O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish tarixi XX asrning 70 – yillaridan boshlandi. O‘sha paytda “Geliotexnika” jurnali chiqa boshlagan va 2000 darajadan ortiq xaroratga bardosh beruvchi materiallarni sinash uchun zarur quyosh pechini qurish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. 1929 – yilda tamaki ekstraktini Quyosh nuri yordamida bug‘lantirish amalga oshirilgan (A. I. Lastak), 1930 – yil Quyosh nurida isitiladigan tajribaviy issiqxonalar qurildi (L. N. Satikov), 1934 – yil Toshkentda geliotexnika laboratoriyasi, 1943 – yilda esa O‘zbekiston FA Fizika – texnika instituti tarkibida geliotexnika laboratoriyasi tashkil etildi. Unda Quyosh suv qurilmalari, meva quritkichlar, Quyosh pilla ivitgichlari va quritgichlari, oltingugurtning Quyosh suyultirish qurilmasi ishlab
chiqildi va amaliyotga tatbiq qilindi. Toshkentda 1946 – yilda ko‘zgusining diametri 10 metrli paraboloid qurilma qurildi. Bu qurilma xonalarni isitish va havosini mo‘tadillashtirish, bug‘ hamda muz olish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga imkon berdi (G‘. Y. Umarov). Buxoro shahrida gelio suv isitkichlar va gelio – oshxonalarni ko‘plab ishlab chiqaradigan birinchi gelioapparatlar zavodi qurildi (1978).
1963 – yilda Geofizika bo‘limi tashkil etilib, unda Quyosh nuri energiyasini xo‘jalik ekinlari urug‘lariga ekishdan oldin zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llamagan holda impulsli nur bilan ishlov beruvchi qurilmalar yaratildi.
Katta Quyosh konsentratorlarining amaliy ahamiyatini e’tiborga olib akademik Azimov S.A. rahbarligida issiqlik quvvati 1000 kVt bo‘lgan “Katta Quyosh sandonini” (KQS) o‘z ichiga olgan ilmiy ishlab chiqarish majmuasi yaratildi. Majmuaning katta Quyosh sandoni Toshkent shahridan 45 km uzoqlikda, Parkent tumanida 1987 – yilda ishga tushirildi. Shunday qurilma shu vaqtga qadar faqat Odeyo (Fransiya) shahrida bor edi. Qurilmaning konsentratori yuqori va pastdan kesilgan hamda fokus masofasi 18 m bo‘lgan paraboloid bo‘lib, 54x42 m o‘lchamga ega. Geliostat maydoni (ko‘zgular joylashgan maydon) 62 ta bir xil o‘lchamdagi, qiya tekislikda ma’lum tartibda joylashgan geliostatlardan tashkil topgan. Maydonning vazifasi kun bo‘yi konsentratorni uning optik o‘qi yo‘nalishidagi quyosh nurlari bilan ta’minlab turishdan iborat. 1993 – yilda “Fizika
Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida materialshunoslik instituti tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yirik olimlar Risqiyev T.T., Odilov G‘.T. va boshqalar boshchiligida qiyin eruvchi materiallar fizikasi sohasida keng ko‘lamda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda yiliga 320 kun quyosh charaqlab turadi. Davlatimizning 1
prezidentining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish strategiyasi belgilab berilgan. [1]
Xalqaro energetika amaliyotida muqobil manbalar sifatida gidro, quyosh, shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari alohida e’tirof etiladi. Ular
orasida eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, shubhasiz, quyosh energiyasidan foydalanishdir. 2013 – yil 1 – martdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qator ilmiy muassasalari bazasida Xalqaro quyosh energiyasi instituti tashkil etildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish asosida quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarali quyosh texnologiyalari va geliouskunalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada quyosh energetikasi salohiyatini amaliy qo‘llashga doir takliflar ishlab chiqish ushbu institutning asosiy vazifalaridir.
Navoiy erkin industrial – iqtisodiy zonasida fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish, kutilmoqda. Samarqand viloyatida quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish ko‘zda tutilgan va quvvati 100 megavattni tashkil etadigan quyosh fotoelektrik stansiyasini barpo etish loyihasi tayyorlandi. Yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan yangi texnologiyalar asosida yana bir necha yirik quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun maqbul bo‘lgan olti hududning quyosh radiatsiyasi quvvatlari taqsimotini belgilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Noyob ilmiy ob’ekt – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
«Fizika – Quyosh» ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining Katta quyosh pechini (1.8 – rasm) modernizatsiya qilish va Xalqaro quyosh energiyasi institutini laboratoriya – o‘lchov priborlari hamda boshqa uskunalar bilan ta’minlashga texnik ko‘maklashish loyihasini hayotga tatbiq etish ishlari ham olib borilmoqda.
“Angren” maxsus industrial zonasi hududida “Shindong Enerkom” (Koreya Respublikasi) kompaniyasi ishtirokida texnik kremniy ishlab chiqaruvchi ikkinchi zavod qurilishi nihoyasiga etkazildi (1.9-rasm) va Namangan viloyatining Pop tumanida ishga tushirilgan ilk quyosh elektr stansiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda (1.10-rasm).
– rasm. Materialshunoslik institutining Katta quyosh pechi.
– rasm. Angren Uz – Shindon OAJ zavodidagi eritmani maxsus idishda ko‘rinishi.
– rasm. Pop tumanidagi quyosh elektr stansiyasi
Yaqin yillarda asosan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi 1300 umumta’lim maktabi va kasb-hunar kolleji quyosh kollektorlari bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu ilg‘or texnologiyalarning keng qo‘llanishi samarasida yaqin vaqt ichida mamlakatimiz energiya tizimida ishlab chiqarilayotgan 2 milliard kilovatt- soat energiyani tejash, qariyb 2 million gigakaloriya issiqlik energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu esa yiliga 250 million dollardan ortiq qiymatdagi energiya resursini iqtisod qilishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |