Fridrix Nisshe (Nietzsche 1844-1900). U Shopenhauerning shogirdi bo’lib,uning estetik qarashlari nihoyatda o’ziga xos. Nisshe estetikaga doir asarlarida jumladan,” Fojianing tug’ilishi risolasida Suqrotdan to Shopenhauergacha bo’lgan nafosatshunoslikni “qayta baholab” chiqadi; tarixda haqiqat (aql) va go’zalik o’zaro hamkorlik yoki juda bo’lmasa, “qo’shnichilik “ qilgan. Nitsshening fikricha, nafosatshunoslikda “hamma narsa go’zal bo’lishi uchun oqilona bo’lishi kerak” degan suqrotchilikdek yanglish yo’l yo’q. Nitsshe romantiklar o’rtaga tashlagan “go’zallik Xudoning haqiqati”degan fikrni rad etib, go’zallikni Xudo-san’atkor tomonidan yaratilgan illyuziya –xom xayol xayolot deb ataladi. Haqiqat (aql)bilan go’zallik, uning nazdida, tenglashtirib va sig’ishtirib bo’lmaydigan, bir-biriga zid tushunchalardir. Rus mumtoz estetikasi.
Bu davrda kelib Rossiyada ham falsafiy tafakkur yuksak darajada ko’tarildi,rus san’ati mislsiz taraqqiyotga yetishdi. Shu bois XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tafakkurini tom ma’noda deb atash mumkin.
Vladimir Sergeevich Solovyov (1853-1900). Rus mumtoz tafakkuruning yetakchi vakillaridan biri, Nitsshening zamondoshi,shoir ilohiyotchi, faylasuf. V.Solovyov go’zallikni o’zining ziddidan, ya’ni xunuklikdan (go’zal insoniy vujudga kelganidek), bir-biriga qarama-qarshi ikki ibtido-modda va nurning o’zaro birikuvidan tug’iladi deb hisoblaydi. Qayerdaki modda nurafshon bo’lsa, o’sha yerda go’zallik hodisasini uchratish mumkin.Modda va nurning uzviy omuxtaligi-hayot,deydi Solovyov hu bois qayerda hayotning ichki to’laqonligiga erishilsa yoki uning hodisalari “jonli kuchlar o’yini taassurotini” qoldirsa,tabiat o’sha yerda o’zining bor go’zalligi bilan namoyon bo’ladi. Nur va hayot-tabiatdagi estetik mazmunni baholashning ikki asosiy mezoni.
Buyuk rus mutaffakkiri tabiiy go’zallikni uning noorganik dunyodan organik dunyoga, undan insonga qarab taraqqiy yetib borishida ko’radi. Noorganik dunyoda go’zallik ikki turda mavjud bo’ladi; ziyoiy go’zallik (yulduzli osmon,kamalak,olmos)va hayotni oldindan anglatuvchi hodisalar aurasi(shildiragan irmoq, sharshara va h.k)sifatidagi go’zllik. Nabotot dunyosidagi nafosatli makonda hayratda qoldiradigan bezakdorlikka ega bo’lgan go’zallik yetakchilik qiladi. Bunday go’zallikning oliy ifodasi gullardir.Hayvonot dunyosida go’zallik naqshlar (ranginlik)va musiqiy shakllarda namoyon bo’ladi. Tabiiy go’zallik o’zining oliy ifodasini insonda topadi; u tabiat dunyosidagi nafosat idealining eng mukammal ko'rinishi;ong ato etilgan inson tabiat voqeligini ijodiy o'zlashtirishga qodir. Biroq, Solovyovning fikricha, so’ngi paytlarda tabiat va inson orasida qarama – qarshilik chuqurlashib bormoqda; inson tabiatga, qandaydir qiyofasiz bir narsaga qaraganday munosabatga bo’lmoqda. Shu bois faylasuf ekologik muammoni axloqiy jihatdan hal etishni yagona usulini go’zallikda ko’radi. Bu o’rinda san’at asosiy tarbiyachi rolini o’taydi.
Lev Nikolayevich Tolstoy (1828-1910). L. Tolstoy san’atning mohiyatini aniq – ravshan ifodalashga yo’l ochish uchun “hamma narsani chalkashtirib yuboradigan go’zallik tushunchasini” bir chetga surib qo’yishni taklif etadi. Uning fikriga ko’ra, san’atning nima ekanini aniqlab olish uchun, avvalo unga lazzat vositasi emas, balki inson hayotining shartlaridan biri sifatida qarash lozim.”San’at,- deydi Tolstoy, shunday insoniy fazilatki, unda bir kishi ongli ravishda ma’lum tashqi belgilar bilan o’zi boshidan kechirgan hislarni yetkazadi, boshqa odamlar esa o’sha hislarni o’ziga yuqtirib, ularni qayta ko’ngildan o’tkazadi”. Ko’pchilikni hayratda qoldiradigan yana bir narsa borki, bu Tolstoyning Sheksperga munosabati. Buyuk rus yozuvchisi “San’at nima?” risolasi va “Shekspir va drama haqida” maqolasida Shekspirni nafaqat tanqid qiladi, balki tamoman inkor etadi. Tolstoyning fikriga ko’ra, Shekspir pyesalari asosida “eng tuban, eng qabih dunyoqarash yotadi”: ularda oliy tabaqalar ko’klarga ko’tarilib,omma nafratga munosib qilib tasvirlanadi,mavjud tuzumni o’zgartirishga bo’lgan har qanday intilish,xususan,insonparvarlik yo’nalishidagi intilishlar ham qoralanadi: Shekspir ijodi aksildemokratil mohiyatga ega,uning asarlari axloqsiz asoslarga qurilgan.Ular beistisno tarzda yuqori sinflar san’atini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |