Bajardi: 690-18 talabALARI Aliqulova M Tekshirdi: Sultanova Zuhra O`lkashunoslik qanday fan? Oʻlkashunoslik — mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishi. Oʻlkashunoslik tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. Oʻlkashunoslik da oʻlkaning tabiati, aholisi, xoʻjaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, oʻlka namoyandalari oʻrganiladi. Oʻlkashunoslik kompleks va soha Oʻlkashunoslik likka boʻlinadi. Kompleks Oʻlkashunoslik turli sohalarni bir-biri bilan bogʻliq holda, soha Oʻlkashunoslik geografiya, tarix, etnografiya, madaniyat, toponomika va boshqalar sohalarga oid masalalarni alohida oʻrganadi. Hozirgi vaqtda ekologik vaziyat va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalarini oʻrganuvchi Oʻlkashunoslik rivojlanmoqda. Oʻ.ning asosiy maqsadi oʻz oʻlkasi tabiati, aholisi, etnografiyasi, xoʻjaligi, madaniyati, ekologik vaziyat va h.k. haqida ashyoviy dalillar, maʼlumotlar, namunalar toʻplab, ularni ommalashtirib, aholi bilimini oshirishdir. Oʻlkashunoslik juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniymaorifiy, oʻquvtarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyatlarni aniqlash va ommalashtirishda Oʻlkashunoslik ning oʻrni juda katta. Buxoro o`lkasiga oid adabiyotlar:
Buxoro xonligi ocherklari
Tarixi Buxoro
Tarixi Mullozoda
“Buxoro xonligi ocherklari” - Н.А.Маевнинг «Бухоро хонлиги очерклари» номли асари 1879 йилда Санкт-Петербургда «Туркистон ўлкасининг статистикаси учун материаллар» номли йилномада Н.А.Маевнинг таҳрири остида нашр этилган. Ушбу асар ўлкамиз тарихига оид қимматли маълумотларни ўзида мужассам этганлиги ва саноқли нусхаларда чоп этилганлигини (асарнинг вилоятдаги яккаю-ягона нусхаси Термиз Археология музейи архивида сақланади) ҳисобга олиб, уни ўзбек тилига таржима қилишга қарор қилдик ва ўзбек тилида биринчи марта китобхонлар ҳукмига ҳавола этмоқдамиз.
“Tarixi Buxoro” - Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik an-Narshaxiy (899—959) — tarixchi olim.
- Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. N. 943—944 yillarda "Buxoro tarixi" ("Tahqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. N.ning oʻgʻli Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Jaʼfar asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), yaʼni soʻnggi somoniylar davrigacha toʻldirishgan.
Tarixi Mullozoda - Muallif: Ahmad ibn Mahmud Buxoriy (Mu'inul-fuqaro).
- Tili: forsiy.
- Qo‘lyozma: 1244/y1828 yil ko‘chirilgan.
- Yozuvi: nasta'liq. Hajmi: 13x20sm.
- Muqovasi: qora “mug‘ziy” uslub, 3-tadan tamg‘a mavjud.
- 134-sahifa. Xattot: Odinaxoja Qarokuli. Yaxshi saqlangan.
- Asar muallifi XVI asrda yashagan Ahmad ibn Mahmud – “Mu'inul-fuqaro” bo‘lib, Buxoro shahri va atrofu aknofidagi mashhur mozorotlar va muqaddas qadamjolar tarixi haqida so‘z yuritadi.
- XIX asrdan boshlab Yevropa olimlarining bu asarga qiziqishlari ortadi va nusxalarini yig‘ish boshlanadi. Asar, haqiqatdanam manbaga boy edi. Hatto, V.V.Bartold yozgan edi: “muallif qo‘l ostidagi manbalaridan sidqi dillik bilan foydalangan”
E`tiboringiz uchun rahmat! Hurmat bilan Aliqulova.M
Do'stlaringiz bilan baham: |