Yer fizik yuzasi juda murakkab (ayniqsa tog‘li hududlarda). Uning tenglamasi noma’lum, shu sababli geodezik o‘lchash nati jalarini matematik qayta ishlash uchun geometrik jihatdan sodda bo‘lgan va Yer qa’rida oriyentirlash imkoniyati yaxshi bo‘lgan yordamchi sirt tanlab olinadi. Yer yuzasida bajarilgan barcha o‘lchashlar (gorizontal burchaklar va yo‘nalishlar, masofalar yer jismlarining azimutlari) shu tanlab olingan sirtga o‘tkaziladi, ya’ni reduksiyalanadi, bu sirtni ko‘chirish sirti deb nomlash qabul qilingan. U yoki bu sirtni tanlashda quyidagilarni inobatga olish zarur.
Ko‘chirish sirti rasm jihatidan sodda bo‘lishi va geometrik nuqtayi nazardan yaxshi o‘rganilgan bo‘lishi kerak. Bu o‘z nav batida har qanday masofadagi geodezik o‘lchash natijalarini kerakli bo‘lgan aniqlikda ushbu sirtda yechish imkonini bera di.
Tanlab olingan ko‘chirish sirti geodezik o‘lchash va hisoblash ishlari bajariladigan mamlakat yoki bir necha mamlakatlar terri toriyasida kvazigeoid sirtidan uncha katta farq qilmasligi kerak. Bu shartning bajarilishi, reduksiyani hisoblash aniqligiga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
Ko‘chirish sirti Yer qa’rida shunday oriyentirlanishi zarurki, o‘lchangan elementlarni ko‘chirish sirtiga va aksincha o‘lchagan sirtga proyeksiyalash qulay bo‘lishi kerak.
Butun Yer masshtabida geodezik masalalarni yechish uchun ko‘chirish sirti sifatida umumiy yer ellipsoidini (Normal Yer) olish maqsadga muvofiq. Bir yoki bir necha mamlakatlar miq yosida bajarilgan topografikgeodezik va kartografik masalalar ni yechishda ko‘chirish sirti sifatida ma’lum o‘lchamlarga ega bo‘lgan va Yer qa’rida oriyentirlangan referens ellipsoid deb nom langan sirt olinadi.
Referens ellipsoid rasmi, o‘lchamlarini tanlashda va oriyentir lashda quyidagi talablar bajarilishi kerak:
referens ellipsoid parametrlari imkon qadar umumiy yer el lipsoidi parametrlaridan farq qilmasligi kerak;
referens ellipsoidning aylanish o‘qi Yer aylanish o‘qiga, ek vator tekisligi Yer ekvator tekisligiga parallel bo‘lishi kerak;
mamlakat yoki bir necha mamlakatlar uchun tanlangan referens ellipsoid sirti kvazigeoid (geoid) sirtidan og‘ishi kvadrat larining yig‘indisi eng kichik (minimal) bo‘lishi kerak.
Kichik territoriyali maydonga ega mamlakatlarda birinchi ta labning bajarilishi zaruriy emas.
Referens ellipsoid o‘lchamlari umumiy yer ellipsoidi o‘lchamlaridan farq qiladi, uning markazi O1 umumiy yer ellip soidi markazi O bilan ustmaust tushmaydi (2.1rasm).
P
01
E 0 E1
1
2
3 P1
Do'stlaringiz bilan baham: |