Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 19.05.2022 y. kuchga kiritilgan.
(19.05.2022 yil № 1232/22 sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
Tarif rejalarga yangi ulanganda yoki tarifga o'tganda oylik abonent to'lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik
abonent to'lovi yechilishi va tarif bo'yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig'ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi.
Tarif rejalarga ulanganda yoki o'tishda oylik abonent to'lovi va oylik trafikka ega paket to'liq hajmda, ya'ni, abonent to'lovining yechilishi va trafik taqdim etilishi oyning qolgan kunlaridan qat'iy nazar to'liq taqdim
etiladi.
Tarif rejalar bo'yicha oylik abonent to'lovining navbatdagi yechilishida, tizim oylik abonent to'lovining yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va oylik
trafikli paket taqdim etiladi. Abonent hisobida yetarli mablag' bo'lmagan taqdirda, oylik abonent to'lovi qarzga yechilmaydi va mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan
yanada foydalanish uchun to'lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikasiya bo'yicha amalga oshiriladi.
Bir oylik abonent to'lovini to'lash uchun yetarli mablag' abonent hisobida bo'lishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi yechilgan paytidan
boshlab 1 oy muddatiga suriladi.
Tarifda belgilangan oylik paketlaridagi trafik qoldig'i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi va keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo'shilmaydi.
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi faqatgina abonent raqami faol holatda bo’lganida sarflashi mumkin.
Kiritilgan trafik paketi taqdim etishidan oldin internet, qo'ng'iroqlar va SMSlar tarifning standart narxida yechiladi. Kiritilgan trafik paketidan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch
hosil qiling. Trafik qoldig'ini tekshirish kodlari: MB - *103#, SMS - *105# raqamlari va daqiqalar - *106#.
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi tugagandan so'ng, narxlanish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmatidan
foydalanish imkoniyati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 2 000 so'm tashkil etadi.«Perezagruzka» xizmati abonent to'lovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan
trafikni taqdim etish imkonini beradi. Xizmatni yoqish kodi - *5#. Bunda avvalgi paketdan foydalanilmagan daqiqalar, SMS va MBlar «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so'ng bekor bo’ladi. «Perezagruzka»
xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirgandan so'ng, oylik abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi 1 oyga suriladi. Xizmatni ulash uchun Abonent hisobida tarif rejani ulanish minimal miqdori va «Perezagruzka»
xizmatining narxiga teng miqdordagi mablag’ bo'lishi kerak.
«Uydagidek» tarif rejasiga qolgan tariflardan o'tish – bepul.
«Uydagidek» tarif rejasiga o'tilganda, avvalgi tarifdagi trafik qoldig' o’tmaydi va kuyadi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar
abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik
abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud
bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi
va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi. Abonentning balansida
180 kun
davomida mablag’ 0 yoki 0 dan past bo’lsa, ushbu holatda Operator abonentni aloqa xizmatlaridan foydalanishdan bir tomonlama
va butunlay voz kechganligi deb qabul qiladi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Ushbu tarif rejalarda bo'lgan abonentlar, uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo'ng'iroqlar va SMSlarini hisobda hatto nol va salbiy bo’lganda ham qabul qilish mumkin.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz»
tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti
hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 40 daqiqa etib belgilagan;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476);
Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242,
8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062,
87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: |