0 ‘yinnmg tavsifi.
0 ‘qituvchining ishorasi bilan «Lochin»
komandasining o‘yinchisi bir oyog‘ini tizzadan, chap qo'lini esa
tirsakdan bukib orqaga qilib, bir oyoqlab to‘rtburchak ichiga kiradi.
Uning vazifasi bir oyoqda sakrab yurib, qo‘li bilan «Zafar»
komandasi o‘yinchilarini ushlashdir, ya’ni kafti-panjasi bilan
begona o‘yinchining biror joyiga tegsa bas. Ushlangan «Zafar»
komandasi o ‘yinchisi to ‘rtburchakdan chiqib belgilangan joyga
boribturadi. «Lochin» komandasi o‘yinchisining navbatdagio‘yin-
chini ushlashi 15—20 sekundgacha davom yetishi mumkin. Buning
uchun « Lochin» komandasining qolgan o‘yinchilari jo ‘r bo‘lib
1 dan 20 gacha ovoz chiqarib sanaydilar. Shu vaqt ichida «Zafar»
komandasining nechta o‘yinchisi ushlanganligi hisoblanib chiqiladi.
Keyingi safar komandalar o‘zaro o‘rin almashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |