2.4-rasm. Meridian va birinchi
vertikal tekisliklarida shovun chizig‘ining to‘liq og‘ishini tashkil etuvchilari
berilgan nuqtadan o‘tgan me ridian tekisligiga perpendikular MC birinchi vertikal tekisligida. Meridian va birinchi ver
tikal tekisliklarida tashkil etuvchilari, ξ va larning qiymatlari
ma’lum bo‘lganda shovun chizig‘ining to‘liq og‘ishi quyidagi for mula bo‘yicha hisoblanadi:
U . (2.1)
Tekislik θ azimutining to‘liq og‘ishi quyidagicha topiladi:
tg. (2.2)
II BO‘LIM. TAYANCH GEODEZIK TARMOqLAR
bob. DAVLAT GEODEZIK TARMOqLARI
-§. Geodezik tarmoqlar. Ularning ahamiyati
Yer yuzasida maxsus mahkamlangan, holati umumiy koordi nata va balandliklar sistemalarida aniqlangan nuqtalar tizimiga geodezik tarmoqlar deyiladi.
Geodezik tarmoqlar yer yuzasining kichik va katta maydon larida barpo etilishi mumkin. Ular hududiy alomati va vazifa si bo‘yicha global (barcha yer sharini qoplovchi); milliy qabul qilingan yagona koordinatalar va balandliklar sistemalarida har bir davlat chegarasida barpo etiluvchi; zichlashtirish (topografik syomka qilishda tasvirlov asosini barpo etishga mo‘ljallangan), syomka asosi tarmoqlariga bo‘linadi.
Geometrik xususiyati jihatidan planli balandlik va fazoviy geo dezik tarmoqlarga ajratiladi. Planli tarmoqlarda o‘lchashlarni qay ta ishlash natijasida qabul qilingan ko‘chirish sathida punktlar ning koordinatalari aniqlanadi (ellipsoid sathida yoki tekislikda); balandlik (nivelirlash) tarmoqlarida boshlang‘ich yuzaga nisba tan punktlarning balandligi olinadi, masalan, kvazigeoid yuza siga nisbatan fazoviy tarmoqlarda o‘lchashlarni qayta ishlashdan punktlarning uch o‘lchamli o‘zaro holati aniqlanadi. Global geo dezik tarmoqlar hozirgi vaqtda yerning sun’iy yo‘ldoshini kuza tishdan foydalanib, kosmik geodeziya usullari yordamida barpo etiladi, shuning uchun uni sun’iy yo‘ldosh yoki kosmik geode ziya tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoqda punktlarning holati geosen trik to‘g‘ri burchakli koordinatalar X, Y, Z sistemasida hisoblana di, uning koordinata boshi Yer massasi markazi bilan, Z o‘qi esa uning aylanish o‘qi bilan, ZY tekislik esa boshlang‘ich meridian tekisligi bilan ustmaust tushadi.
Global geodeziya tarmoqlaridan ilmiy va ilmiytexnik muam molarni hamda oliy geodeziya, geodinamika, astronomiya va boshqa fanlarning masalalarini yechishda foydalaniladi. Bunday muammo va masalalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
fundamental geodezik doimiylarni aniqlashtirish;
Yer figurasi va gravitatsiya maydonini o‘rganish;
Yer qutblari harakatini aniqlash;
butun yer uchun yagona, to‘g‘ri burchakli fazoviy geosentrik yoki geodezik koordinatalar sistemasini hosil qilish;
Yer qobig‘idagi litosfera plitalar siljishi va deformatsiyasini o‘rganish;
Yer og‘irlik markaziga nisbatan turli mamlakatlarning refe rens ellipsodi holatini aniqlash;
Yer yuzasi dinamikasi tufayli yer umumiy geodezik punkt lari koordinatalarini vaqt o‘tishi bilan o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va ularning aniq lahzali qiymatlarini aniq belgilangan davrga keltirish [1].
Global geodezik tarmoqlarning geosentrik koordinata siste masining «lahzali» holatini yuqori aniqlikda aniqlashga erishish uchun uni uzluksiz ravishda takomillashtirish lozim. Global geo dezik tarmoqlarning aniqligi oshgan sari, yangi ilmiy muam molarni va geodeziya, amaliy kosmonavtika, geodinamika, ast ronomiya va ko‘plab boshqa fanlarning masalalarini yechish imkoniyatlari sekinasta ortib boradi.
Milliy geodezik tarmoqlar, yuqorida ta’kidlaganimizdek, uchta turga bo‘linadi: davlat geodezik tarmog‘i (planli), davlat nivelir lash tarmog‘i (balandlik), davlat gravimetrik tarmog‘i.
Davlat geodezik tarmog‘ida tanlangan ko‘chirish sathida (refe rens ellipsoidda yoki tekislikda) geodezik punktlarning planli o‘zaro holatini yuqori aniqlikda aniqlash ko‘zda tutiladi; tarmoq punktlarning balandligi nisbatan past aniqlik bilan, ayniqsa tog‘li rayonlarda aniqlanadi.
Davlat nivelirlash tarmog‘i kvazigeoid yuzasiga nisbatan har bir punkt balandligini yuqori aniqlik bilan aniqlash uchun xiz mat qiladi; bu tarmoq punktlarning planli holati ko‘chirish yuza sida taqriban aniqlanadi.
Davlat gravimetrik tarmog‘i punktlarida og‘irlik kuchi tezla nishini yuqori aniqlikda aniqlashga mo‘ljallangan; bu punktlar ning planli va balandlik holati talab qilingan aniqlikda aniqla nishi lozim.
Geodeziyaning rivojlanish tarixiga nazar solsak, vaqt o‘tgan sari davlat geodezik tarmoqlari aniqligiga bo‘lgan talab oshib bor moqda. Shuning bilan birga davlat geodezik tarmoqlari sistema tik ravishda yangilanmasa va takomillashtirilmasa, astasekin es
kiradi, punktlarning bir qismi yo‘qoladi, asosan yer qobig‘ining zamonaviy harakati tufayli, uni alohida qismlarining aniqligi o‘zgaradi.
Har bir alohida mamlakat hududida barpo etiladigan davlat geodezik tarmoqlari quyidagi maqsadlar uchun mo‘ljallangan:
Yer rasmi va gravitatsiya maydoni va ularni vaqt o‘tishi bi lan o‘zgarishini mufassal o‘rganish (mamlakat territoriyasi che garasida);
mamlakat hududida yagona koordinatalar va balandliklar sistemalarini yaratish;
yagona koordinata va balandlik sistemasida turli masshtab larda mamlakat kartalarini yaratish;
xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi turli ilmiy va injenertexnik masalalarni geodezik usullar bilan yechish.
O‘ziga xosligi hamda turli ko‘rinishda geodezik tarmoqlarni barpo etish usullariga planli geodezik to‘r punktlari odatda joy ning eng baland uchastkalariga joylashtiriladi; nivelirlash tarmog‘i punktlari joyning tekis va tepalik uchastkalariga, daryolarning bo‘ylariga va h.k. yerlarga joylashtiriladi.
Barcha turdagi davlat geodezik tarmoqlar alohida barpo etila di, ammo ular birbiri bilan o‘zaro mustahkam bog‘langan bo‘ladi va birbirini to‘ldiradi. Barcha ko‘rinishdagi tarmoqlar uchun alo hida punktlar umumiy bo‘lishi mumkin, bu esa geodeziya, geodi namika va boshqa ko‘plab masalalarni yuqori samarada yechish imkonini beradi.
Mamlakat geodezik tarmog‘i zamon va yaqin kelajak talabi darajasida bo‘lishi uchun quyidagilar zarur:
tarmoq barcha punktlarini sistematik ravishda joylarda be vosita ko‘zdan kechirish, yo‘qolgan punktlarni qaytadan aniqlash va o‘rnatish;
davriy ravishda, masalan, 25–30 yil oralig‘ida takroriy yoki yer yuzasining zamonaviy harakati yoki boshqa sabablarga ko‘ra tarmoqning eng katta o‘zgargan qismida qo‘shimcha o‘lchashlarni bajarish;
davlat geodezik tarmoqlari aniqligini oshirish va keyin chalik takomillashtirish uchun olib boriladigan takroriy yoki qo‘shimcha o‘lchashlarni bajarish va bu o‘lchashlarni yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnikasi va usullarida amalga oshirish;
takroriy va yoki qo‘shimcha o‘lchash natijalarida olingan yangi o‘lchash ma’lumotlarining yig‘ilishiga qarab hududning katta qismida taxminan 25–30 yil oralig‘ida, ushbu davrga te gishli, koordinatalar va balandliklarning yangi aniq qiymatlarini olish maqsadida, planli va balandlik tarmoqlarini qaytadan teng lashtirishni bajarish.
Zamonaviy geodezik tarmoqlarni barpo etishda kompleks geo dezik ishlarni bajarish lozim va ular quyidagilardan iborat: geo dezik tarmoqlarni loyihalash; rekognossirovka qilish; geodezik belgilarni qurish; yer osti markaz va reperlarni mahkamlash; bur chak va masofa o‘lchashlarni bajarish; astronomik kenglik, uzoq lik va azimutlarni aniqlash; nivelirlash ishlarini bajarish; og‘irlik kuchi tezlanishini aniqlash; yerning sun’iy yo‘ldoshlarini kuza tish va h.k. hamda o‘lchash natijalarini matematik qayta ishlash. Oxirgi yillarda yerning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish nati jalari bo‘yicha punktlar koordinatasini aniqlashda aniqlikni oshi rish ishlarida ancha yutuqlarga erishildi. Shu tufayli yer sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish bilan davlat geodezik tarmoqlarini yuqori
aniqlik bilan barpo etish keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |