Oliy va o‘rta
oliy geodeziya asoslari
127
(21)+(22)=11683( ½ mm)=5,8415 m ho‘r=29,455( ½ dm) Dalnomer koeffitsienti = 100 o‘lchangan nisbiy balandlik h'=29455(½dm)= L=0.6 km; n=6 to‘r = +17,8° =14,7275 dm = 1,4728 m. Reykalar juftining o‘rtacha uzunligiga tuzatma h = +0,1 mm. Tuzatilgan nisbiy balandlik h = 1.4727 m. dalnomer ipidan sanoq (5), pastki ipdan sanoq (6) olinib, jurnalga yoziladi. Adilak pufakchasining holati aniqlab olinib bissektor asosiy shkalaning yaqin shtrixi bilan tutashtirilib reykadan sanoq olinib (7) va barabandan sanoq olinib (8) yoziladi, keyin truba oldingi reyka qo‘shimcha shkalasiga qaratiladi va reykadan sa noq (9), barabandan sanoq (10) olinib yoziladi; shundan keyin orqadagi reykani qo‘shimcha shkalasiga truba qaratilib reyka dan sanoq (11) va barabandan sanoq (12) olinib jurnalga yo ziladi. Shu bilan kuzatish stansiyada tugatiladi va hisoblashlar ga o‘tiladi. Asosiy shkalalardan dalnomer iplari bo‘yicha olingan sanoqlar ayirmasi hisoblanadi, ya’ni nivelirdan orqadagi reyka gacha va oldingi reykagacha masofalar hisoblanadi: (21)=(2)– (1); (22)=(6)-(5). Bu masofalar farqi hisoblanadi (23)=(21)– (22). ii klass nivelirlashda stansiyada masofalar farqi 1 m gacha yo‘l qo‘yiladi, ularni seksiyadagi yig‘indisi to‘rlanishi 2 m gacha ruxsat etiladi. Nazorat nisbiy balandlik o‘rtachasi, dalnomer iplari bo‘yicha hisoblangan nisbiy balandliklardan topildi: (24)={[(1)-(5)]+[(2)- (6)]}:2. Stansiyadagi nisbiy balandlikni hisoblash uchun avval orqada gi va oldingi reykalarning asosiy shkalalari bo‘yicha sanoqlar ayirmasi topiladi: (13)=(3)–(7) va baraban bo‘yicha sanoqlar ayirmasi (14)=(4)–(8). Keyin reykalarni qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha stansiyadagi nisbiy balandlik topiladi: (16)=(11)=(9) va baraban bo‘yicha: (17)=(21)–(10). Nisbiy balandlikning to‘la qi ymati baraban sanoqlari ayirmalarini reyka bo‘yicha sanoqlar ayirmasiga ishoralarini hisobga olib qo‘shib yozish bilan topi ladi: (15)=(13) va (14); (18)=(16) va (17). Stansiyada reykalarni asosiy va qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha olingan nisbiy baland liklar ikkala qiymatlari orasidagi farq kuzatishlar va hisoblash lar nazorati bo‘lib xizmat qiladi: (19)=(15)–(18). Bu farq 0,7 mm (sanoq barabanning 14 ta bo‘lagi)dan oshmasligi kerak. Nis biy balandliklar farqining yig‘indisi «nazorat» grafasiga yoziladi. Xuddi shu grafaga reykalarning asosiy va qo‘shimcha shkalalari tovonlarining farqi yoziladi. Masalan, 59,256 = 73,499 – 14,243 va 59,255 = 88,486 – 29,231. Ular orasidagi farq reykalarning asosiy va qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha olingan nisbiy balandliklar far qiga to‘g‘ri kelishi kerak. Bundan tashqari stansiyada hisoblan gan nollar balandligining farqi bilan reykani sinashda aniqlangan farqlar birbiriga teng yoki 0,7 mm dan oshmasligi kerak. Dala jurnalida nazorat hisoblash o‘ntalik stansiyalar bo‘yicha bajariladi va u quyidagidan iborat: jurnal chap qismida reyka largacha bo‘lgan dalnomer masofalari yig‘indisi topiladi: (21) va (22) va ulardan seksiya uzunligi hisoblanadi; o‘ng qismida orqadagi va oldingi reykalarning asosiy va qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha sanoqlar yig‘indisi, bu sanoqlar ayirmalarining yig‘indisi va hamma nisbiy balandliklar yig‘indisi olinadi: (3), (4), (11), (12), (7). (8), (9), (10), (13), (14), (16), (17), (15) va (18). Bu yig‘indilar bo‘yicha o‘rtacha nisbiy balandlikni hisob lash nazorat qilinadi. Reykalarning asosiy va qo‘shimcha shka lalari bo‘yicha topilgan seksiyadagi nisbiy balandlikning to‘la qiymati quyidagicha topiladi: o‘ntalik stansiyalar bo‘yicha baja rilgan hisoblashlar yig‘indisi chiqariladi va o‘lchangan umumiy nisbiy balandlik qiymati 1/2 dm da hisoblanadi, so‘ngra mm ga o‘tkaziladi va reykalar jufti o‘rtacha metri uchun tuzatma kiritila di va tuzatilgan umumiy nisbiy balandlik h olinadi. Seksiya uzun ligi L (km) va shtativlar soni n hisoblanadi. VI BO‘LIM. TEKISLIKDA GEODEZIK TARMOqLARNI TENGLASHTIRISHbob. GEODEZIK TARMOqLARNI KORRELAT USULIDA TENGLASHTIRISH6.1-§. Umumiy holat Geodezik tarmoqlarni barpo etishda yangidan aniqlanadi gan punktlarning koordinatalarini hisoblash uchun boshlang‘ich punktlar koordinatalari, tomonlar uzunligi va azimutlari, ham da uchburchaklarning o‘lchangan burchaklari va tomon uzunligi ning zaruriy soni (har bir uchburchakda ikkita burchak va ikkita tomon) ma’lum bo‘lishi lozim. Bu holatda punktlar koordina talar nazoratsiz, katta xatolik bilan aniqlanadi. Bunda xatolik larni aniqlash, tuzatish hamda tarmoqning u yoki bu elementi aniqligini baholashning imkoni bo‘lmaydi. Bu kamchiliklarni tu zatish hamda tarmoqni barpo etish aniqligini oshirish uchun un da gorizontal burchaklarni, tomonlar uzunligini va tomon azi mutlarini ortiqcha o‘lchash deb ataluvchi katta hajmdagi o‘lchash ishlari bajariladi. Yuqori klassdagi tarmoq past klassdagi bilan zichlashtirilgan da (to‘ldirilganda) burchak, tomon uzunliklari va tomon azi mutlarini ortiqcha o‘lchashdan tashqari zichlashtirish tarmog‘ini tenglashtirganda o‘zgartirishi mumkin bo‘lmaydigan ortiqcha boshlang‘ich ma’lumotlar ham paydo bo‘ladi. Bunga yuqori sinf tarmog‘i punktlarining koordinatalari, tomonlar uzunligi va di reksion burchaklari kiradi. Geodezik tarmoqlarda ortiqcha o‘lchangan miqdorlar va or tiqcha boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lganda ularda paydo bo‘ladigan geometrik shartlar bo‘yicha tenglashtirish zarurati tug‘iladi. Geo dezik tarmoqlarni odatda eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtiriladi, bunda: tarmoqdagi o‘lchangan barcha miqdorlar (yo‘nalishlar, azi mutlar, tomonlar uzunligi va h.k.) mustaqil hisoblanadi; o‘lchash natijalari sistematik xatolardan ozod bo‘ladi; o‘lchashdagi tasodifiy xatolarning matematik kutilishi nol ga teng bo‘lib, normal taqsimot qonuniga bo‘ysunadi. Har bir punktda burchak o‘lchash natijalarining mustaqilligi, hamda priyomlardagi azimutal aniqlashlar, aniq dastur bo‘yicha, priyomlar orasida limbni qayta o‘rnatish bilan ta’minlanadi. qol gan ikkita talab to‘liq o‘lchamda bajarilmaydi. Shuning uchun geodezik tarmoqlarni tenglashtirish matematik nuqtayi nazardan mukammal bo‘lishi uchun dala ishlari bosqichidayoq ikkinchi va uchinchi talablarni bajarishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish lozim. Aks holda geodezik tarmoqni tenglashtirishda eng kichik kvadratlar usuli formal foydalanilgan bo‘ladi. Geodezik tarmoqlarni eng kichik kvadratlar usuli bilan teng lashtirishning ikkita an’anaviy usuli mavjud: korrelat va para metrik. Matematik nuqtayi nazardan bu usullar ekvivalent bo‘lib, tarmoqni tenglashtirilgan elementlarning bir xil qiymatlarini be radi. Ammo texnikiqtisodiy nuqtayi nazaridan bu usullar muay yan sharoitga bog‘liq holda bir xil hisoblash vositalaridan foyda langanda ham baravar bo‘lmasligi mumkin. Masalan, o‘lchami bo‘yicha katta tarmoqlar yoki boshlang‘ich punktlari va diagonal yo‘nalishlari ko‘p bo‘lgan kichik tarmoq larni EHMda korrelat usuliga qaraganda parametrik usulda tenglashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki birinchi holat da tenglashtirish algoritmi ikkinchi holatga qaraganda oddiydir, hisoblash operatsiyalari esa bir xil, bu esa EHMda ishlashda ju da muhim. Korrelat usulida ko‘plab mantiqiy (logik) operatsiyalar mavjud (shartli tenglamalarning turlari) ular sezilarli darajada EHM uchun dastur tuzishni murakkablashtiradi va tenglashtirishda katta vaqt va mehnatni talab etadi. Shuning uchun har bir muay yan holatda geodezik tarmoqlarni tenglashtirish usulini tanlash da geodezik tarmoq o‘lchami va murakkabligi, hamda mavjud hisoblash vositalarini hisobga olgan holda ijodiy yondashiladi. Download 2,84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |