Oliy va o‘rta



Download 2,84 Mb.
bet37/86
Sana12.01.2022
Hajmi2,84 Mb.
#305254
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
Bog'liq
oliy geodeziya asoslari

3 va 4-klass geodezik to‘rlari. 2­klass to‘rlarining geodezik punktlarini talab qilingan zichlikda keyingi zichlashtirishda ular 3 va 4­klass to‘rlarini rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshi­ riladi. 3 va 4­klass to‘rlari triangulyatsiya, poligonometriya va trilateratsiya usullari bilan barpo etishi mumkin. Har bir rayon uchun bu to‘rlarni rivojlantirishning shunday usul va chizma­ lari tanlanadiki, unda boshqa teng sharoitlarda talab qilingan aniqlikni ta’minlab, mablag‘ va vaqtni tejash imkoni bo‘lsin. 3 va 4­klass triangulyatsiya tarmoqlari 2­klass geodezik tarmoq­ lariga qo‘yiladigan yaxlit uchburchaklarni mustahkam sistema­ si ko‘rinishda barpo etiladi. 3 va 4­klass uchburchaklarida bir xil klass tomonlari orasidagi burchaklar 20°dan kam bo‘lmasligi kerak. 3­klass tomon uzunliklari 5–8 km ga teng, 4­klassda esa 2–5 km ga teng bo‘ladi. Turli uchburchaklar sistemasiga tegishli va o‘lchangan yo‘nalishlar orasida o‘zaro bog‘lanmagan punktlar orasidagi masofalar 3­klass to‘rlarida 4 km gacha ruxsat etiladi, 4­klass tarmoqlarida 3 km gacha ruxsat etiladi, aks holda bu sis­ temalar tegishli yo‘nalishlarini o‘lchash yo‘li bilan birlashtiriladi. 3 va 4­klass tarmoqlarida gorizontal burchaklar 1,5'' va 2,0'' dan katta bo‘lmagan (uchburchaklarning bog‘lanmasliklari bo‘yicha) o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchanadi.

3 va 4­klass tarmoqlarini poligonometriya usuli bilan barpo etilganda shu klass punktlarini aniqlash yuqori klass punktlari­ ga tayanuvchi bittalik yo‘l yoki yo‘llar sistemasini o‘tkazish orqa­ li amalga oshiriladi. Tugun punktlari orasida, hamda tugun va boshlang‘ich punktlar orasida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan buri­ lish nuqtalariga ruxsat etiladi. 3­klass yo‘lining eng kichik to­ moni 3 km, 4­klassda 2 km yo‘l qo‘yiladi. 3 va 4­klass poligo­ nometriya punktlarida gorizontal burchaklar 1,5'' va 2,0'' (yopiq poligonlarning bog‘lanmasliklari bo‘yicha) o‘rta kvadratik xato­ lik bilan o‘lchanadi. 3 va 4­klass poligonometriya yo‘llarida to­ monlar uzunligi 1/200 000 va 1/150 000 o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchanadi.

Barcha klasslardagi davlat geodezik tarmoqlari har bir punkti­ da undan 0,5–1 km masofada (o‘rmonda 250 m yaqin bo‘lmagan) ikkitadan oriyentir punktlari o‘rnatiladi, ular yer osti markaz­ lari bilan mahkamlanadi. Oriyentir punktlari syomka yo‘llaridan azimutal bog‘lash maqsadlari uchun ham foydalanilishi mum­



kin. Davlat geodezik tarmoqlarining barcha punktlari baland­ ligi asosan trigonometrik nivelirlash orqali aniqlanadi; faqat­ gina tekis va sal notekis joylarda 4­klass geometrik nivelirlash qo‘llanadi.

1954–1961­yillardagi Asosiy nizomga muvofiq barpo etiladi­ gan davlat geodezik tarmog‘i quyidagi umumlashtirilgan texnik ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi (3.5­jadval).

3.5-jadval



Tarmoq klassi



Tomonlar uzunligi, km


Burchak o‘lchashning o‘rta kvadra­ tik xatosi, sekund t


To‘rni zaif qismidagi to­ monlar xato­ si msS

Yonma­ yon joylash­ gan punktlar o‘zaro hola­ tini aniqlash

xatosi, m


1

2



3

4

20­25

7­20

5­8

2­5



0,7

1,0

1,5

2,0



1/150000

1/200000

1/120000

1/70000

~ 0,15

~ 0,06

~ 0,06

~ 0,06

Burchak o‘lchashni amaldagi aniqligi 1954–1961­yillardagi Asosiy nizomda o‘rnatilganiga qaraganda bir necha marta yuqori va unga ko‘ra o‘rtacha qiymatlari quyidagilarga teng:



1­klass tarmog‘ida – 0,65''; 2­klass tarmog‘ida – 0,75''; 3­ klass tarmog‘ida – 1,1'' va 4­klass tarmog‘i to‘rida – 1,5'' Lap­ las azimutlarini aniqlash haqiqiy aniqligi astronomo­geodezik to‘rlarning katta bloklarini tenglashtirish natijasidan olingan 1,1'' o‘rta kvadratik xatolik bilan xarakterlanadi.

Davlat geodezik tarmog‘i uning elementlarini yuqori aniqlikda aniqlash bilan xarakterlanadi, lekin u yuqori aniqlikda geodezik o‘lchashlarni bajarish uchun qulay bo‘lmagan, murakkab fizik­ geografik sharoitlarda barpo etiladi. 2–4 klass tarmoqlarida yon­ ma­yon joylashgan punktlarning o‘zaro holatini 5–7 sm xatolik bilan aniqlanadi. Bu demak, 1954–1961­yillardagi Asosiy nizom­ ga muvofiq barpo etiladigan davlat geodezik tarmog‘i o‘zining aniqligi bo‘yicha, nafaqat mamlakatning katta hududini yirik 1:2000 masshtabda kartalashni ta’minlaydi, balki ilmiy va amaliy darajadagi xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi injener­texnik masalalarni yechishga imkon beradi.

    1. Download 2,84 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish