26. Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngiI ochish
bog‘larida harakatli o ‘yinlarm tashkil qilish
Aholi istiqomat joylari deganda, asosan, shaharlar, qishloqlar
tushuniladi. Qishloqlar ham, o‘z navbatida, qo‘rg‘onlar (posyolka),
katta-kichik qishloqlardan iborat bo‘ladi. Shaharlarda daha, mavze,
mahallalar turli xil bo‘ladi. Hozirda katta qishloqlar, qo‘rg‘onlar,
shahaming mavze (kvartal) va mahallalarida bolalar va katta yosh
dagi kishilar uchun sport inshootlari (futbol maydonlari, turli xil
o‘yin joylari, ochiq va yopiq suv havzalari, maxsus trenajyorlar va
h.k.) qurilmoqda.
Respublikamiz Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilin-
gan farmonlar, qarorlarda ta’kidlanishicha, aholi istiqomat joylarida
mutaxassis xodimlar ishtirokida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya
va sport ishlarini kengaytirish, shart-sharoitlar yaratish va faol
tashkilotchilami ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Buning asosiy maq-
sadi aholining salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va ma’naviy
barkamollikni rivojlantirishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat
kasb etadi. Bunda turli sport turlari bo'yicha ommaviy sport muso-
baqalarini, milliy qadriyatlarga ega bo‘lgan harakatli o‘yinlar bo‘-
yichanufuzli tadbirlami o‘tkazishda keng jamoatchilikni jalb etish
talab etiladi. Mustaqillikning sharofati tufayli, shara va qishloqlarda
turli idoralar uchun binolar qurish, ommaviy-madaniy tadbirlar
uchun о ‘yin maydonlarini kengaytirish va, ayniqsa, ko‘p qavatli
uy-joylar, zamonaviy hovli-joylar qurilishi ko‘paymoqda. Bu, o‘z
navbatida, odamlaming turmush madaniyatining yaxshilanib
borishidan dalolat beradi. Turmush madaniyatning o ‘sishi esa
soglom turmush kechirishga da’vat etadi. Sog‘lom turmush tarzida
esa sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar muhim o‘rin egallamoqda.
83
Hovli va ko'p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravish
da, yakka tartibda jismoniy mashq-o'yinlar orqali o'z salomatligini
yaxshilashni maqsad qilib olayotganlar kun sayin ko'payib bor-
moqda.
Keng maydonlar, bolalaming o‘yin maydonlari, xiyobonlarda
kun bo‘yi, ayniqsa, dam olish, ta’til kunlari va bayramlarda turli
o'yinlar bilan band bo'lganlar soni ko'payib bormoqda. Bulami
tashkil qilishda ota-onalar, faol jamoatchilar, mutaxassislar bevosita
faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Qishloq joylaridagi katta to'ylar, an’anaviy bayram kunlari va
boshqa madaniy tadbirlarda katta-kichik kishilar va bolalar o'rtasida
kurash, ot o‘yinlari, turli xil milliy harakatli o'yinlar tashkil qilin-
moqda. Ayniqsa, qiz va o'g'il bolalar o'rtasida «Quvlashmoq»,
«Arqon tortish», «Yelkada kurash», «Piyoda ko'pkari», «To'qqiz
bosh», «Bo'ta soldi», «Ko'z bog'lash», «Kim qoldi» kabi milliy
harakatli o'yinlar ommalashgan. Bolalar va o'smirlaming qir-adir-
larda eshak va otlarga minib qilichbozlik qilish, otdan ag'darish,
tortishish o'yinlari zavqli o'tishi bilan birga ularning jismoniy kamo-
lotini o'stirishga xizmat qilmoqda. Xo'roz, qo'chqor, it urishtirish-
lar, kaklik va bedanalami sayratish (bahs), kampirlar va chollaming
aytishuvlari, raqslari, turli harakatli o'yinlarni qadimiy milliy
o'yinlar sifatida namoyish qilish odati davom ettirilmoqda. Ular
estetik zavq berish va insonlaming sog'lomlikda uzoq umr ko‘-
rishlarida madaniy meros sifatida xizmat qilmoqda.
Toshkent shahar, viloyatlaming markazlari, shahar tusini olgan
tuman markazlari, katta qo'rg'onlarda (posyolka) ommaviy sog'
lomlashtirish tadbirlari keng ko'lamda tashkil qilinmoqda. Ayniqsa,
mahalla va ko'pqavatli uy-joy shaoitlarida estafetali o'yinlar va
milliy harakatli o'yinlardan keng foydalanilmoqda. Bunda bolalar
84
va o‘smirlaming guruh, jamoa bo‘lib musobaqalashishi, kichik
yoshdagi (2—6 yashar) bolalaming mustaqil ravishda quvlashib
o£ynashi, to ‘plar orqasidan yugurish, futbol, xokkey kabi о ‘yin
elementlari qiziqarli o'tmoqda.
Yosh bolalaming (1 —6 yashar) ota-onalari, aka-opalari yorda-
mida maxsus moslamalarda (narvonlar, g‘ildiniklar, terib qo£yilgan
to‘siqlar, sun’iyg‘orlar va h.k.)
0
‘ynashi ularning harakatchanligini
oshirishi bilan bir qatorda ularning sho'x, zavqli harakatlarini
takomillashtirishga, estctik hamda cmotsional tarbiyasiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, mahalla faollari, xotin-qizlar yig‘i-
lishlari, maktablardagi ota-onalar qo'mitasi majlislarida ta’lim-
tarbiya mazmunida turli harakatli o‘yinlarni bolalar bilan maqsadli
tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama qilinmoqda. Buning boisi
shundaki, madaniyatli, sog‘lom oilalarning farzandlari o‘qimishli,
madaniyatli, sog‘lom bo‘lib, ular el-yurt uchun namuna bo'lmoq-
dalar. Birlari pedagogika va san’atda, yana birlari sanoat, tijorat,
qurilish, harbiy xizmat va boshqa sohalarda o ‘z iste’dodlarini
namoyon qiilmoqdalar. Demak, yashash joylari, ayniqsa, oilada
milliy harakatli o‘yinlarning xosiyat tomonlari cheksizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |