Olmoshlarda shaxs-son neytrallashuvi



Download 58,91 Kb.
bet6/7
Sana01.07.2022
Hajmi58,91 Kb.
#726030
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OLMOSHLARDA SHAXS-SON NEYTRALLASHUVI tayyorroq

UMUMIY XULOSALAR
Gumon olmoshlarining ham morfologik va sintaktik xususiyatlari qaysi suz turkumi o‘rnida kelganiga karab belgilanadi.”2 Biroq ushbu qarashlarning ayrimlari zamondosh tilshunoslar tomonidan inkor ham etildi. Xususan, gumon olmoshlari haqidagi ushbu qoidaga diqqat qiling :” Bir so‘ziga -ov, -on, -or qo‘shilishi bilan yasaladi: birov, biron, biror kabi.” Mazkur qoidaga tilshunos S.Rahimov o‘zgacha yondashdi va “…birov, biron, biror kabi kabi olmoshlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida yaxlitlangan bo‘lib, morfemalarga ajratilmaydi” 3– degan qarashni dalilladi. Darhaqiqat, olmoshlarning ma’no turlarini tahlil etish jarayonida tilshunos olimlar bilan bir safda metodist olimlar ham izlanish olib bordilar. Buning natijasida esa yangi-yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi. Masalan, tilshunos olim H.Jamolxonov, A.Abduazizov bilan bir safda N.Muxtorov va S.Rahimov kabi metodist olimlar birgalikda bir qator darliklar yaratdilarki, hozirgi kunga qadar bu qo‘llanmalardan Oliy o‘quv yurti talablari va tilshunoslik, pedagogika sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar ham unumli foydalanmoqdalar.
Ayniqsa, keyingi davrda yaratilgan darsliklarda olmosh so‘z turkumi haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Masalan, S.Rahimov va B.Umurqulov hammuallifligidagi qo‘llanmada olmosh va uning ma’noviy turlari ancha to‘liq bayon etilgan va olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari haqida ham ma’lumotlar berilgan: “Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari.
1. Ot, sifat, fe’l, ravish kabi turkumlar ichida olmoshlar ularning vazifasini bajaruvchi so’z turkumi hisoblanadi. Olmoshlar qadim-qadimdan ishlatib kelinmoqda. Yozma yodgorliklarda o’z ifodasini topgan olmoshlar shundan dalolat beradi.
2. Olmoshlar yozma yoxud og’zaki nutq jarayonida, asosan, denonativ ma’nosida ishlatiladi. Shu bilan birga, boshqa so’z turkumlariga nisbatan passivroq bo’lsa-da, ular konnotativ ma’nolarni ham ifodalab kela oladi.
3. Aniqlanishicha, olmoshlar nutq jarayonida xilma-xil funksional- uslubiy vazifalarni ado etadi. U, birinchidan, nutqning ixchamligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, nutqning tejamkor bo’lishiga olib keladi.
4. Olmoshlarning uslubiy xususiyatlaridan biri shundaki, ayniqsa, og’zaki nutqda xima-xil variantlar bilan qo’llanadi. Olmoshlarning variantdorligi ularning tarkibi kengaytirilgan shakli, tarkibi qisqartirilgan shaklidan iborat bo’lib, muhim uslubiy ahamiyat kasb etadi, ya’ni xilma –xil ekspressiv emotsional vazifalarni bajaradi.
5. Boshqa so’z turkumlariga nisbatan, olmoshlarning sof sinonimiyasi unchalik faol emas. Olmoshlar sinonimiyasi nutqning xilma-xilligini ta’minlovchi muhim lisoniy omillardan biridir. Chunki biror kengroq matnda bir xil olmoshni qo’llaverish so’zlovchi yoxud yozuvchi nutqining ta’sirchanligini ta’minlay olmaydi.
6. Og’zaki yoki yozma nutq jarayonida olmoshlar xilma-xil funksional – uslubiy vazifalarni bajaradi. Olmoshlar turli manbalarda, birinchidan, turli xil uslublarga xoslangan bo’ladi. So’zlashuv uslubiga xoslangan (fonetik shakli o’zgargan, yasovchi affekslarining o’zgarishini olmosh shakllarining olmosh so’zlariga aylanishi, olmoshlarning diolektal shakillari), publisistik asarlarga xoslangan olmoshlar shular jumlasidandir.
Olmoshlarning qo’llanish chastatasida eng yuqori o’rnini so’zlashuv va badiiy nutq egallaydi. Ammo ular anglatgan semantik – stilistik ma’nolar ko’lami badiiy matnida kengdir. Ijodkorning badiiy taffakur olami, ijodiy jarayonidagi vaqt va muhit bunga imkoniyat yaratadi. Badiiy matnda barcha olmoshlarning ishtirok etishi adabiy asarlarda tasvir doirasining kengligi, ijodkorning badiiy mushohada quvvati bilan izohlansa, ayrim olmoshlardagi xoslanganlik ularning tarixiy varianti sifatida tilimizda saqlanib kelayotganligi, ba’zilarida obrazlilik darajasining yuqori ekanligiga bog’liqdir. Badiiy matnlardagi olmoshlarning semantik - sitilistik ma’nolari va funksional sitilistik chegaralanuvi tilimizning emotsional - ekspressivlik va amalda bo’lishlik darajasi g’oyatda yuqori ekanligining dalilidir. kishilik va o'zlik olmoshlari zidlanish belgisining neytrallashuvi ular ishtirokida tuzilgan gaplarning semantik tuzilishiga zarar yetkazmaydi. Lingvistik neytrallashuv bu olmoshlarning nutqiy pragmatik xususiyatlarini aks ettiradi. Xullas, o'zbek tilida o'zlik va kishilik olmoshlarining shaxslarga ishorasi jihatidan zidlanishida quyidagi ikkilamchi holatlar kuzatiladi:
1) olmoshlar zidlanish belgisini yo'qotadi;
2) olmoshlar zidlanish belgisini yo'qotib neytrallashadi.4


Download 58,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish