33.Qadimgi va ilk o'rta asrlar davrida Markaziy Osiyoda foydalanilgan yozuv qurollari va materiallari
&&&&&&&&&&
34.Qadimgi Xitoy mualliflarining o’lkashunoslikka oid asarlari
Xitoy manbalari haqida so‘z boshlashdan oldin shuni alohida qayd etib oiish kerakki, ular ham xitoy hukmdorlarining maqsad va manfaatlarini ko‘zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi ko p hollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida boiib o‘tgan voqealaming vaqti va o'rni. bir-biriga qarshi turgan qo'shinlaming umumiy soni aniqko'rsatiladi. Qadimiy 0 ‘zbekistonning uzoq o‘tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda quyidagi xitoy manbalari muhim rol o'ynaydi. «Shi Szi» («Tarixiy esdaliklar») xitoy tarixshunoslarining otasi hisoblanadigan Sima Syanning 130 bobdan iborat boigan asaridir. Sima Syan (taxminan miloddan avvalgi 145 yoki 135-86-yillar) Lunmin (hozirgi Shensi viloyati) shahrida saroy tarixchisi Sima Tan oilasida tugilgan, mamlakat bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan, otasi vafot etgandan (miloddan avvalgi 108-yili) keyin uning o'miga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan. Uning «Shi szi» nomli asarida Xitoynmg qadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga qadar oigan tarix bayon etilgan. Asaming 123-bobida, xususan, Farg‘ona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqidagi qimmatli maiumotlar mavjud. «Xou Xan shu» («Keyingi Xan sulolasi tarixi») tarixchi Fan Xua (398-445-yillar) asari. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yillar)ga xizmat qilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424-yili viloyat hokimligiga koiarilgan. Keyinchalik davlatga qarshi isvonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. «Xou Xan shu» - Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni o‘z ichiga olgan katta asar 130 bobdan iborat. Unda 0 ‘zbekiston, Sharqiy Turkiston va Jung‘oriyaning 25-221-yillar orasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor maiumotlar bor. «Suy shu» («Suy xonadonining tarixi») Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan yozilgan asar. Uni yozishda Vey Chjen (580-643-yillar) -Tan sulolasi davrida oigan tarixchi, imperator Chjen Guan (626-650) davrida uning o‘g‘li va toj-u taxt vorisiga tarbiyachi boigan, Yan Shi Gu hamda Kxun In-da bilan birgalikda ishtirok etib, asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida. V-VI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 85 bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637-yili vozib tamomlangan. Qolgan 30 bobiga esa 20 vil vaqt ketgan. Asarda imperatoming iqtisodiy siyosati, qo‘shmning tuzilishi, mamlakatning ahvoli, xalqning urf-odatlari haqida maiumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida 0 ‘zbekiston va Sharqiy Turkiston haqida ham diqqatga sazovor maiumotlami uchratamiz. Ko’p jildli «Sulolalar tarixi» tarkibida 9-jild sifatida 1958-yili Shanxayda chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |