida ham salqin bo’ladi. Shunday bo’lsada, g’or mustye davri ibtidoiy odamiga qo’nalgoh vazifasini o’tagan. Odamlar g’orning eng tubida, kirish joyidan 25 m ichkarida yashaganlar. Omon-Qo’tonni qazish ishlari jarayonida hayvon suyaklari, tosh buyumlar va o’choq qoldiqlari aniqlangan. Bu yerdan topilgan bug’i va kiyikning suyak qoldiqlari qiziqarlidir. Ular g’or devorining tagiga, go’yoki atayin yashirib qo’yilgandek topilgan.

Omon-Qo’tondan topilgan tosh buyumlar sifatsiz materiallardan — mahalliy kvarsdan ishlangan va u buyumlarga qo’pol hamda deyarli «amorf» ko’rinish bergan. Dastavval, Omon-Qo’ton materiallarining favqulotda qadimiy, ya’ni mustyegacha bo’lgan davrlarga oidligi haqidagi fikrlar paydo bo’ldi.

Ammo, Omon-Qo’tondagi tosh buyumlarning asosiy qismi kvarsdan emas, balki dioritdan ishlangan va ular orasida mustye uchun tipik bo’lgan buyumlar ham mavjud. To’g’ri, Omon Qo’tonda tayyor yoki tugallangan tosh qurollar hamda yaxshi ishlangan plastinalar juda kam uchraydi. Shunday bo’lsada, bu yerda yaxshi shakl beradigan qirg’ichlar, paykonlar, gardishsimon nukleuslar va mustye tipidagi plastinalar mavjud.

V.I. Bibikova tadqiqotlarining ko’rsatishicha, Agar, odamlar uni shafqatsizlarcha kesib tashlashmagganlarida, Omon-Qo’tonning o’rmon uchun xos bo’lgan faunasi hozir ham saqlanib qolgan bo’lar edi. Baland tog’li hududlarga xos bo’lgan Teshik-Tosh faunasidan farqli o’laroq, Omon-Qo’ton to’liq o’rta tog’ yoki tog’ oldi zonalariga mansubdir. Agar, Teshik Toshda suyak qoldiqlarining asosiy qismi tog’ echkisiniki bo’lsa, Omon-Qo’tonda asosiy ov obyekti vazifasini Osiyo muflroni bajargan (112 ta muflonga tegishli suyak qoldiqlari topilgan). Bu yerda keyingi o’rinlarni qo’ng’ir ayiq (39 ta) va maral (10 ta) egallaydi. Ushbu faunaning o’ta qadimiyligini ko’rsatuvchi yagona hayvon bu yo’l shoqol qoldiqlaridir. Shoqol qoldiqlari Teshik Toshdan ham topilgan. Ushbu mustye uchun tipik bo’lgan hayvon qoldiqlari Kavkazdagi Axshtir g’oridan ham topilgan. Boshqa jonivorlardan o’zining ko’p sonliligi bilan toshbaqalar katta e’tiborga ega va bu yerdan 115 ta toshbaqaning suyak qoldiqlari topilgan. Aftidan, Omon-Qo’tonning qadimgi aholisi rasionida go’sht iste’mol qilish katta o’rin egallagan24(Bibikova, 1958).

Omon-Qo’tonning faunasi aniq sanalangan Teshik-Toshnikiga juda o’xshashligi bilan ajralib turadi va bu yerlarning faunasi hozirgiga o’xshashdir.

Faunani o’rgshanishdan bu joylarning landshafti va iqlim sharoitlari haqida xulosalar olinadi. Xayratlanarlisi shundaki, ushbu o’rganilgan hududlarining tabiiy sharoitlari ko’plab ming yilliklar davomida o’zgarmasdan qolgan.

Omon-Qo’ton g’ori 1947 yilda ochilgan va qator tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan25. G’or to’liq qazib tugatilgan. Yodgorlik Chakulkalyan tog’larida, dengiz sathidan 1300 m balanlikda va Samarqand shahridan 45 km janubroqda joylashgan.




Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish