11-modda. Tahririyat ustavi (nizomi)
Tahririyat qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan va muassis tomonidan tasdiqlangan
ustav (nizom) asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Tahririyat ustavida (nizomida) quyidagilar belgilanadi:
ommaviy axborot vositasining turi, nomi, tili, maqsadi, ixtisoslashuvi, davriyligi va
hajmi;
tahririyatning joylashgan yeri (pochta manzili);
muassis va tahririyatning huquq hamda majburiyatlari;
tahririyatni moliyalashtirish manbalari;
tahririyatning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi;
foydani taqsimlash va zararlarning o‘rnini qoplash tartibi;
ommaviy axborot vositasi chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish asoslari va tartibi;
tahririyatni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
ustavni (nizomni) qabul qilish va unga o‘zgartishlar kiritish tartibi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |