tashkilotlar va fuqarolar bilan munosabatlari
(5-bobning
nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
32-modda. Muallif materiallaridan va xatlardan foydalanish
Ommaviy axborot vositalarida muallif materiallaridan, fan, adabiyot va san’at asarlaridan
qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
60-bobi
va O‘zbekiston
Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Tahririyatga kelgan xatlarni e’lon qilishga tayyorlash chog‘ida ularning mazmunini
buzmagan holda matnini qisqartirish hamda tahrir qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Tahririyat qonuniy asoslarda rad etgan materialni ommaviy axborot vositasida majburan
e’lon qildirishga hech kim haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |