Shu yerda 2021-2022-yillarda Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Eksport maqsadi - 12 million dollar.
Ikkinchi bosqichda quvvatni 2 million juftga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun yaqin atrofdagi 18 ta mahalla fuqarolari kasanachilik asosida ish bilan ta’minlanadi. Natijada 5 ming nafardan ortiq xotin-qiz ish bilan ta’minlanadi.
Davlatimiz rahbari “Bahodir Logon” paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibiga kiruvchi to‘qimachilik korxonasiga ham tashrif buyurdi. Yiliga 10 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Shveytsariya kabi davlatlardan dastgohlar o‘rnatilib, ip-kalava, gazlama ishlab chiqarish, bo‘yash yo‘lga qo‘yildi. 480 nafar fuqaro, jumladan, 300 nafar yoshlar ish bilan taʼminlangan.
Malakaviy amaliyot rahbarimiz bizlarni poyabzal ishlab chiqarish jaroyini bilan to`liq tanishtirib chiqdi.Poyabzallarni homashyo xolatidan tayyor mahsulot bo`lish jarayonigacha bo`lgan ishlar bilan tanishdik.Avval modelyerlar tomonidan poyabzalning modeli yaratilib so`ng uning CALIGOLLA dasturi yordamida virtual qismlarga bo`lib chiqilar ekan.Har bitta detalni nomlab shifrofka qilinib kompyuter xotirasiga saqlanar ekan.
Tayyor bo`lgan detal eskizlarini COMELZ dastgohiga yuklanadi.Operator esa eskizlarni teri homashyosiga mos ravishda joylashtrib chiqadi.Kesish buyrug`ini bersa dastgoh ozi eskizlarni kesib beradi.Bu dastgoh Germaniyada ishlab chiqarilgan bo`lib quvvati 16 KW 400 V kuchlanish 3 faza 50/60 Hz chastotada ishlaydi.Og`irligi 2935 kg.
Biz ham COMELZ dastgohi yordamida Poyabzallarning qismlarini qirqishni va kompyuter orqali boshqarishni oʻrganib chiqdik va oʻzimiz ham mustaqil Comelz dastgohida ishlab koʻrdik
Kesib olingan detallarni ishchilar tikuv dastgohlari bilan birlashtirib bosqichma bosqich yarim tayyor mahsulot holatiga keltiradi.
Endigi navbat poyabzallarning tag qismi ya`ni padoj qismini quyishga keldi.Bu jarayon Germaniyada ishlab chiqarilgan DESMA dastgohi orqali amalga oshiriladi.Bu dastgoh yordamida 3 daqiqada 15 juft poyabzalning padoj qismi quyiladi.Quvvati 26.8 KW, 400 V kuchlanish, 50 Hz chastotada ishlaydi. Padoj quyilgan poyabzallarning ortiqcha va keraksiz qismlari COLLI GP 7 dastgohi yordamida kesib tashlanadi.Tayyor bo`lgan mahsulotni sifat nazoratidan o`tkazib qadoqlashga ruxsat etiladi.Qadoqlangan mahsulotlar esa keyinga jaroyon ya'ni sotish va export qilishga jo`natiladi.
DESMA dastgohi bilan yaqindan tanishib chiqdik. Bu dastgoh MDH davlatlari ichida bu dastgoh faqat Oʻzbekistondagina bor ekanligi haqidahi ma'lumotga ega boʻldik.
Xulosa : Biz bu malakaviy amaliyotda “Vodiy shoes MCHJ” poyabzal ishlab chiqarish korxonasida poyabzallarning ishlab chiqarilish jarayoni va Germaniya Turkiya kabi davlatlardan keltirilgan dastgohlar bilan ishlashni o`rganib oldik. Amaliyot davomida dastgohlarga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash haqida ham qisqacha tanishib chiqdik.
Biz shu 3 haftalik amaliyot davomida Vodiy Shoes MCHJ da sifatli va har tomonlama talablarga javob bera oladigan poyabzallar ishlab chiqarilishi haqidagi ma'lumotga ega boʻldik. Biz bu MCHJ da poyabzallar 0 dan boshlab tayyor maxsulot xoliga kelgunicha boʻlgan jarayon bilan tanishib chiqdik. Poyabzallar bir nechta qismlardan yigʻiladi. Poyabzallarning qismlari esa COMELZ dastgohida qirqib chiqiladi. COMELZ dastgohining vazifasi terini qirqish hisoblanadi.
DESMA dastgohi avtomatlashtirilgan boʻlib koʻp ishlarni robotlar amalga oshiradi.
Robotlar esa kompyuter orqali boshqariladi.
Poyabzallar sifat nazoratidan oʻtkazilgandan soʻng ular qadoqlanib chet ellarga export qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |