Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 19.05.2022 y. kuchga kiritilgan.
(19.05.2022 yil № 1232/22 sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Double SIM
Double SIM
– bu abonentlar uchun O’zbekiston va Rossiya raqamlaridan bir sim-kartada foydalanish imkoniyatini
beruvchi taklif. Har bir raqamning alohida tarif rejasi va bir biriga bog'liq bo’lmagan balans hisobi mavjud.
Ushbu xizmatdan sanani uzaytirish ehtimoli bilan jismoniy shaxslar 02.12.2019 dan 31.12.2020 gacha foydalanish
imkoniyati mavjud.
Xizmat O`zbekiston Respublikasi hududidagi Beeline savdo va xizmat ko'rsatish ofislarida yangi ulangan va mavjud
bo'lgan oldindan to'lov tizimidagi abonentlar ulanishlari mumkin.
Beeline O’zbekiston raqamida
Sim-kartani faqat YANGI XIT, Status NEW turkumidagi tariflar va Click+ tarif rejada ulash imkoniyati mavjud;
Xizmatdan foydalanish uchun mavjud bo’lgan abonentlar, sim-kartani almashtirib, ro’yxatda mavjud bo’lgan
tarif rejaga o’tib olishlari kerak.
Raqamning amal qilish muddati - Double SIM-kartani ulangan vaqtidan boshlab 12 oy.
Rossiya hududiga kirib kelib yoki O’zbekistonga qaytganda, raqamlarni o’zgartirish tartibi – raqamga xabar
jo’natiladi, ushbu xabarda kelgan maslahatlarni bajarish lozim.
Xabar kelmagan holatda, tarmoqni Operatorining sim-menyu yordamida almashtirish lozim.
O’zbekiston raqami bekor qilingan holda (abonent Rossiyada bo’lgan vaqtda), raqamni aynan shu sim-kartaga
qayta tiklash tartibi, kompaniya tomonidan belgilangan tartibda o'tkaziladi.
Agarda siz mijozlarga xizmat ko`rsatish orqali raqamni blok holatiga tushirish xizmatidan foydalansangiz,
“Double sim” bo`yicha beriladigan bonuslar to`xtatiladi va raqam qayta yoqilganda bonuslar qayta tiklanmaydi,
bu holda O`zbekiston raqami kompaniyadagi mavjud shartlar bo`yicha ishlaydi.
O’zbekiston raqamidan Rossiya raqamiga va Rossiya raqamidan O’zbekiston raqamiga o'tish uchun, SIM menyu
orqali amalga oshiriladi.
Beeline O’zbekiston raqamiga biriktirilgan sim kartani, faqatgina O’zbekiston hududida joylashgan ofislarda
almashtirish imkoniyati mavjud.
12 oy davomida 500 mb ko`rinishida bonuslar taqdim etiladi, taqdim etilgan bonuslarning foydalanish muddati
30 kun, bonuslar bir biriga qo`shilmaydi, bonuslar har oyning 1 sanasida taqdim etiladi, tarif reja ro`yxatda
ko`rsatilmagan tarif rejalaridan biriga almashtirilganida, bonuslar taqdim etilishi to`xtatiladi va avval taqdim
etilgan bonuslar bekor bo`ladi, shu jumladan, raqamni saqlash xizmati ham.
Bonusning taqdim etilish davri, xizmat ulangan kundan boshlab 12 oy.
Bonuslarni *113# USSD kodi orqali tekshirish mumkin.
Bonusdan foydalanish uchun, balansda mablag` bo’lishi shart.
Bonus bo`yicha taqdim etilgan paket tarif reja doirasida taqdim etilgan va alohida xarid qilingan internet pa-
ketlardan so’ng sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |