Boshlang’ich sinf matematika darslaridagi predmetlararo bog`lanishning o`ziga xos xususiyatlari
Ma‟lumki «Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun» asosida tayorlangan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da milliy tajribaning tahlili va ta‟lim tizimidagi jahon miqiyosidagi yutuqlar asosida hamda umumiy va kasb hunar madaniyatida ijobiy va ijtimoiy faollikka va siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‟ljalni to‟g‟ri ol bilish mahoratiga ega bo‟lgan istiqbol vazifalarni ilgari surish va hall etishga qodir kadrlarni yangi avlodni shakllantirish yo‟llari ko‟rsatib o‟tilgan.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Vaholanki bolaning dunyoqarashi salohiyati shakllanadigan boshlang‟ich sinflarda eng yetuk eng tajribali murabbiylar biriktirilib qo‟yilishini oddiy mantiqning o‟zi talab etadi. Zamonaviy boshlang‟ich ta‟limning o‟zi nimadan iborat bo‟lishi kerak? O‟quvchilar qanday bilimga ega bo‟lishi kerak? Ularning tarbiyasi qanday bo‟lishi kerak?» degan savollarni Prezidentimiz maorifchilar oldiga qo‟ydi. Bu kabi savollarga to‟g‟ri javob topish va ularni amalga oshirish pedagogik kollejlar, akademik liseylar va oliy o‟quv yurtlarining professor-o‟qituvchilari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Boshlang‟ich ta‟limda matematika fani alohida o‟rin egallaydi, chunki bu fan bolalarni hisoblash qobiliyatlarini shakllantiribgina qolmay ularning dunyoqarashlarini rvojlantirish, hayotda uchraydigan turli-tuman tushunchalar, miqdorlar har xil xossalar bilan tanishtiradilar. Darsliklarda berilgan har qanday misol va masalalarni yechishda fanlar bog‟lanishlarni aniqlab ularni hayot bilan bog‟laymiz.
So‟ngi yillarda respublikamiz boshlang‟ich sinf maktablarida matematikani o‟qitish butun sistemasida o‟z ko‟lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‟lgan o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab oldiga yangi vazifalarning
qo‟yilishi matematika o‟qitish mazmunini tubdan o‟zgarishiga olib keldi va quyidagi savollarni qo‟yadi:
O‟qitishning maqsadi va vazifalari (nima uchun o‟qitiladi?)
O‟qitishning mazmuni (nima o‟qitiladi?)
O‟Qitishning shakli (qanday o‟qitiladi?)
O‟qitishning uslubi (qanday uslublar o‟qitiladi?)
O‟qitish vositalari (qanday vositalar orqali o‟qitiladi?)
Kim o‟qitadi? (o‟qituvchi)
Kimlarni o‟qitadi? (o‟quvchilarni)
Aynan mana shu texnologik tizm yuqoridagi yetti elementlarning barchasi samarasiga bevosita ijobiy ta‟sir ko‟rsatuvchi elementlar hisoblanadi. Mazkur texnologiyalar tizimi matematika fanini o‟qitishga asoslangandir.
Respublikamiz matematika fanini o‟qitish bo‟yicha amal qilayotgan o‟quv bazasi mazmuniga to‟g‟ri munosabatdan matematika bo‟yicha yaratilgan davlat ta‟lim standartlariga qo‟yilagn talablarni to‟liq amalga oshirishni talab etadi.
Boshlang‟ich sinflarda matematika fanini o‟qitish boshlang‟ich sinflardagi boshqa fanlar bilan o‟zaro chambarchas bog‟langan.
Matematika o‟qitish metodikasi fani matematika fani bilan bog‟langandir.
Boshlang‟ich 1-4 sinflar matematika darsliklaridan o‟rin olgan misol va masalalarni yechishda uning qonun qoidalariga tayangan holda u yoki bu masalalarni hal qilamiz.
1.Qo‟shish amali uchun a+b=c
a+b=b+a qo‟shishning o‟rin almashtirish xossasi
a+(b+c)=(a+b)+c qo‟shishning gruppalash xossasi va h.k. Demak,
Matematika o‟qitish metodikasi o‟zining eng birinchi bo‟lgan matematika fani bilan bog‟liq;
Matematika o‟qitish metodikasi pedagogika fani bilan bog‟langan;
Matematika o‟qitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy bog‟liq bo‟lib, uning qonuniyatlariga tayanadi.
Bu fan pedagogika fani bilan ikki tomonlama bog‟langandir. Bir tomondan matematika o‟qitish metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi.
Ikkinchi tomondan pedagogikaning umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodlar tomondan erishilgan ma‟lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta‟minlaydi. Pedagogika metodlarining konkret materialidan «oziqlanadi» undan pedagogik umumlashtirishlardan foydalaniladi va o‟z navbatida u metodlarni ishlab chiqishda yo‟llanma bo‟lib xizmat qiladi.
Matematika o‟qitish metodikasi fani pedagogika psixologiya va yosh psixologiya fani bilan bog‟langan. Ta‟lim va tarbiyaning ko‟pgina masalalarini hal qilishda o‟qituvchi pedagogik psixologik va yosh psixologiyasiga oid ko‟pgina bilimlardan foydalanish kerak.
Yosh psixologiyasi ta‟lim ta‟sirida kishi ma‟naviyat qiyofasining shakllanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning bilimlarini malakalarni o‟zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanish yo‟lini, o‟quvchilar shaxsining kamol topish qonuniyatlarini o‟rganish .
Bu jarayon o‟quv tarbiya ishini tashkil qilishda katta ahamiyatga egadir.
Boshlang‟ich matematika kursi ta‟limning boshqa fanlari bilan uzviy ravishda bog‟langandir. Fanlararo bog‟lanishlarni to‟g‟ri amalga oshirish uchun o‟qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Boshlang‟ich sinflarda predmetlararo bog‟lanishlarni amalga oshirish juda oson kechadi. Chunki barcha fanlarni bir o‟qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldiga predmetlararo bog‟lanishlar ochiladi.
Boshlang‟ich sinflarning o‟quv predmetlararo tevarak atrofdagi voqealar va hodisalar, ularning xossalariga oid aniq tasavvurlar oladilar. Matematikaning faxrlanuvchi xususiyati shundan iboratki, u obyektiv borliqni o‟rganish bilan bir
vaqtda o‟rganilayotgan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo‟lmagan uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlarga tegishli bo‟lmagan hamma narsaga nisbatan abstraksiyalanadi. Ya‟ni tushunchalarni abstraksiyaligi va umumiyligini etirof etadi. Ular orasida bog‟lanishlarni ifoda etadi bunday bog‟lanishlarni o`rgatadi umumiy faoliyatlarni son haqidagi, arifmetik amallar haqidagi tasavvurlar va elementar tushunchalar: har xil malaka va ko‟nikmalar, faoliyat turlari, o‟qitish forma va metodlarga tayanadi.
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta‟limi tizimda bo‟layogan o‟zgarishlar ta‟lim to‟g‟risidagi qonunlarda hamda
«Kadrlar tayyorlash midlliy dasturi»da ko‟rsatib o‟tilgandek har bir boshlang‟ich sinf o‟qituvchisi oldiga muhim vazifa qo‟ymoqda. Bu vazifa boshlang‟ich ta‟lim uchun xos bo‟g‟inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo‟g‟inlar xilma-xil o‟quv fanlari dasturida, o‟quv rejalarida darsliklarda ta‟limning joriy etilishi hamda metodik tizimda biror tarmoqni hosil qilish mumkin.
Davlat ta‟lim standartlari o‟quv fani bo‟yicha o‟quv metodik rejalarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek o‟quv fanlararo bog‟lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‟quv fanlarining o‟zaro bog‟liqligi va fanlararo bog‟lanishlarni ta‟minlashga xizmat qiladi.
Boshlang‟ich sinflarda o‟qituvchilarning metodik-matematik tayyorgarligi haqida so‟z borganda biz uni ilmiy pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‟lanishda tayyorgarligini tushunish kerak.
Fanlararo aloqani tashkil etishda matematika o‟qitish metodikasi oldiga bir necha vazifalarni qo‟yadi:
Ta‟lim tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirish;
Nazariy bilimlar tizimini o`rganish jarayonini yoritib berish;
O‟quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‟llarini o`rgatish;
Ta‟limni insonparvarlashtirish;
Matematika o‟qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‟zining qadr- qimmati, bir-biriga hurmati kabi vazifalarni tarbiyalashni ko‟rsatib berishi;
O‟qitish metodikasi 1-4 sinf matematikasining davomi bo‟lgan 5-6 sinf matematikasi mazmuni bilan bog‟lab o‟qitishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |