10. Afsonaviy va diniy nomlar
. Geografik xaritalarda o'sha joyga hech
qanday aloqasi bo'lmagan nomlar ham uchraydi. Bunday nomlar kishilarning
eshitgan ertak, hikoyalari, o'qigan kitoblari qahramonlari, afsonaviy mahluqlar
nomlari bilan bog'liq holda vujudga keladi. Bunday nomlarga O'sh shahridagi
Taxti Sulaymon, Toshkentdagi Kaykovus arig'i, Shri - Lankadagi Odamota tog'i,
Uraldagi Shaytonmakon, Sirdaryodagi Farhod qoyasi, Xorazmdagi Duldulotlagan,
Shohimardon, Ohangarondagi Ali qoyasi misol bo'ladi. Bunday nomlarni
afsonaviy nomlar deyiladi. Aslida o'zi yo'q - ku nomi saqlanib qolgan joy nomlari
ham afsonaviy nomlar hisoblanadi. Sannikov Yeri, Ko'hi Qof, Ya'juz - Ma'juz yeri
ana shunday nomlardir.
Dinga va din namoyondalari nomlariga, diniy bayramlarga bog'liq toponimlar
ham ko'p uchraydi. O'zbek tilidagi, umuman turkiy tillardagi dinga bog'liq
nomlarga ko'pincha
ota, avliyo, bobo, islom, momo, nur, ziyo, shayx
kabi
qo'shimchalar qo'shiladi va bunday nomlar aksariyat hollarda muayyan shaxslar
nomlari bilan bog'langan bo'ladi: Avliyoota, Zangibuva (Zangiota), Cho'ponota,
Nurota, Shavkatbobo, Oqsoqota, Norakota, Surenota, Yalong'ochbuva, Islomobod,
Shayx Zayniddinbobo, Ho'jaalandorbuva, Bibi Mariyam va h.k.
G'arb mamlakatlarida diniy geografik nomlarga odatda
san, sankt, svyatoy
kabi so'zlar qo'shib yoziladi: San - Marino, San - Tome, San - Fransisko, San -
Salvador, Santyago, Sankt - Peterburg, Svyatoy Lavrentiy, Svyatoy Nos va b.
11. G'aroyib nomlar.
Ba'zi bir geografik nomlar g'alati ma'noli, kulgili,
ayrimlari qo'rqinchli bo'ladi. Toshkent shahrida Xotinko'prik, Pushtihammom,
Chuvalachi, Yalang'och, Qoryog'di, Padarkush, Injiqobod, Jinko'cha, Kallaxona,
Kampirdevor, Qonqus, Moxovzor kabi g'aroyib nomli ko'cha, mahalla, mavzelar
mavjud. Dunyo xaritasida ham g'aroyib nomlarni ko'p uchratamiz. G'alati
nomlardan Krivoy Rog (egri shoh), Kapri (echki) oroli, Kanar (it) orollari, Labbay
tog'i, Cho'ntakqishloq, Zolotoy Rog (Oltin shoh), qo'rqinchli, vahimali nomlardan
Dashti Lut (O'lim dashti), Ajal vodiysi, Dashti Margoh (O'lim dashti),
Borsakelmas, O'lik dengiz, Jonchiqar kabi nomlarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Angliyadagi ayrim joy nomlari o'zbek tiliga tarjima qilinsa, “Rahming kelsin”,
“So'qir kuyovlar”, “Qurbaqalar”, “Zo'r Muhabbat”, “Kalamush qal'a”, “Ko'rinmay
qoldi” degan ma'nolarni beradi. Bunday nomlarni O'zbekistonda ham ko'plab
uchratish mumkin: Ko'kdo'ppi (Farg'ona viloyatida), Og'zikeng, Jo'jao'g'ri,
Kampirchiqdi, Qorko'mdi, G'alcha va boshqalar shular jumlasidandir. G'aroyib
nomlar qayerda bo'lmasin o'z tarixiga va qandaydir o'ziga hos xususiyatiga ega
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |