Poligonometriyausuli. Bu usul anchadan buyon ma’lum, am mo uni davlat geodezik tarmoqlarini barpo etishda qo‘llash invar simlar yordamida chiziqli o‘lchashlarni bajarilishi murakkabli gi tufayli yaqingacha foydalanmay kelindi. Taxminan XX asrning 60yillaridan boshlab, geodezik ishlab chiqarishga aniq svetora diodalnomerlarning joriy qilinishi poligonometriya usulini rivoj lantirdi va geodezik tarmoqlarni barpo etishda keng qo‘llanila boshlandi. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat. Joyda cho‘zilgan yakka yo‘l (3.4rasm) yoki kesishuvchi yo‘llar sistema si rasmidagi yaxlit tarmoqni tashkil etuvchi geodezik punktlar mahkamlanadi. Yo‘lning qo‘shni punktlari orasida Sitomonlar
uzunligi, punktlarda esa burilish burchaklari o‘lchanadi. Poligo
nometriya yo‘llarni azimutal oriyentirlash birlashuvchi burchak lar o‘lchangan holda uning oxirgi punktlarida aniqlanuvchi yoki beriluvchi azimutlar yordamida amalga oshiriladi. Ba’zan yuqori klass aniqlikdagi geodezik tarmoqlarning koordinatalari ma’lum punktlari orasida poligonometrik yo‘llar o‘tkaziladi.
qator hollarda poligonometriya usuli, masalan, aholi yashay digan joylarda, yirik shaharlar hududida va o‘rmonzorlarda trian gulyatsiya usuliga qaraganda qulay va iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi, sababi triangulyatsiya punktlarida poligonometri ya punktlariga qaraganda baland geodezik belgilar o‘rnatib, ko‘p sonli punktlar orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinishni ta’minlash lo zim bo‘ladi. Geodezik belgilarni qurish geodezik tarmoqlarni barpo etishda eng qimmat turuvchi ish turi hisoblanadi va u bar cha xarajatlarning o‘rtacha 50–60% ni tashkil qiladi.
poligonometriya tarmog‘i, ayniqsa yakka yo‘llari, triangu lyatsiya qatori yoki tarmog‘iga qaraganda geometrik jihatdan an
cha past hisoblanadi, poligonometriyada punktlar orasida geo metrik bog‘liqliklar soni triangulyatsiyaga qaraganda ancha kam (ikkala holatda ham punktlar soni bir xil bo‘lishiga qaramasdan);
ortiqcha o‘lchashlar soni (shartli tenglamalar soni) trian gulyatsiyaga qaraganda poligonometriyada ancha kam, shu sa babli teng sharoitlarda poligonometriya tarmog‘i triangulyatsiya ga qaraganda aniqligi ancha kichik bo‘lishiga olib keladi;
poligonometriyada daladagi o‘lchashlarning nazorati trian gulyatsiyaga qaraganda ancha kam, punktlar soni triangulyatsiya teng bo‘lishiga qaramasdan poligonometriyada shartli tenglama lar soni kam.
Yuqoridagi kamchiliklardan aytishimiz mumkinki, yu qori klass aniqlikda geodezik tarmoqlarni barpo etishda poligo nometriya usulining imkoniyati triangulyatsiyaga qaraganda che garalangan.
O‘lchash ishlarida tayanch punktlariga nisbatan past bo‘lgan klassdagi geodezik tarmoqlarni barpo etishda ayniqsa sveto va radiodalnomerlardan foydalanilganda poligonometriya usulining operativligi kuchlidir.