Olzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 7,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/111
Sana25.09.2022
Hajmi7,9 Mb.
#850159
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111
Bog'liq
fayl 125 20210324

Tayanch iboralar:
Funksiya. Vazifa. Rejalashtirish funksiyalari. Tashkillash funk- 
siyalari. Motivatsiya funksiyalari. Nazorat fimksiyasi. Iqtisodiy 
funksiyalar. Ijtimoiy funksiyalar. Vazifa. Boshqarish fimksiyasi, 
obyekt, majmua, muayyan funksiyalar, sport tovarlari, jarayon, 
boshlash, uzluksiz davom ettirish, vosita, personal, texnika, 
xomashyo, energiya, transport, zahira, faoliyat turlari, subyekt, ko‘p 
qirrali, turkumlanish, miqyos, umumiy (asosiy) funksiyalar, aniq 
funksiyalar. iqtisodiy funksiyalar, sotsial funksiyalar, ma’naviy- 
m a’rifly funksiyalar, tashkiliy funksiyalar, qamrab olish, hududiy 
funksiyalar, tarmoq funksiyalari, rahbaming funksiyalari, ijrochi- 
ning fimksiyalari, ustuvor funksiyalar, rejalashtirish, tashkil etish, 
muvofiqlashtirish va tartibga solish, personal, faoliyatga uyg‘otish, 
nazorat.
Funksiyal - bu lotincha so‘z bo‘lib, biror kimsa yoki predmet, 
narsa (ish quroli)ning mehnat, faoliyat doirasi, vazifasi degan 
m a’nolami bildiradi. Menejment fimksiyasi faqat o‘z boshqaruv 
faoliyat doirasidagi vazifalami o ‘z ichiga oladi. Vazifa esa menej­
ment boshqaruv faoliyati doirasida bo‘lgan va uning doirasidan 
tashqarida ham uchraydigan, amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim 
bo‘lgan masala, erishilishi lozim boigan maqsadni ko‘zda tutadi.
Shuning uchun boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu 
obyektni boshqarishga о id aniq vazifalami hal etishga qaratilgan bir 
turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan 
funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, ishlab chiqarish 
jarayonini boshlash, uni uzluksiz davom ettirish va ko‘zlangan 
natijaga etishish uchun: personal (xodim)lar; ishlab chiqarish vosi- 
talari; texnika; xomashyo; energiya; transport kabi ishlab chiqarish- 
ning boshqa moddiy ta’minot vositalari zarur bo‘ladi. Korxonadagi 
barcha turdagi zahiralami bir-birlariga bog1 lab, ularni harakatga 
keltirib, 
maqsadga 
yo‘naltirirish jarayonida 
menejmentning 
funksiyalari kelib chiqadi.
Funksiyalar faoliyat turlarini, subyektning boshqarish obyektiga 
aniq ta’sir qilish yo‘nalish!arini aks ettiradi. Boshqaruv funksiyalari
- ko‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar 
bo‘yicha turkumlarga ajratib o ‘rganish zaruriyati tug‘iladi.
116


Boshqaruv funksiyalarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Q oilanish va foydalanish miqyosiga qarab:
- umumiy (asosiy) funksiyalar;
- aniq funksiyalar.
2. Boshqarish faoliyati turlariga qarab:
- iqtisodiy funksiyalar;
- sotsial funksiyalar;
- m a’naviy-m a’rifiy funksiyalar;
- tashkiliy funksiyalar.
3. Obyektni qamrab olishiga qarab:
- hududiy funksiyalar;
- tarmoq funksiyalari.
4. M ehnat taqsimoti belgisiga qarab:
- rahbaming funksiyalari;
- ijrochining funksiyalari.
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini 
o'rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish 
uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganidek, boshqaruv maz- 
muni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Menej­
mentda, jum ladan, jism oniy tarbiya va sport menejmentida ham 
quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalarga ustuvorlik beriladi:
- rejalashtirish;
- tashkil etish;
- muvofiqlashtirish va tartibga solish, yoki personalni o ‘z 
xohishi bilan faoliyatga uyg‘otish;
- nazorat.
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni 
tashkil qilish, uni rag‘batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan 
tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida 
o ‘z aksini topadi. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqich- 
lariga xos b o ig a n umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv 
apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud 
bo‘ladi.
Boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra, funksiyalar quyida­
gicha bo‘ladi:
117


Boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni m ablag‘larning 
doiraviy aylanishini amalga oshishi, mahsulot ishlab chiqarish, 
xizmatlar ko‘rsatish, marketing xizmatini uyushtirish va h.k.
Boshqarishning sotsial funksiyalari, mehnat sharoitini yax- 
shilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini qondirishga yordam 
berish, moddiy rag‘batlantirishni ta ’minlash, ijtimoiy himoyani 
ta ’minlash va h.k.

Download 7,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish