21.O‘lkashunoslikning rivojlanishida Rossiya imperiyasi tadqiqotchilarining o‘rni
38-savol javobi to’g’ri keladi
22.O‘lkashunoslikning rivojlanishida Yevropa tarixchilarining o‘rni
37-savoldagi Yevropa tarixchilari to’g’ri keladi
23.O‘rta asrlar davri arab va mahalliy mualliflarining asarlari, ularda o‘lkashunoslikga oid ma’lumotlar
24-savolni javobi to’g’ri keladi
24.O‘rta asrlarda yaratilgan manbalarda etnografik ma’lumotlar.
Mahmud qoshg’ariyning «Devoni lug’otit-turk» nomli noyob asarida o`zbek xalqining eng qadimgi turkiy tilda gapiruvchi ajdodlaridan biri bo`lgan chigil qabilalari Iskandar Zulqarnayn yurish qilgan davrdayoq ko`p nufuzli etnografik guruhlardan hisoblangani haqida ma`lumot beradi.XI asrning yetuk shoiri va olimi Yusuf Xos Xojib tomonidan yaratilgan o`z davrining zo`r badiiy asari hisoblangan «Qutadg’u bilik»ning ana shu chigil qabilalari tili asosida yozilganini va bunday ajoyib asar agar uzoq asrlar davomida iqtisodiy, madaniy birlik negizida dunyoga kelgan umumiy bir til bo`lmagan holda, paydo bo`la olmasligini ham e`tiborga olsak, u vaqtda o`zbek xalqining tili nihoyatda uzoq tarixga ega ekanligiga ishonchimiz komil bo`ladi. Mahmud Qoshg‟ariyning aytishicha, ilk o`rta asrlarda ham turkcha ham sug‟diycha so`zlaydigan, ya`ni ikki tili bo`lgan va faqat turkcha gapiradigan kishilarning juda ko`pligini, lekin faqat sug‟dcha so`zlaydigan kishilarning mutlaqo yo`qligini hamda turkiy tillar eski tillarni siqib chiqarganligini aytadi. Demak, o`zbek xalqi eramizdan avvalroq, muayyan bir hududda o`ziga xos moddiy va ma`naviy birlik yaratib, asta-sekin til jihatidan ham umumiylikka erisha boshlagan. Natijada XI-XII asrlarga kelib, o`zbek xalqi asosan shakllanadi. O`zbek xalqining ajdodlari to`g‟risidagi ma`lumotlar jada ko`p manbalarda uchraydi. qadimgi xorazmiylar, so`g‟diylar, sak va massagetlar haqidagi ma`lumotlar antik davr mualliflari-miletlik Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian va Ptolomey asarlarida, qadimgi forsiy yozuvlar va muqaddas kitob- «Avesto»da mavjud. Eramizdan oldingi II asrlarda yashagan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Szyanning Dovon va qang‟ davlatlari haqida qoldirgan ba`zi ma`lumotlari ham etnografik jihatdan diqqatga sazovor. Arab istilosidan keyingi asrlarga oid etnografik ma`lumotlar mahalliy va arab sayyohlarining asarlarida mavjud. IX-XII asr mualliflaridan Ibn Xurdadbeh al-Balxiy, al-Istaxriy, ibn Havqal, Mas`udiy Yoqut singari yirik geograf va sayohatchilar, mahalliy mualliflardan faylasuf, musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, etnograf, geograf, tarixchi olim Abu Sa`d Abdulkarim ibn Muhammad Sam`oniy hamda noma`lum muallif yaratgan «Hudud ul-olam» nomli asarlarda O`zbekiston hududida o`sha davrda yashagan aholi to`g‟risida ba`zi etnografik lavhalar keltirilgan. Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda o`lkamiz yirik madaniyat markaziga aylandi va uning boshqa mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalari kuchaydi. Bu davrga oid qiziqarli ba`zi etnografik ma`lumotlarni ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixoning asarlarida, Nizomiddin Shomiy,. Abdurazzoq Samarqandiy kitoblarida uchratish mumkin. Yirik davlat arbobi, shoir Z.M.Boburning «Boburnoma» asarida ham muhim etnografik ma`lumotlar ko`plab keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |