Ommaviy onlayn ochiq kurslarning imkoniyatlari



Download 21,11 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi21,11 Kb.
#301865
Bog'liq
Ommaviy onlayn ochiq kurslarning imkoniyatlari


OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARNING IMKONIYATLARI
Bagbekova Laylo Kadirbergenovna – Nizomiy nomidagi TDPU Kasb-ta’limi fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi

Eshmatova Shaxlo Ismailovna – Kasb-ta’limi fakulteti Kompyuter grafikasi va dizayn yo’nalishi 2-kurs

Elektron ta’lim tizimining rivojlanishi ta’lim jarayoniga uning samarali tadbiq etilishi amaliyotini yanada kengaytirib, hozirgi zamon ta’lim paradigmasining rivojla­nishida asosiy vektorlarni belgilab beruvchi zamonaviy tendentsiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solish­ni talab etmoqda. Bugun butun dunyoda millionlab kishilar qariyb barcha sohalar: huquq, muhandislik, dasturlash, til o‘rganish va boshqa yo‘nalishlarda masofadan ta’lim olmoqda. Onlayn ta’lim bepulligi, hammabopligi va qulayligi bilan tobora keng yoyilmoqda. Bular orasida so‘nggi yillarda elektron ta’lim rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — ommaviy ochiq onlayn kurslarlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. Ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘yicha butun dunyodagi xohlagan kishida ushbu kursda bepul ta’lim olish imkoniyati mavjud Ommaviy ochiq onlayn kurs(OOOK)lar jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. Bugungi kunda OOOK imkoniyatidan foydalanganlar soni bir necha million nafarni tashkil etmoqda. Dunyoning boshqa yetakchi universitetlari, ta’lim markazlari ham onlayn ta’limga katta urg‘u qaratmoqda. Onlayn muhitda qimmat darsliklarni bepul o‘qish imkoniyati ham mavjud, Hozirda internetda ma’lum bir guruhlar bo‘lib ishlash imkoniyati bor. Ta’limda ham bu muhim ahamiyatga ega. Guruh bo‘lib ishlagan ma’lumotlar onlayn saqlab qolish imkoniyatiga ega. Ulardan keyingi yilgi tinglovchilar ham foydalanishi mumkin. An’anaviy ta’limda esa bu imkoniyat cheklangan.

OOOK atamasi 2008-yilda AQShda paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi, eng yaxshi ta’lim sayti bo‘lgan. Cour­sera asoschilari Endryu Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi.[2]

Ommaviy ochiq onlayn kurslarning yana bir afzallik tomoni unda o`qish  muddatini tinglovchining o`zi bеlgilaydi, ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi. O`zlashtirish topshiriqlarni, tеstlarni bajarishiga qarab  aniqlanadi. Tinglovchi bеrilgan programmani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz o`qishni tugatadi va guvohnoma  oladi. Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi.

ОOOKning asosiy xususiyatlari ta’lim­ning uzluksizlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillarini amalga oshirish, tushunish uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni keng targ‘ib etish kabi vazifalar bilan bog‘liq:

1) ommaviylik, ya’ni kurs tinglovchilari soni cheksizligi;

2) ochiqlik, ya’ni istagan kishiga, unga qulay joyda va vaqtda bilimlarni bepul berishi;

3) kurslarning yaxlitligi, ya’ni kurslar nafaqat o‘quv material parchalari, balki amaliy mashg‘ulotlar, kommunikatsiya, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi materillarni o‘z ichiga oladi;

4) kurs muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganda sertifikat olish imkoniyati.

Ommaviy ochiq onlayn kurslarda о‘qitish о‘qituvchi bilan о‘quvchi ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. Bunda о‘qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun’iy yо‘ldosh aloqasi, kabelli televideniye kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi.

Ommaviy ochiq onlayn o’qitish:

- ochiq ta’limning zamonaviy shaklidan iborat;

- kompyuterli ta’limni foydalanishga qaratilgan;

- о‘qituvchilar va boshqa о‘quvchi (talaba)lar bilan faol muloqat qilish uchun zamonaviy - kommunikatsiya texnologiyasidan foydalaniladi.

Oliy ta’lim dargohlari, korporatsiyalar, davlat tashkilotlari uchun onlayn ta’lim tizimi ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Darslardan keyin qo‘shimcha vazifalarni berish, global darajada almashinuv dasturlarini amalga oshirish mumkin. Sinf xonasida o‘quvchilar soni cheklangan bo‘lsa, onlayn ta’limda bir vaqtning o‘zida ko‘plab insonlarga ta’lim berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Onlayn ta’lim uyatchang talabalarning faolroq bilim olishlariga imkon beradi. An’anaviy darslarda berilgan ma’lumotlarni to‘liq eslab qolish qiyin bo‘lishi mumkin. Onlayn ta’limda esa bilimlarni takrorlash, ularni global miqyosda almashish, bo‘lishish imkoniyati mavjud bo‘ladi[1,236-b]

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta’limni modernizatsiya va isloh qilish jarayonlari oliy ta’lim tizimida, ayniqsa, yaqqol namo­yon bo‘ladi. Bu yerda dars berish jarayonida yangi texnologiyalar ta’lim sifatini oshi­rish maqsadida doimiy ravishda joriy etib borilishi zarur. O‘z-o‘zidan ravshanki, ta’lim tizi­mini isloh qilish jarayoni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar­ning zaruriy omili hisoblanadi va doimiy xarakterga ega. Bu jarayonda oliy ta’lim sifatini ta’minlashda ilg‘or xorijiy tajribalar va modullarni tatbiq etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishi juda muhimdir.

Adabiyotlar

1. Begimqulov U., Sharipov Sh., Mamarajabov M., Tursunov S., To’ychiev A. Elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish va joriy etish. Metodik qo’llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2011. – 236 b.



2. Otaqoziyeva Z., Hamidov V. Oliy ta’lim muassasalarida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalanish imkoniyatlari. 2015y.
Download 21,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish