Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.02.2021 y. kuchga kiritilgan.
(11.02.2021 yil №125/21/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
Agar bir oy davomida (kalendar oyi nazarda tutilmoqda) 15 kundan ortiq abonent
to'lovi to'lansa, u holda ushbu abonent to'loviga sarflagan mablag'ning 10% miqdorida
joriy oyning oxirigacha har kuni qo'shimcha balansga keshbek sifatida qaytariladi. Har
oy hisoblagich nolga tushadi va keyingi oydan yangidan hisoblaydi.
«Kunlik» tarifdan boshqa tarif rejaga o'tilganda, qo'shimcha balansda yig'ilgan
mablag' kuyadi. Mablag' yig'ish miqdori bo'yicha cheklovlar yo'q.
Qo'shimcha balansda to'plangan pul mablag'i quyidagi xizmatlarga sarflash mumkin:
abonent to'lovini to'lash, mahalliy aloqa (chiquvchi qo'ng'iroqlar, SMS va Internet).
Qo'shimcha balansga taqdim qilingan pul mablag'lari qaytarilmaydi.
Qoldiqni tekshirish kodlari MB - *103#, daqiqa va qo'shimcha balansni tekshirish
uchun - *106#.
Tarif bo'yicha taqdim etilgan megabayt va daqiqalar qoldig'i keyingi kun taqdim
etilgan trafikka qo'shilmaydi. Kiritilgan trafik tugaganda xizmatlar uchun to'lov tarif
rejaga asosan narxlanadi.
Abonent to'lovining yechilishi va kiritilgan trafikni taqdim etilishi soat 00:00 dan
06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Abonent to'lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag' bo'lmasa, u holda abonent
to'lovi
bir marta minusga yechiladi, megabayt va daqiqalar taqdim etiladi.
Hisob minus holatida bo'lganda abonent to'lovi yechilmaydi va trafik taqdim
etilmaydi. Hisob to'ldirilganda va raqam blok holatidan chiqqanda soat 00:00 dan
06:00 gacha vaqt oralig'ida abonent to'lovi yechilib, tarif boyicha MB va daqiqalar
taqdim etiladi.
«Bayramga marhamat», «ProINTERNET 1 GB», «Bravo Online», «Bravo Ooo!»,
«Bravo Vodiy», «Qo'shnilar+», «Smartphone», «Shifokor», «G'alaba», «Klik», «Yangi
O!», «Mi-Fi Click», «Bolajon» shuningdek, oshkora etilmagan tariflar, «YANGI XIT»
va «Status NEW» turkumi tariflarining individual taklifi bo’yicha chegirmali
tariflardan tashqari - 0 so'm, boshqa tariflardan - 2000 so'm.
Tarifga o'tgandan so'ng abonent to'lovining yechilishi va kiritilgan trafik taqdim
etilishi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo'lgan vaqt davomida amalga oshiriladi.
Agar abonent hisobida o'tish uchun to'lov miqdori yetarli mablag' bo'lmasa, u holda
o'tish uchun to’lov miqdori bir marta minusga yechiladi. Shu bilan birga, abonent
tomonidan hisobni to'ldirganda va blok holatidan chiqarilganda soat 00:00 dan
ertalab 06:00 gacha abonent hisobidan tarif bo'yicha abonent to'lovi yechiladi va
daqiqalar va megabaytlar taqdim etiladi.
Agar raqamda hisob to'ldirilganda berilgan bonus daqiqa va megabaytlar bor bo'lsa,
«Kunlik» tarifiga o'tganda ushbu bonuslar kuyadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot
xizmatlariga sarflanmaydi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’
yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston),
telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish
kerak bo’ladi;
Ushbu tarif rejadagi abonentlar hisobida mablag’ bo’lmaganda ham tarmoq ichida va
boshqa uyali operatorlardan kirish qo’ng’iroqlarni va kirish SMS qabul qilish
imkoniyati mavjud;
Tarifga kiritilgan MB va daqiqalar raqam faol holatda bo'lganda amal qiladi.
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni
aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul
qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 40 daqiqa etib
belgilagan;
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to'lovining narxi - 421
so'mni tashkil etadi.