Oliy va o’rta ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 1-kurs sirtqi ta’lim yo’nalishi konstitutsiyaviy huquq fanidan mustaqil ish



Download 0,73 Mb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi0,73 Mb.
#762725
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish Ali


OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI

MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI 1-KURS SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Konstitutsiya normalarining respublika manfaatlariga zid tarzda talqin qilinishiga yo'l qo'yilmasligi
Bajardi: Akbaraliyev Muhammad Ali
Qabul qildi: ___________________

Toshkent - 2022
Konstitutsiyaning yuridik kuchi
Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.
Konstitutsiyada Oʻzbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qoʻyilib, hal qilinadi.
Konstitutsiyada Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida, davlat, oʻz faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.
Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlibgina qolmay, oʻz hududida va uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoyasini taʼminlaydi.
Konstitutsiya, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining oʻz vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga koʻchib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.
Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi koʻrstilgan. Unga koʻra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda koʻrib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zoʻravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi toʻgʻrisida koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nimalardan iborat
Konstitutsiya: 6 boʻlim, 26 bob, 128 modda va Muqaddima (kirish) qismidan iborat.
Konstitutsiya birinchi boʻlimi, “Asosiy printsiplar” deb ataladi. Unda davlat shakli hamda suverenitetini namoyon etuvchi xususiyatlar belgilangan;
Konstitutsiya ikkinchi boʻlimi, “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi va shaxsning huquqiy holatiga taalluqli barcha jabhalarni oʻz ichiga olgan;
Konstitutsiya uchinchi boʻlimi, “Shaxs va jamiyat” boʻlib, uning boblarida jamiyatning iqtisodiy munosabatlar negizi aks etgan;
Konstitutsiya toʻrtinchi boʻlimi, “Maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi”ga bagʻishlangan. Unda mamlakatning maʼmuriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining huquqiy holati alohida-alohida boblarda belgilab berilgan.
Konstitutsiya beshinchi boʻlimi, eng yirik bob hisoblanib, “Davlat hokimiyatini tashkil etish” deb nomlanadi. Bu bobda Oliy Majlis, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylash tartibi, vakolatlari va oʻzaro munosabatlari asoslari belgilangan. Bob, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining tashkil etish tartibini ham oʻz ichiga qamrab oladi.
Konstitutsiyaning oxirgi oltinchi boʻlimi esa, “Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi”ga ajratilgan.
Kengaytirish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar
Jamiyat taraqqiyoti asosida xalqning fikrini olgan holda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Konstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qoʻyilgan. Respublikada roʻy berayotgan demokratik oʻzgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham oʻzgarishlar kiritib kelinmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:
1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan soʻzlar “deputatlardan” degan soʻz bilan almashtirildi;
2002 yil 27 yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan;
2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga oʻzgartish kiritilgan;
2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96, 98-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103, 117-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, 109-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99, 102-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) uning maslahatchilarini” degan soʻzlar “raisni (oqsoqolni)” degan soʻzlar bilan almashtirilgan;
2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80, 93-moddalariga oʻzgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93, 98-moddalarga oʻzgartirishlar kiritilgan;
2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96, 117-moddalarga oʻzgartirishlar kiritildi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish