Omon-qo’ton g’or makonining 1947 yildagi o’rganilish tarixi


Omon-Qo’ton g’orida olib borilgan dastlabki tadqiqotlar



Download 199 Kb.
bet4/17
Sana01.08.2021
Hajmi199 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Amir temur g'ori

2. Omon-Qo’ton g’orida olib borilgan dastlabki tadqiqotlar

Bulbul Zarsoyda ochilgan g’or D.N. Lev tomonidan 1947 yilda o’rganila boshlangan. Bu ishlar qidiruv xarakteriga ega edi. 1948 yilda ham O’zbek Davlat Universiteti tomonidan tashkil qilingan arxeologik ekspedisiya qidiruv ishlari bilan shug’ullangan. Qidiruv ishlari ikki oy davom ettirildi (rasm. 5).

G’orning kirish qismi past gumbaz shakliga ega. Uning kirish qismi janub, janubi-sharqqa qaragan. G’orga kirish joyining old maydonchasi uning kirish joyi singari balandligi 0,90 m va eni 1,50 m keladigan qulab tushgan toshlar bilan qoplangan. G’orning tor kirish yo’lagi 7,2 m chuqurlikkacha davom etadi, so’ngra, uzunligi 2,60 m va eni 2,52 m keladigan kameraga chiqiladi. Uning balandligi odam bo’yi keladi (rasm. 6).

Kameraning oxiridagi g’orning tom qismida yuqoriga eltuvchi karstli tuynuk mavjud. G’orning qalin oxakli tuf bilan qoplangan g’arbiy devorida shu yerdagi galareyaga eltuvchi yana bir karsli yoriq mavjud (rasm. 7). Aftidan, bu yerda hozirda tufli qoplamalar bilan to’lib qolgan va ibtidoiy odamlar yashagan davrda alohida xona bo’lgan. G’or g’arbiy devorining poli ham oxakli tuflar, ya’ni stalagmitlar bilan qoplangan (rasm. 8).

Bahorda va yozda, taxminan, iyul oyining o’rtalarigacha g’orda namgarchilik bo’ladi. Kuzda g’or to’liq quriydi. Masalan, D.N. Levning kuzatishicha, yuqorida tilga olingan g’orning g’arbiy devoridagi karstli yoriqda 1948 yilning may oyida suv 10 sm chuqurlikkacha yetgan. Omon-Qo’ton qishlog’ining katta avlod aholisi bu g’orni ilohiy deb hisoblaydilar. Unga kirish taqiqlangan.



G’orda olib borilgan dastlabki kuzatishlardayoq, bu yerdan yirik toshlar bosib qolgan atayin chaqmoqlangan tosh siniqlari, qazilma hayvonlar hamda ko’mir qoldiqlari aniqlangan (rasm. 9). Bunday toshlardan birining hajmi 2 kg bo’lib, uning ustida suyak maydalash juda qulay. Bu toshning ish qirrasi o’tkir va ba’zi joylari yo’nilgan. Aytish mumkinki, bu yerdagi o’choq qurilishiga ishlatilgan bu tosh ibtidoiy odamlar tomonidan suyaklarni maydalash va ularning ichidagi iliklarni qo’lga kiritish uchun qo’llanilgan. Dastavval, tosh qurollarni yasashdan hosil bo’ladigan tosh parraxalarni topishning iloji bo’lmadi. G’orning eng baland sharqiy devori yaqinida amalga oshirilgan 0,73 m chuqurlikdagi qazishma bu yerdan qizg’ish loyli madaniy qatlamlar hali davom etayotganligini ko’rsatdi. Bu qazishmadan 20 sm chuqurlikdan boshlab ko’plab yovvoyi hayvonlarning majaqlangan suyaklari va kvarsdan ishlangan tosh qurollar topildi:

  1. Shaklsiz zarb maydonchali uchirindi, biroq, zarb tepaligi bo’rtib chiqqan.Zarb maydonchasining uzun qirrasi bo’ylab egik qirra ko’rinishidagi ishlatilishdan qolgan izlar mavjud. uchirindining o’zi ham noto’g’ri shaklda (rasm. 10, 2).

  2. Uchburchak shaklli bargsimon qurolning bo’lagi. Uning yuzalaridan biri mayda retushlash, ikkinchisi esa, qisman ushbu texnika yordamida ishlov berilgan (rasm. 11). Qurolda anchayin keng maydoncha bor, biroq, zarb tepaligi uchramaydi. Bu qurol nukleusdan chaqmoqlab olingan uchirindidan emas, balki kvarsning tabiiy sinig’idan ishlangan. U mustye davriga xos kontrzarba texnikasi bilan emas, balki quyi paleolit davriga oid yo’nish texnikasi yordamida ishlov berilgan (rasm. 12).

