Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 19.05.2022 y. kuchga kiritilgan.
(19.05.2022 yil № 1232/22 sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«Status 2021» turkumidagi tarif rejalarga yangi ulanish va boshqa tariflardan o'tish yopilgan
«Status 2021» turkumidagi tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmati mavjud. Ushbu xizmat orqali abonent ihtiyoriy o’zi tarif rejadagi abonent to'lovni muddatidan avval yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish
imkoniyatini beradi. Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig'i kuyadi. Keyingi oylik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim
etish vaqti 1 oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Xizmatni ulash uchun Abonent balansida tarifga ulanishning minimal
qiymatiga teng miqdori bo'lishi kerak.
Oylik abonent to'lovining yechilish sanasi 1 oy interval oralig'ida (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi va tegishli bonuslar yechilishi ertalab soat 00:00
dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foyda-
langanda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli miqdordagi summaga to'ldirilganidan so'ng oylik abonent to'lovi darhol yechilib, tarif bo’yicha SMS, MB va daqiqalar
taqdim etiladi. Abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to'lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to'lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi
yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi.
Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi,
qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
Taqdim etilgan bonuslarning sarflanishi faqat raqamning faol holatida bo’lganda, foydalanish mumkin.
Trafik taqdim etilishiga qadar, qo’ng’iroqlar, SMS va internet tarif rejaga muvofiq sarflanadi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil
qiling.
Tarif bo’yicha oylik abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, barcha yo’nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o'tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o'tadigan va taqdim etiladigan
trafikning umumiy hajmi «Status Silver» tarifida- 60 GBgacha, «Status Gold» tarifida - 100 GBgacha, «Status Platinum» tarifida – 300 GBgacha bo’lishi mumkin. Agar abonent to'lovining navbatdagi yechilishi paytida
hisobda yetarli mablag' bo’lmasa va shu sababli abonent to’lovi yechilmasa, trafik qoldig'i kuyib ketadi.
Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo'yicha trafik qoldig'i keyingi oyga o'tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin kuyadi.
Ushbu rejalardagi abonentlar uchun alohida ajratilgan 0777 raqami orqali 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi;
Ushbu rejalardagi abonentlar hisobi nol yoki noldan kam bo’lgan balansda ham tarmoq ichidagi kirish, hamda boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kirish qo’ng’iroqlarini qabul qiladi;
Agar «Status 2021» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi
to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. Agarda «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, va shu raqam bilan «Status» seriyasidagi tarifda 1 yildan ko’proq foydalanilgan bo’lsa, “oltin
raqam”ni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o’tish imkoni mavjud.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Tarif rejaga o'tilganda, avvalgi tarifdagi kiritilgan barcha yo’nalish uchun Mb paketining foydalanilmagan qoldig'i kuymaydi va yangi taqdim etilgan paket bilan faqat bir marta jamlanadi. Shuningdek amal qilish muddati
oxirgi trafik muddatiga tenglashtiriladi. Qolgan boshqa trafik qoldig'i esa o’tmaydi va kuyadi.
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni
qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037,
87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (коды: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD,
Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: |