jihozlab, ulardan uy sharoitida foydalanuvchilar ko'paymoqda.
Ba’zi kishilar esa uyda trenajyorlar o‘rnatib, oilaviy ravishda ularda
shug‘ulianishni o'zlariga odat qilib olganlar.
Xulosa qilganda, maxsus soglomlashtirish maskanlari va uy
sharoitida harakatli o‘yinlardan foydalanish jismonan baquwat
bo‘lishning omiliga aylanadi. Bu esa sog'lom turmush tarzini
kechirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davolash muassasalari
deganda, faqat shifoxonalargina
tushunilmadi, balki poliklinikalar, sanatoriyalar, shaxsiy davolash
maskanlari ham bu yo‘lda o‘ziga xos soglomlashtiruvchi maskanlar
bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday maskanlar tarkibi quyidagi turlarga ajratiladi:
1.
Shifoxonalarda jismoniy mashqlar bilan davolash.
2. Poliklinikalarda jismoniy tarbiya vositalari orqali davolash.
3. Dam olish uylari va sanatoriyalarda jismoniy mashqlar,
harakatli о‘yinlar bilan davolash.
4. Doimiy (statsionar) maxsus davolash muassasalarida (shifo-
xona, sanatoriya va h.k.) jismoniy mashq-o£yinlarni qo‘llash.
Ta’kidlash zarurki, mazkur muassasalardagi jismoniy tarbiya
vositalari (harakatli o‘yinlar) bilan davolash ishlari, asosan, maxsus
jismoniy tarbiya mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
0 £zini yaxshi his qilayotgan va ijobiy tomonga o‘zgarishlami
sezayotganlar trenerlar ruxsati hamda
tavsiyasi ostida mashq-
o£yinlami mustaqil ravishda bajarishlari mumkin.
Shifoxonalarda jismoniy mashq-o£yinlarni qo£llash asosan
shamollagan, uncha og‘ir dardga chalinmagan bemorlar bilan guruh
bo£lib amalga oshiriladi. Qattiq lat yegan, singan, chiqqan suyaklar,
mushaklarharakatiniyaxshilovchi mashq-o‘yinlar (bukish, yozish,
aylantirish, tortish, itarish va h.k.) o£yin tarzida olib boriladi. Og£ir
,/
81
jarrohlik (operatsiya)dan keyin yaxshilanib borayotgan bemorlarga
ham ma’lum darajadagi о‘yinlar, turli mashqlar qo‘llaniladi.
Poliklinika, dam olish uylari va sanatoriyalarda odamlaming
jismoniy jihatdan tayyorgarligiga qarab turli o ‘yinlar o‘tkaziladi.
Trenajyorlarda mashq-o‘yin bajarish, uqalash (massaj) qabul qilish,
sovuq suvlar (vanna va bosim ostidagi suv) bilan davolash amalga
oshiriladi. Jismonan tetik va sog‘lom bo‘lgan kishilarga futbol,
voleybol, tennis, badminton kabi sport o‘yinlarining elementlari,
gimnastika, yengil atletika (chopish, yugurish, sakrash, uloqtirish),
suvda suzish kabi о‘yinlar bilan musobaqada shug‘ullanish tavsiya
etiladi. Maxsus harakatli o‘yinlami (quvlatish, turtirish, «Qopqon»,
sakrash, «Qarnioq», «Ortiqcha», «Ko‘z bog‘lash» kabilar) alohida
tashkil etilib, ommaviy ravishda ijro etilishi ko‘zda tutiladi va bunga
erishiladi. Natijada esa dam oluvchilar, qatnashchilarning zavqla-
nishi,
mazmunli hordiq chiqarishi va, eng muhimi,
jismonan
baquwat bo‘lishlarini ta’minlashga erishiladi.
Jismoniy tarbiya sohasidagi talabalar va o‘quvchi-yoshlar o‘quv
jarayonlaridagi maxsus fanlar va jismoniy davolash (vrachebnaya
fizkultura) kabi fanlarni chuqurroq egallashlari lozim. 0 ‘quv
amaliyotlari jarayonlarida tegishli ko‘nikmalar hosil qilishlari va
zarur amaliy malakalami egallashlari lozim. Chunki o‘quv yurtlari
va mehnatkashlarning dam olish hududlarida jismoniy tarbiya
o‘yinlarini tashkil qilishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va
zarur bo‘lganda ommaviy ravishda turli xil sog‘lomlashtirish tadbir-
larida harakatli o‘yinlami maqsadli tashkil qilishga to‘g‘ri keladi.
Xulosa qilib aytganda, davolash muasasalaridagi jismoniy mashq-
o‘yinlardan foydalanish, eng awalo, oyoqqa turg‘azish, mehnat
va turmushdagi qayta tiklashga xizmat qiladi.
82