  3. Tosh g’o’ladan ishlangan va yuzasi qo’pol yo’nilgan pichoqsimon qurol. Uning chap qirrasida o’ng qo’lda ushlash uchun atayin qilingan o’yig’i bor. Samarqand muzeyida O’zbekiston Davlat Universiteti geologi R.V. Smirnov hadya etgan ajoyib chaqmoqtoshdan ishlangan qirg’ich mavjud. ushbu qurol geologlarning aytishicha, Qizilqumda olib borilgan geologik ishlar jarayonida topilgan. Bu qurol shakliga ko’ra Teshik Toshdagi shunday buyumlarga o’xshab ketadi. ushbu qurolda ham o’yiq bor. Biroq, bu o’yiq qo’lga emas, balki uni qo’ndoqqa bog’lash uchun mo’ljallangan. 1948 yildagi Omon-Qo’tonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bu yerdan kvarsdan ishlangan bir dona qirg’ich topilgan va uning ham qo’lda ushlashga mo’ljallangan o’yig’i bor.

  4. Kvarsdan ishlangan uzunchoq shaklli nukleussimon bo’lak. Uning yuzasida chaqmoqlab olingan uchirindilarning negativlari saqlanib qolgan.

D.N. Lev bir oylik tanaffusdan keyin g’orga yana qaytib keladi va g’or g’arbiy devoridagi qattiq tuf bilan qoplangan polini kimdir yorganligi ma’lum bo’ladi. Bu yerdan faqat tuyaning o’rkachini eslatadigan butun stalagmitgina saqlanib qolgan. Shu paytlarda g’ordan olib chiqilgan stalagmitlar orasida qotib qolgan hayvon va odamning naysimon suyaklari saqlanib qolganligi aniqlanadi (rasm. 13). Shuningdek, qattiq massalarda odamning son suyagi qoldiqlari ham saqlanib qolgan (rasm. 14, a, b). Ushbu odam suyaklari dastavval O’zbekiston Davlat Universiteti proffessori, xizmat ko’rsatgan fan arbobi B.G. Turkevich tomonidan aniqlangan edi.

1947 yilning 13 oktyabrida ushbu odam suyaklari qoldiqlari M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Antropologiya Institutiga olib kelinadi. Institut direktori antropologi M.A. Gremyaskiyning ta’kidlashicha, minerallashgan son suyagini istalgan tarzda aniq aniqlash mumkin emas, suyak hali qattiq jinsdan tozalab olinguncha sinchkovlik, ehtiyotkorlik va uzoq vaqt ishlash lozim bo’ladi. Shunday bo’lsada, prof. A.M. Gremyaskiy suyak qoldiqlarini atroflicha o’rganib quyidagi xulosani yozadi: “son suyagini bo’lagi aniq diognostika qilinishi mumkin emas. Ammo, bu borada quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 1. Bu sonsuyagi bo’lagi tipik odamning suyagidan farq qiladi: a) kichik absolyut hajmiga ko’ra (42 mm, diametri 53 mm); b) traxanterasi kichik va rivojlanmagan; v) kongoliafizor burchagi katta, negaki bu burchakni 125 1300 da bo’lgandagina aniqlash mukin, bu suyakda ushbu burchak neandertallarda 1160 ni tashkil qiladi). Vertel suyagi osti tekisligining indeksiga ko’ra, epifafiz suyagining eni 110 ga teng va oldingi sagital va transversal suyaklarining diametri neadertallarnikiga yaqin

“Znaniye - sila” ro’znomasining redaksiyasi prof. A.M. Gremyaskiyga murojoat qilib, Omon-Qo’ton topilmasining ilmiy ahamiyati haqida gapirishni so’ragan. Hozirgi ma’lumotlarga ko’ra - deydi prof. M.A. Gremyaskiy –Omon-Qo’tondan topilgan suyak qoldiqlari bundan 150 200 ming yillar muqaddam yashagan ibtidoiy odamga, ehtimol, neandertallarga va balki undan ham primitiv odamlarga tegishlidir. Ushbu xulosa Omon-Qo’tondan topilgan tosh qurollarning qo’pol ko’rinishga ega ekanligi bilan ham tasdiqlanadi (“Znaniye– sila, №2, 1948. S. 30).

1948 yilning iyunida Omon-Qo’ton topilmasi yuqorida tilga olingan Antrapologi Institktida ma’ruza sifatida ko’rgazma qilindi. Anjumanga raislik qilayotgan biologiya fanlari doktori, antropolog Debes, ushbu son suyaklarining ancha qadimgi, ya’ni sinantroplarga xos bo’lishi mumkinligi haqidagi taxminni aytadi. Ushbu anjumanda ishtirok etayotgan son suyaklari bo’yicha mutaxassis, antrapolog (morfolog) M.A. Shneyder quyidagi qiziqarli fikrlarni bildirdi. Ushbu chap son suyagi yuqori qismining bo’lagi kuchli darajada minerallashgan va oxakli qoplama bilan notekis qoplangan.



Bu suyak bo’laklarini morfologik jihatdan tahlil qilish ikki jihatdan murakkabliklar tug’diradi: “1. Suyakning oxak qoplama bilan qalin qoplanganligi uning o’lchamlarini va burchaklarini ayniqsa, suyakning kelib chiqishini aniqlashda antrapologik jihatdan muhim bo’lgan bo’yin diafizining burchagini aniq o’lchash imkonini bermaydi..agar suyakning egilgan joyida oxak qoplami qattiq bo’lsa, u holda uning burchagi ko’rinib turganidan ko’ra kichikroq bo’ladi. 2. Ayrim belgilar, masalan, suyak bo’yinchasining diametri, transversal tekislikning hamda kichik vertelning holati va boshqa belgilar qazilma odamlarning va odamning qator etnik guruhlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega”. M.A. Shneyderning fikricha, bu suyak haqida ayrim umumiy xulosalarni berish mumkin, ammo, asosiy chiziqli va ikkita burchak o’lchamlariga – suyak bo’yinchasining uzunasiga va bosh qismi bilan birga olingan kesmasiga hamda har ikkala vertellarning cheka bo’rtmalari hamda bo’yin diafizlari va gorzionlar orasidagi masofani bilish zarur. M.A. Shneyder o’z ma’ruzasida Omon-Qo’tondan topilgan son suyagini unga o’xshash pitekantroplar, neandertallar va zamonaviy odamlar suyaklarini bilan taqqosladi. Aytish joizki, yuqorida tahkidlangan o’lchamlarning va holatlarning har biri zamonaviy odamlarda ham uchraydi.

  1. Omon-Qo’tondan topilgan suyak bo’lagining bosh qismi nisbatan kichik diametrli bo’lib, bu ko’proq zamonaviy ayollarning son suyaklariga xosdir.Ammo, uning kalta va uzun diametrlarini nisbati suyak bosh qismining bunday nisbatiga mos kelmaydi.

Bu suyak o’zining bosh qismi hamda uning bo’yin qismi bilan mos ravishda pitekantroplarning son suyaklarini eslatadi.

  1. Bu suyakning bo’yin diafiz burchagi kattaligiga ko’ra zamonaviy odamlarning quyi normasini hosil qiladi (chamalaganda 122 125). Bunday burchak kattaligi erkaklarda va ayollarda ham uchraydi. Biroq, suyak to’liq tozalanganidan so’ng bu burchakning katta yoki kichikligini aniq aytish mumkin. Ammo, bu burchak kattaligini 1250 dan kattaroq deb hisobashga asos bor. Agar, ushbu bo’yin diafizining burchak kattaligini hajmi 1250 bo’lsa ham, u zamonaviy odamning platimerik indeksi Omon-Qo’tondagi suyaknikidan kattaroq bo’lib chiqadi. Agar ushbu suyak bo’yin diafiz burchagi kattaligini eng kichik o’lchamlarini olsak, u holda u neandertallarnikidan ko’ra ko’proq pitekantroplarnikigiga yaqinroq bo’lib chiqadi. Ammo, uni burchagi bilan platimerik indekslari orasidagi nisbat neandertallar bilan pitekantroplar orasisidagi o’rtaliqni beradi. Ushbu suyakning glasialiligi (yassilik) uni pitekantroplarga ham va zamonaviy tipdagi ayollarning son suyagiga ham yaqinlashtiradi. Zamonaviy erkaklar hamda neandertallarning son suyaklari ancha yirik bo’ladi va Omon-Qo’tondagi son suyakka o’xshamaydi.

M.A. Shneyder juda qiziqarli xulosalar chiqaradi. Uning fikricha, Omon-Qo’ton odamining son suyagi kichik gorzion burchakka ega va bu uning yerda yurganligidan dalolat beradi. Biroq, bu burchak kuchli vertel osti yassiligiga olib kelish uchun uncha katta emas.

M.A. Shneyderning nazariyasiga ko’ra, suyakni kattalashuvining o’sib borishi va sagital yo’nalishda umumiy kattalashuvi suyakning barcha strukturalari korrulyativ o’zgarishiga mos ravishda suyakni dinamik faoliyatini o’sishini xarakterlaydi, ya’ni yerdagi harakat pastki a’zolar uchlarini va boshqalarni fa’oliyatidir.

Grasiallikning ko’payishi va suyakning tarnsversal yo’nalishda o’sishi odam harakat faoliyatining statistikasining o’sishini xarakterlaydi, yoki tayanch va sekin harakatni belgilaydi.

Yuqorida keltirilgan fikrlar, M.A. Shneyderga Omon-Qo’tonning son suyagi bo’lagida odam harakatining statistik tomonlari ko’rib chiqiladi. Ammo, uning pitekantrop yoki neandertallarga yaqinligini belgilovchi dinamik harakatlari ko’rilmaydi7.

Ushbu antropologik xulosalar arxeologik ma’lumotlar bilan ham o’z tasdiqini topadi. 1947 yilning 18 oktabrida Omon-Qo’ton g’ori materiallari N.Ya. Marra nomidagi Tarix va Moddiy madaniyat instituining Leningrad bo’limida ko’rgazma qilindi. Bu yerdagi paleolit davrini o’rganish bo’yicha eng yirik mutaxassislarning ta’kidlashicha, Omon-Qo’ton haqidagi ma’ruza muhokomasi va yig’ilgan kolleksiyalarni ko’rgazmasi Omon-Qo’ton g’orining SSSR hududlaridagi eng qadimgi odamlar madaniyati yodgorligi sifatida birlamchi ahamiyatga egadir.

1948 yilda Omon-Qo’tondan olingan qo’shimcha materiallar yuqorida tilga olingan institutda yana ko’rgazma qilindi. Bu yerdagi eng yirik mutaxassislar Omon-Qo’tonda sinantropning izlari borga o’xshaydi, deb ta’kidladilar.

Shu yerda qazilma odam bilan ayiqni son suyaklarini o’xshashligi haqida ikki og’iz aytib o’tmoq joiz. Omon-Qo’tonning son suyaklari Moskvaga olib kelindi va yirik paleontolog V.I. Gromovaga ko’rsatildi. U kishi suyakni o’rganar ekan, Omon-Qo’ton son suyagida ayiqning son suyagi bilan o’xshashlik yo’q va bu shubhasiz, odam suyagidir, deb ta’kidladi.

Yuqorida tilga olingan anjumunda V.V. Ginzburg Omon-Qo’tondan topilgan son suyagini ayol kishiga tegishli, degan edi. Bu fikrni V.V. Ginzburggacha professor B.G. Turkevich ham ta’kidlagan edi.

Tabiiyki, biz eng oddiy ma’lumotlarni keltirdik. Omon-Qo’tondan topilgan odam suyaklari ular tozalab olinganidan keyin ham o’rganishda davom ettiriladi.

Singan stalagmitlarning orasidan va ularning tagidagi 10 20 sm chuqurliklardan naysimon hayvon suyaklaridan tashqari tosh qurollar (rasm. 15) hamda dioritdan ishlangan, keng zarb maydonchali va bo’rtib chiqqan zarb tepaligiga ega ikkita uchirindi topildi. Ushbu uchirindilarning hajmi uncha katta emas: ulardan birining bo’yi 4,5 sm, eni esa 27 sm. Uzun qirralaridan birida retushlash izlari biroz ko’rinib turadi. Ikkinchi uchirindining uzunligi 2 sm dan oshiqroq, eni ham 2 sm ni tashkil qiladi. Bu yerdagi g’arbiy devorning tagidagi stalagmitning tagidan, 10 20 sm chuqurlikdan oxaktoshning maydalangan bo’laklari topildi. Ular o’ta qo’pol va yirik hajmli edi (rasm. 16). Ulardan ikkitasi qisman ishlangan gardishlarni eslatadi. Ammo, ular gardishsimon nukleuslar emas. Taxti Qoracha davoni ortidagi g’orlardan birida xuddi shunga o’xshash oxaktosh qurollar topilgan edi (rasm. 17).

So’ngra, Omon-Qo’ton g’orining qalin oxakli tuf bilan qoplangan g’arbiy devori tagidan kul va qadimda singan tosh shaklida ibtidoiy gulxan qoldig’i aniqlandi. Bu yerdan ham yuqorida aytganimizdek, odam suyaklari qoldiqlari topilgan.

1947 yilda amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida Omon-Qo’ton g’oridan hayvonlarning 900 ta suyak qoldiqlari va 14 ta tosh qurollar topilgan edi. G’or nam bo’lganligi sabali suyaklar yaxshi saqlangan. Bu suyaklarda majaqlangan va ayrimlarida tosh qurollar tilgan izlari ham bor.

G’ordan topilgan qazilma fauna katta qiziqish uyg’otadi. Negaki, ular gafaqat ibtidoiy odamlarning ov obyektlari, balki qadimgi paleoiqlim haqida ham muhim ma’lumlotlarni beradi.

V.I. Gromovaning dastlabki xulosasiga ko’ra Omon-Qo’ton g’oridan quyidagi sut emizuvchilar topilgan:

1. ot

2. bug’u


3. yovvoyi echki

4. giyena

5. ayiq

6. jayra


7. yumronqoziq

8. pishuxa

Aftidan, yana tulki va boshqa yirtqichlar topilgan. Bu materiallarni A.P. Okladnikov tomonidan o’rganilgan Teshik-Tosh g’ori materiallari bilan qiyoslaymiz:


  1. Sibir echkisi

  2. Ot

  3. To’ng’iz

  4. Qoplon

  5. Dasht mushugi

  6. Giyena

  7. Yumronqoziq

  8. Pishuxa

  9. Kiyik

A.P. Okladnikovning ta’kidlashicha, Teshik-Tosh g’orida jami 667 ta suyak qoldiqlari topilgan bo’lib, ulardan 649 tasi sibir echkisiga, 2 tasi (tishlar) otlarga, 3 tasi to’ng’izga, 1 tasi qoplonga, 7 tasi yumronqoziqqa, 1 tasi pishuxaga va 5 tasi qushlarga tegishli bo’lgan.

Bug’uning suyaklari masalasiga kelsak, u holda na A.P. Okladnikov va na V.I. Gromova Teshik Toshdan topilganligi haqida gapirmaydilar. V.I. Gromovaning ta’kidlashicha, shu yerdagi ariqdan bug’uning shoxlari topilgan va u sur’atga ham olingan8.

Yuqorida ta’kidlangan fikrdan ko’rinib turibdiki, teshik Toshda xuddi Omon-Qo’tondagidek fauna hukm surgan. Shuningdek, topilgan suyak qoldiqlarining katta qismi tog’ echkisiga xosdir. Omon-Qo’ton g’oridan ham ushbu hayvon suyak qoldiqlari topilgan. 1948 yilda Omon-Qo’ton g’orida olib borilgan qazish ishlari natijasida Teshik Toshdagiga o’xshash fauna aniqlangan.

A.P. Okladnikovning tadqiqotlarigacha O’rta Osiyoning to’rtlamchi davr faunasi noma’lum edi. Endilikda amalga oshirilgan yangi kashfiyotlar tufayli bu masalada to’laroq tasavvurga egamiz. Aytish joizki, o’sha davrning faunasi hozirgi hayvonot dunyosiga juda o’xshashdir. Faqat, yovvoyi otlar bundan mustasno.

Zamonaviy faunaning qadimiy g’orlar hayvonot olami bilan o’xshashligi O’zbekistonning ayrim tog’li hududlaridagi paleoiqlim haqida gapirish imkonini beradi.

Fikrimizcha, olingan ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda ilk to’rtlamchi davr boshlaridan barqaror iqlim sharoitlari hukm surganligini aytish mumkin.

L.S. Berg o’zining “Klimat i jizn” nomli kitobida Turkistonda yuqori eosen davrida quruq iqlim sharoitlari hukm surganligini ta’kidlasada, “Osiyoning qurishi” nazariyasiga qarshi chiqadi. Bu borada olim quyidagicha yozadi: “men ta’kidlaymanki, O’rta Osiyoda madaniyatlarning inqirozga uchrashi iqlim o’zgarishlariga bog’liq emas, balki urushlar va avvalombor, sug’orish sistemasining ishdan chiqishi bo’lgan”.

M.V. Mushketov, deb yozadi L.S. Berg, Turkiston iqlimini qurishi tarafdori edi, ammo, u bundan 500 yil avval Amudaryoning qumlari hozirgiga o’xshash bo’lganligini tan oldi9.

So’ngra, L.S. Berg, u er av. II asrda yashagan Arrian er.av. IV asrda (328 yilda) Zarafshon (Politimet) daryosi xuddi hozirgidek Amudaryogacha yetib bormaganligiga istixoda qilib: Aleksandr Politimet daryosi sug’oradigan barcha davlatlardan etdi; daryo tugagan joyda davlatning cho’l zonalari boshlanadi; o’zining sersuvligiga qaramasdan bu daryo shu yerga kelib qumlar orasiga yo’qolib ketadi. Shu tarzda doimiy oquvchi daryolar ham qumga singib ketadi. Masalan, Mardov davlatidan oqib o’tuvchi Epard, ariylar davlatini sug’oradigan Ariy, Yevergetlar davlatigacha oqib boradigan Etimandr daryolari shular jumlasidandir10. Zarafshon daryosi 10 asrda, ya’ni arablar davrida qay ahvolda bo’lgan. So’ngra, L.S. Berg, Eronning hozirgi Istaxri va Maqdisi yashagan davrlardagi tarixiy topografisini yaxshi biladigan Tomashekning Eron cho’llarida oxirgi paytlarda iqlim xayratlanarli darajada doimiy bo’lganligini aniqlaganligiga istixoda qiladi11.

Nomi zikr etilgan tadqiqotchi faqat tarixiy davrdagi iqlim o’zgarishlarigina o’rganadi. Biroq, O’rta Osiyoning to’rtlamchi davrdagi iqlim sharoitlari masalalariga qo’l urmaydi.

O’ta qadim zamonlarda Omon-Qo’ton hududlari qalin o’rmonlar bilan qoplangan bo’lgan va ular keyinchalik odamlar tomonidan kesib tashlangan.

1914 yillarda polkovnik Korolkovning Omon-Qo’ton hududlarida olib borgan ishlari skeptik olimlarga tog’ sharoitlarida sug’ormasdan ham o’rmonlar hosil qilish mumkinligini ko’rsatib berdi. Omon-Qo’tonni o’rmonlashtirish mikroiqlimni o’zgartirib yubordi. Agar, Korolkov davrida bu yerda buloqlar deyarli bo’lmagan bo’lsa, hozirgi paytda Bulbulzorsoyga suv ikkita buloqdan oqib tushadi. Tog’larni terrasalashtirish yangi tuproq sharoitlarini yaratdi; tuproqda namlikning konsentrasiyalashuvi oqibatida Omon-Qo’tonda o’tloq qatlam hosil bo’ldi; erroziya jarayonlari (tuproqning yuvilishi) deyarli uchramaydi.

Tog’larni terrasalashtirish ishlari Urgut tumanining boshqa joylarida ham olib borilmoqda. O’sha davrdagi Samarqand o’rmon xo’jaligi rahbari S.D. Jerdovning fikricha12, tog’larni terrasalashtirish Urgut tumaniga tamakini sug’orishni 5 6 dan 10 martagacha yetkazish va unumdorlar yerlarni 1000 gektargacha oshirish imkonini beradi.

Tajribalarning ko’rsatishicha. O’rta Osiyo sharoitlarida qrim sosnasi ancha qalin o’sadi. Tog’lar terrasalashtirilganda esa, uning o’sishi Yevropa hududlaridagi o’sish bilan tenglashadi. Sosnaning yillik o’sishi akasiyanikidan ko’proqni tashkil qiladi.

Y.P. Korovinning yozishicha: “O’rmon o’simliklari O’rta Osiyo va Qozoqistonning hayotida katta ahamiyatga ega”.

Tabiat hodisalarining aylanishida o’rmonlarning roli ayon. Iqlim sharoitlariga mute bo’lgan sharoitlarda joylashgan o’rmonlarning o’zlari iqlim sharoitlarini hosil qilishga kirishadilar. O’rmonlar o’zlarining ichkarisida o’ziga xos iqlim sharitlarini, haroratni, namlikni va yorug’likni hosil qiladilar va bu atrofdagi ochiq maydonli yerlarnikidan farq qiladi13.

Shunday qilib, Omon-Qo’tondan va O’zbekistonning boshqa joylaridan topilgan hozirgiga o’xshash qazilma fauna asosida o’rganilayotgan hududlarda to’rtlamchi davrda ham hozirgiga yaqin iqlim sharoitlari hukm surgan. Bu savolga oxirgi javobni ko’mir hamda gul chang ahlillari beradi.



  1. Download 199 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish