3.13-rasm. Belgilar balandligini aniqlash chizmasi
Yer egriligi va refraksiya uchun tuzatma quyidagi formuladan hisoblanadi:
1 k S 2 , (3.10)
2 R
bu yerda: k – Yer refraksiyasi koeffitsienti; R – Yer radiusi; s – to‘siqdan tegishli punktgacha bo‘lgan masofa.
k= 0,13 va R= 6371 km bo‘lganda (3.10) formula quyidagi ko‘rinishni oladi:
v – 0,068 s 2,
bu yerda v metrda, s esa kilometrda ifodalanadi.
Agarda, h1 va h2 bir xil ishoraga ega bo‘lsa, S1 va S2 masofalar turli bo‘lsa, (3.8) formula bo‘yicha hisoblangan belgilarning l1 va l2 balandligi birbiridan anchaga farq qiladi: bir belgi balandli gi kichik, boshqasi katta bo‘ladi. Baland belgilarni qurish iqti
sodiy jihatdan ma’qul emas. Shuning uchun (3.8) formula bilan hisoblangan belgilar balandligini shunday o‘zgartirish kerakki, bunda belgilarning yakuniy l1 va l2 balandliklari kvadratlarining
yig‘indisi eng kichik bo‘lsin,
l 2 min . Ushbu talabga rioya etil
ganda olingan juft belgilarni qurishga ketgan xarajat eng kichik bo‘ladi, chunki teng sharoitda har bir belgini qurish narxi uning balandligiga proporsionaldir.
3.6-jadval
Nuqta lar
|
Maso falar S1 (S1),
km
|
Nuqta balandli gi H, m
|
Nisbiy baland lik h1, m
|
a,m
|
v, m
|
Taqribiy baland lik l1 (l2), m
|
Tuzatilgan balandlik l1 (l2), m
|
1
S 3
|
8
15
|
309
315
322
|
+6
7
|
+4
+4
|
+4.3
+15.2
|
14.3
12.2
|
16.3
8.6
|
l 2
|
353.3
|
336.4
|
Tomon uchlarida joylashgan har bir juft belgilar balandligini
tuzatish,
l 2 min shartga rioya qilgan holda va to‘siq ustidan
vizir nurini berilgan a balandlikdan o‘tish talabini bajargan hol da quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
S2 l1 S1 l2
S
2
1
l1 S2 D; l2
S1 D; D
2 S 2
; (3.11)
Ushbu formulalar bo‘yicha bajarilgan hisoblashlar natijalari 3.6jadvalda keltirilgan.
3.14-rasm. Geodezik belgilar balandligini tuzatish chizmasi
Agar birinchi va ikkinchi punktlarga sarflanadigan qurilish materiallari narxi anchaga farq qilsa, (3.11) formula bo‘yicha olingan balandliklarni ushbu faktorni hisobga olgan holda yana bir marta to‘g‘rilash lozim.
C punktda n yo‘nalishlar bo‘yicha belgilar balandligining n ta qiymatlari olinadi, chunki har bir alohida tomon yo‘nalishi bo‘yicha hisoblash ushbu punktdagi belgi balandligining turli qiymatlarini beradi.
Yakuniy balandlik sifatida to‘siq ustidan vizir nurini mini mal chekli balandlikda o‘tishi uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rinishni ta’minlovchi balandlik qabul qilinadi.
Amaliyotda rekognossirovka ishlarida shunday holat bo‘lishi mumkinki, unda bitta punktlardan bittasida belgining baland ligi, masalan, ikkinchi punktning balandligi l2 berilgan (belgi
qurilgan). Birinchi punktdagi belgining l balandligini hisoblash
talab qilinadi. Buning uchun (3.8) formulalar bo‘yicha belgilar ning taqribiy l1 va l2 balandliklarini hisoblaymiz. O‘xshash uch burchaklardan (3.14rasm ) yozamiz:
1 1
l l ' S
1
' (3.12)
l2 l2 S2
Bundan belgining izlanayotgan balandligini topamiz:
S
S
1 1 2 2
2
(3.13)
-§. Geodezik belgilar
Geodezik tarmoqlarning har bir punkti joyda gruntga o‘rnatilgan markaz bilan mahkamlanadi, bunda metall markaga nuqtaning nomeri yoziladi, ular punktning koordinatasiga tegishli bo‘ladi. Punkt markazi ustiga talab etilgan balandlikda vizirlash silindri va o‘lchash asbobini o‘rnatish uchun maxsus stol o‘rnatiladi, unda kuzatuvchi uchun ham turish joyi qurilgan bo‘ladi
≤150
120
50
Geodezik tarmoqlarda quyidagi turdagi belgilar qo‘llaniladi: tur, piramida (oddiy va shtativli), oddiy signal va murakkab signal.
15
3.15-rasm. Geodezik punktdagi tur. 3.16-rasm. Oddiy piramida (a) va
shtativli piramida (b).
Turlar tog‘ning o‘tkir cho‘qqilarida, agar barcha yo‘nalishlar yerdan turib ko‘rinsa va qoya grunt 1,5 metrdan kam chuqurlikda joylashgan bo‘lsa qo‘llaniladi (3.15rasm. O‘lchamlar santimetrda berilgan). Tur ustiga vizir silindrli oddiy piramida quriladi. Agar piramidani qurish imkoni bo‘lmasa, unda vizir silindri bevosita turga o‘rnatiladi.
Oddiy piramidalar (3.16, arasm) barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tur yoki shtativdan kuzatishning imkoni bo‘lganda quriladi. Agar qo‘shni punktlarda kuzatishni ta’minlash uchun asbobni yerdan 2–3 metrga ko‘tarish talab etilsa, unda asbobni o‘rnatish uchun shtativli piramida (shtativ piramidadan ajralgan holda) quriladi (3.16, brasm). Kuzatuvchi uchun maydoncha piramida ustunlari ga, shtativni undan ajratgan holda o‘rnatiladi. Piramidalar ba landligi 5–8 metr bo‘lgan yog‘och yoki metaldan quriladi.
3.17-rasm. Oddiy signal. 3.18-rasm. Murakkab signal: 1 – signal ustunlari
ning asosi; 2 – signalning asosiy ustunlari; 3 – venets; 4 – krestovina; 5 – bolvanka;
6 – ichki piramida ustuni; 7 – kuzatuvchi uchun maydon; 8 – stol; 9 – tom; 10 – vizir nishoni;
11 – oraliq ustun.
Oddiy signal (3.17rasm) birbiridan ajratilgan ikkita pirami dalardan: vizir silindriga ega tashqi 1 va kuzatuvchi uchun maydoncha va asbob o‘rnatish uchun stolga ega ichki 2 pi ramidalardan tashkil topadi. ichki piramida uchqirrali, tashqi pi ramida esa uchqirrali yoki to‘rtqirrali rasmga ega bo‘ladi. Tashqi piramida asosidagi asosiy ustunlar orasidagi masofani kuzatuvchi maydonchasigacha bo‘lgan balandlikni 1/5 hissasidan 2 metrga kaptita qilib olinadi. Oddiy signallar 10 metrgacha balandlikda quriladi; ular yog‘ochdan yoki metaldan, doimiy va yig‘iluvchi
bo‘lishi mumkin. Yig‘iluvchi belgilar avtotransport borishi uchun qulay bo‘lgan rayonlarda qo‘llaniladi. Ko‘pincha ichki pirami dalar punktda doimiy o‘rnatiladi, tashqi yig‘iladigan bo‘ladi, uni punktdan punktga olib yuriladi.
Murakkab signal (3.18rasm) konstruksiyasi bo‘yicha oddiydan shunisi bilan farq qiladiki, unda asbob o‘rnatish uchun maxsus stolga ega ichki piramida oyoqlari bilan yerga tayanmasdan balki signal ustunning asosiga tayanadi (kuzatuvchi maydonchasidan 6 metr pastda).
Belgining oraliq ustunlari signalning qurish sifatini oshira di. Murakkab signallar 11 dan 40 metrgacha balandlikda qurila di. Ular to‘rtqirrali konstruksiyaga ega bo‘lib, yerda yig‘iladi (go rizontal holatda), so‘ngra tugallagan rasmda vertikal o‘rnatiladi. Bu holda balandlikda xavfli ishlarni bajarish zarurati tug‘ilmaydi, hamda belgi qurishda ishlab chiqarish unumdorligi oshadi.
Murakkab signalning tashqi piramidasi uchburchak asosining kengligi uni balandligining ¼ ga teng bo‘lib, kuzatuvchi maydon gacha 2 metr qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |